Bekniyazova Dinora Bayniyazovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Vasiyatnoma bo‘yicha vorislikning nazariy va amaliy masalalari”,12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1288.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilxom Ismoilovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Odil sudlov akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.27/2025.27.12.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: Djoldasova Saxibjamol Djalgasovna – yuridik fanlar doktori, dotsent; Musaev Qodirbek Abduqodirovich – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vasiyatnoma bo‘yicha vorislik institutining huquqiy tabiatini o‘rganish, uning nazariy va huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarini aniqlash hamda mazkur sohani tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
notarius meros guvohnomasining nusxasini meros ishida qoldirishi va tegishli hujjatlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirishi asoslantirilgan;
notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligiga oid ma’lumotlarni tegishli axborot tizimi orqali tekshirishi hamda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi asoslangan;
ulushga bo‘lgan guvohnomani rasmiylashtirishda notarius meros mol-mulki taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tizim orqali tekshirishi lozimligi asoslantirilgan;
notarius meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan hollarda ular olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berishni to‘xtatib turishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vasiyatnoma bo‘yicha vorislikning nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
meros guvohnomasining nusxasi meros ishida qoldirilishi va tegishli ma’lumotlar notarius tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-son ilova “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 14-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01-30-95-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif meros guvohnomasini berish tizimini qulaylashtirishga xizmat qilgan;
notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligiga oid ma’lumotlarni tegishli axborot tizimi orqali tekshirishi hamda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-son ilova “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 16-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01-30-95-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani berishda notarius tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligini aniqlashga zamin yaratgan;
ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirishda notarius meros mol-mulki taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi tizim orqali tekshirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-son buyrug‘iga ilova “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 34-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01-30-95-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif er-xotinning mol-mulkidagi ulushiga oid guvohnomani berish talablarini aniqlashga xizmat qilgan;
meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan hollarda taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berish to‘xtatib turilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 4-mh-son buyrug‘iga ilova “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 34-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01-30-95-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif er-xotining mol-mulkidagi ulushiga oid guvohnomani berishdagi uchinchi shaxslar va kreditorlarning huquqlarini himoya qilish choralarini belgilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish