Zaripov Fazliddin Shamsiddinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida advokat stajyorining huquqiy maqomini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.Phd/Yu1464
Ilmiy rahbar: Nurumov Dilshodbek Djumabaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.04
Rasmiy opponentlar: Xayriev Nodirjon Isroilovich – yuridik fanlar doktori, professor; Maxmudov Alisher Abdusalimovich – yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi advokat stajyorining huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalarni xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi hamda milliy qonunchilik
va huquqni qo‘llash amaliyoti asosida kompleks ilmiy tahlil qilish, advokat stajyori faoliyatining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, amaldagi qonunchilikni rivojlantirish hamda advokatura nazariyasini yanada boyitishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
advokat stajyori tomonidan stajirovka o‘tash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish lozimligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan;
advokat stajyorining kelgusida malakali yuridik yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan professional advokatlar korpusini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinib, ushbu maqsadga erishishda faqat advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tashning o‘zi etarli emasligi, uning sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tegishli tashkilotlarda stajirovka o‘tashi lozimligi asoslangan.
stajirovka o‘tashdan ozod etish jarayonida shaxslarning amaliy tajribasi hamda kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olish zarurligidan kelib chiqib, stajirovka o‘tamasdan advokatlik litsenziyasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga ruxsat etiladigan subektlar doirasini kengaytirish zarurligi asoslangan.
advokatlik tuzilmasiga advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (stajyor)ni ishga qabul qilishga oid hujjatlarini o‘rganib chiqish muddati besh ish kuni etib belgilash lozimligi asoslangan;
stajirovka muddatiga qo‘shilmaydigan holatlar, xususan advokat stajyorining homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish davrlari, shuningdek stajirovka rahbarining litsenziyasi amal qilishi to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi kabi holatlar ishda bo‘lmagan vaqt sifatida e’tirof etilishi hamda ushbu muddatlar stajirovka muddatiga qo‘shilmasligi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida advokat stajyorining huquqiy maqomini takomillashtirish masalalari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
advokat stajyori tomonidan stajirovka o‘tash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi l0-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 22-sentabr 20/2-14164/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilganligi advokat stajyorlarning ortiqcha sansalorlikdan, byurokratiya hamda qog‘ozbozlikni oldini olishga xizmat qilgan;
advokatlik tuzilmasiga advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (stajyor)ning ishga qabul qilishga oid hujjatlarini o‘rganib chiqish muddati besh ish kuni etib belgilash haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
2024-yil 3-iyundagi l0-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Advokat stajyori
va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 22-sentabr 20/2-14164/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilganligi advokat stajyorini ishga qabul qilishga oid muddatning aniq va qat’iy belgilanishini ta’minlashga, shuningdek, advokat stajyorini ishga qabul qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sansalorlik hamda boshqa subektiv to‘siqlarning oldini olishga xizmat qilgan;
stajyor homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish, stajirovka rahbarining litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi kabi holatlarda ishda bo‘lmagan vaqt stajirovka muddatiga qo‘shilmasligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi l0-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 22-sentabr 20/2-14164/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilganligi advokat stajyorining zarur amaliy tajriba va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun belgilangan kamida uch oylik stajirovka muddatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan aniq huquqiy normalarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgorning ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma orqali tasdiqlash imkoni bo‘lmagan hollarda ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar talab etilishi mumkinligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi l5-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 5-iyun 20/3-10068/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilganligi mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)da egallagan lavozimi aniq ko‘rsatilmagan tergovchi va surishtiruvchilarning kelgusida stajirovkadan ozod etilishi masalasini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizmni belgilashga xizmat qilgan;
«Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish» ixtisosligi bo‘yicha malaka imtihoni savollari advokatura, fuqarolik huquqi, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, ma’muriy sud ishlarini yuritish hamda «Ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish» ixtisosligi bo‘yicha malaka imtihoni savollari advokatura, jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, ma’muriy javobgarlik sohalari bo‘yicha tuzilishi, har bir ixtisoslik bo‘yicha o‘rtacha 150 – 200 ta savoldan iborat bo‘lgan savollar ro‘yxati tuzilishi va Advokatlar palatasi raisi tomonidan tasdiqlanishi, savollar ro‘yxati Advokatlar palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan doimiy ravishda yangilab borilishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi l5-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 5-iyun 20/3-10068/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilganligi advokat stajyorlarining kelgusida ishlash ixtisosligi bo‘yicha aniq sohalar doirasidagi nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish