Juraeva Nargiza Baxshullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navoiy viloyatida o‘rta professional ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va rivojlanish tarixi (1991-2025yy.)” , 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/TaR2108.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Savriev Jasur Faxriddinovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Temirxanov Baxtiyar Utebaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2025- yillardagi Navoiy viloyatida O‘rta-Maxsus kasbiy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va rivojlanish tarixini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi ziddiyatli va murakkab davrni boshidan kechirib, soha huquqiy bazasini mustahkamlash yuzasidan muayyan tadbirlar olib borilishi bilan bir qatorda Navoiy viloyati o‘rta maxsus ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolgan holda qabul kvotalarini belgilashda mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganilmaganligi asoslangan;
ta’lim samaradorligi o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi inobatga olinib, akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va adabiyotlar tayyorlash hamda nashr ettirishga bir qadar e’tibor qaratilgan bo‘lsada, o‘quv adabiyotlarini yaratishga mas’ul bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari o‘quv darsliklari yaratish rejasini bajarmaganligi, amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv amaliyotlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda tashkil etish uchun ta’lim muassasalari kerakli xom ashyo va materiallar bilan ta’minlanmaganligi yoritib berilgan;
bitiruvchilarda kasb ko‘nikmalari va mahoratni etishmasligi, ularning o‘z bilimlarini amaliyotda etarli darajada qo‘llay olmasligi hamda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar, amaliyot va o‘quv jarayoni o‘rtasidagi aloqaning etarli emasligi va bitiruvchilar bilim darajasining pastligi ularni ishga olishda muammolarga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
Navoiy viloyati kasbiy ta’lim muassasalarining kadrlar bilan ta’minlanish darajasi, bitiruvchilar bandligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari, muammo va real echimlar, professional ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiq ekanligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqotda keltirilgan tahliliy ma’lumotlar, nazariy fikrlar va xulosalar, Navoiy viloyati o‘rta-maxsus kasbiy ta’lim tizimi tarixiga oid metodologik-uslubiy yondashuvlarni mukammallashtiradi. Shuningdek, ta’lim sohasi me’yoriy-huquqiy bazasini mustahkamlash, o‘rta professional kichik mutaxassis kadrlar tayyorlashga oid nazariy xulosalar hamda uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ta’limning xususan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining holati, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimi borasida hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlar, Navoiy viloyatida o‘rta maxsus kasbiy ta’lim tizimi tarixiga doir ma’lumotlar asosida yangi avlod darsliklari, o‘quv va metodik qo‘llanmalarning mazmunini boyitishda hamda yangi tadviqotlar o‘tash uchun asos bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Navoiy viloyati o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida kechgan tarixiy jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy-uslubiy asoslar aniqlangan;
tarixiy va tarixshunoslik materiallari va yangi ilmiy ma’lumotlarni tizimlashtirish usuli asosida o‘rganilayotgan davrdagi. Navoiy viloyati o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi tarixiga oid arxiv va faktografik materiallar ilk bora tahlil qilindi va umumlashtirildi;
akademik litsey va kollejlar boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohotlar, muammolar va erishilgan natijalar va ilm-fan sohasida viloyatda amalga oshirilgan jarayonlarning jahon tajribasini hisobga olgan va ajralib turadigan o‘ziga xos tomonlari (o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy tadbirlar, ta’lim sohasidagi ilmiy metodik tavsiyalar va h.z.) tahlil qilingan va istiqboldagi vazifalar ko‘rsatib berilgan;
kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida viloyatda joylashgan turli ish beruvchi tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalarini jalb etish, kadrlar malakasini oshirish sohasida integratsiyani ta’minlash, sohaning rivojlanish bosqichlari va hozirgi kundagi holatini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganish va natijalarga qarab, ularning tashkil etilishiga oid tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Navoiy viloyatida o‘rta maxsus kasbiy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va rivojlanish tarixini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tarixini o‘rganish, akademik litsey va kollejlar boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohotlar, moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi, bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasidagi muammo va real echimlar yuzasidan berilgan ilmiy ma’lumotlar asosida, Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hujjatlar bilan ishlash arxiv fondi yangi 10 ta ma’lumotlar bilan boyitilgan (Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Huzuridagi Kasbiy Ta’lim Agentligi, Navoiy Viloyati Kasbiy Ta’lim Boshqarmasining 01-23/130-02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, boshqarmaning o‘quv tarbiyaviy, ilmiy -metodik moddiy texnik ta’minoti, reja -moliya bo‘limi hamda tizimning asosiy ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri baho berish, professional ta’lim faoliyatining keyingi yangicha bosqichi jarayonlarini yoritish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Tadqiqot ishida keltirilgan o‘rta professional ta’lim tizimining shakllanish bosqichlari, islohotlarning mazmun-mohiyati, hududiy xususiyatlari, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, davlat tomonidan amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligiga oid real, arxiv va statistik manbalarga asoslangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” viloyat teleradiokanali tomonidan tayyorlangan -Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlarida muharririyatining “Bedorlik” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (2026-yil 4-martdagi 09-10/12-son dalolatnomasi).Natijada, Navoiy viloyatida o‘rta professional ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar tarixi, hamda ilm-fan sohalarning 1991-2025 yillarda xronologik rivojlanish jarayonlarini yoritishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Maktablardagi 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta-maxsus ta’lim tizimi va kasb-hunar bilan bog‘liq jarayonlarga bo‘lgan qiziqishini hisobga olgan holda kichik mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda hamda malakali kadrlar bilan ta’minlashiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda (o‘quvchilarning qiziqishlari va layoqatlariga muvofiq ta’lim yo‘nalishlari va kasblar ongli tanlashini, ularning keyingi ishga joylashishi va xizmat mavqei o‘sishini,va h.k.), istiqbolli vazifalar ko‘rsatib berilgan natijalar bo‘yicha olingan ilmiy yangiliklar hamda amaliy takliflardan Navoiy viloyati “Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi” ning 2026-yilning 16-martdagi 04-01/3-635-son ma’lumotnomasi”). Natijada, o‘quvchilar va ularning ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan xohishini, ta’lim muassasalarida zarur moddiy-texnik baza mavjudligini hisobga olib umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinishini ta’minlashda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘rta professional ta’lim tizimining hududiy rivojlanish jarayonlari fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki nuqtai-nazaridan tahlil qilinib, davlat va nodavlat sektor o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmlarining shakllanish bosqichlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek xususiy sektorning ta’lim jarayonlaridagi institutsional rolini aniqlashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, grant va ijtimoiy loyihalarni rejalashtirish uchun tahliliy asos vazifasini o‘tab analitik baza sifatida muhim ahamiyat kasb-etadi (“O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat Ta’lim Muassasalari Assotsiatsiyasi” ning 2026-yil 7-apreldagi №122-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Nodavlat Notijorat Tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan:- ta’lim va yoshlar yo‘nalishidagi nodavlat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda, hududiy NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini kuchaytirishda, ta’lim va bandlikga oid respublika miqyosidagi loyihalarni ishlab chiqishda, fuqarolik jamiyati institutlarining ta’lim sohasidagi tashabbuslarini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashda amaliy manba sifatida xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish