Yusupov Bekzod Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yashil iqtisodiyot mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.03- “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4900.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.Akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, PhD.03/2025.27.12.I.21.02
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisod fanlari doktori, (DSc) professor; Muftaydinov Mansur Kiyomiddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falasafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yashil iqtisodiyot mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyot mexanizmi holatini baholash indikatorlari bo‘yicha «me’yoriy», «inqiroz oldi» va «inqiroz» holat chegaralarini intervalli normalizatsiya, Z-skor hamda noaniq mantiqning trapetsoidal a’zolik funksiyalarini ketma-ket bog‘lash va defazzifikatsiya orqali holat indeksini aniqlashning birlashtirilgan yondashuvi ishlab chiqilgan;
sanoat korxonasi darajasida yashil iqtisodiyot mexanizmi samaradorligini tarmoq mezonlariga vertikal mos o‘n bir indikator, birlashgan normalizatsiya va ierarxiyalarni tahlil qilish usulida hisoblangan vaznlar asosida baholovchi GI integral indeksi «juda yuqori» (GI ≥ 0,80), «yuqori» (0,65–0,80), «o‘rta» (0,50–0,65), «past» (0,35–0,50) va «kritik» (GI < 0,35) besh pog‘onali holat shkalasi bilan ishlab chiqilgan;
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyot mexanizmi ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi, kapital harakati va qiymat zanjirini qayta konfiguratsiya qiluvchi iqtisodiy konstruksiya sifatida resurs sig‘imi, fond samaradorligi, qo‘shilgan qiymat va kapital siljishi ierarxik zanjiri, bo‘g‘inlar o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichi hamda to‘qimachilik sanoatiga tatbiq etilgan uch iqtisodiy yo‘nalish asosida ishlab chiqilgan;
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning davlat instrumentlarini mexanizm bloklariga ta’sir funksiyasi bo‘yicha funksional qayta guruhlash, rag‘batni natija indikatoriga bog‘lash, korxonaning GI zonasiga qarab differensiallash hamda natija ko‘rsatkichli yashil obligatsiyalar va shartli karbon narxlanishini kiritishga asoslangan integratsiyalashgan institutsional-iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yashil iqtisodiyot mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyot mexanizmi holatini baholash indikatorlari bo‘yicha «me’yoriy», «inqiroz oldi» va «inqiroz» holat chegaralarini intervalli normalizatsiya, Z-skor hamda noaniq mantiqning trapetsoidal a’zolik funksiyalarini ketma-ket bog‘lash va defazzifikatsiya orqali holat indeksini aniqlashning birlashtirilgan yondashuvi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-06-30-3498-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalarining energiya sig‘imi indikatori bo‘yicha inqiroz oldi holatga tegishlilik darajasi 0,57–0,81 oralig‘ida, fond qaytimi indikatori bo‘yicha 0,85 darajasida aniqlanib, korxonalarni holat zonalari bo‘yicha guruhlash va qo‘llab-quvvatlash choralarini differensiallash orqali baholash aniqligini 15–20 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonasi darajasida yashil iqtisodiyot mexanizmi samaradorligini tarmoq mezonlariga vertikal mos o‘n bir indikator, birlashgan normalizatsiya va ierarxiyalarni tahlil qilish usulida hisoblangan vaznlar asosida baholovchi GI integral indeksi «juda yuqori» (GI ≥ 0,80), «yuqori» (0,65–0,80), «o‘rta» (0,50–0,65), «past» (0,35–0,50) va «kritik» (GI < 0,35) besh pog‘onali holat shkalasi bilan «TOShBULOQ TEKS» MChJ faoliyatiga joriy etilgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-06-30-3498-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning integral indeksi 2021-yildagi 0,729 dan 2024-yilda 0,275 gacha pasayib kritik zonaga tushgani, uzilish resurs-energiya mezoni 0,903 dan 0,202 gacha pasaygan holda fondlar 4,5 baravar oshgan birinchi bo‘g‘inda sodir bo‘lgani aniqlangan va korxona uchun energiya auditi hamda yordamchi tizimlar modernizatsiyasi ustuvor chora sifatida belgilanib, mexanizm holatini yillik monitoring qilish tizimi yaratilgan;
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyot mexanizmini ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi, kapital harakati va qiymat zanjirini qayta konfiguratsiya qiluvchi iqtisodiy konstruksiya sifatida ierarxik zanjir bo‘g‘inlari o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichi hamda to‘qimachilik sanoatiga tatbiq etilgan uch iqtisodiy yo‘nalish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «TOShBULOQ TEKS» MChJ faoliyatiga joriy etilgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-06-30-3498-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompressorli havo tizimi, namlash va ventilyasiya hamda halqali yigiruv yuritmalari bo‘yicha choralar orqali energiya sig‘imini 5,47 dan 4,04 kVt·soat / kg gacha, 26 foizga pasaytirish, yiliga 8,67 mlrd so‘m energiya tejash, energiya servis kontrakti orqali 13,4 mlrd so‘m sof joriy qiymat olish, sertifikatlash hisobiga qo‘shilgan qiymatni 3,86 mlrd so‘mga oshirish va yiliga 12,4 mlrd so‘m integral samaraga erishish imkonini yaratgan;
sanoat tarmog‘ida yashil iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning davlat instrumentlarini mexanizm bloklariga ta’sir funksiyasi bo‘yicha funksional qayta guruhlash, rag‘batni natija indikatoriga bog‘lash, korxonaning GI zonasiga qarab differensiallash hamda natija ko‘rsatkichli yashil obligatsiyalar va shartli karbon narxlanishini kiritishga asoslangan integratsiyalashgan institutsional-iqtisodiy modeli bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-06-30-3498-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalariga beriladigan imtiyozli kredit va soliq imtiyozlarini energiya sig‘imining uch yilda 15 foizga pasayishi natija shartiga bog‘lash tartibi asoslanib, kritik zonadagi korxona uchun rag‘bat intensivligi 1,0, o‘rta zonada 0,5 koeffitsient bilan belgilangan, energiya tejovchi loyihaning 8 foizli natijaga bog‘langan kreditda 0,71 mlrd so‘m sof joriy qiymat berishi hisoblanib, korxona GI indeksini 2030-yilga qadar 0,247 dan 0,67 gacha oshirish va tarmoq energiya sig‘imini 22 foizga pasaytirish imkonini yaratgan.