Rizaev Azizjon Raximdjonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arab davlatlari milliy identikligi evolyusiyasi va transformatsiyasi”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ss122.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 Rasmiy opponentlar:
Juraev Narzulla Kasimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Karimov Farhod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arab mamlakatlari milliy identikligining evolyusion rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy va diniy transformatsiyasini kompleks tahlil etish orqali, uning o‘zaro bog‘liqligi, genezisi, evolyusiyasi, asosiy komponentlari va hozirgi sharoitdagi transformatsiyasini hamda mazkur fenomenning arab davlatlari rivojlanishiga ta’siri mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arab mamlakatlarida milliy identiklik davlat qurilishi, ijtimoiy munosabatlar va qadriyatlar tizimi kontekstida o‘rganiladigan fanlararo tushuncha bo‘lib, tarixiy o‘tmish, etnik-konfessional va qabila munosabatlari, davlat siyosati, madaniy an’analar, xulq-atvor stereotiplari hamda milliy meros bilan birga institutsional-huquqiy asoslar va ramziy-ma’naviy resurslarni qamragan konseptual kompleks ekanligi aniqlangan;
arab mamlakatlari milliy identikligining xavfsizlik paradigmasi ichki komponent sifatida islom aqidasi, hukmron sulolalar legitimligi, arab etnolingvistik ustuvorligi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni, tashqi komponent sifatida esa mintaqaviy gegemoniya, strategik hamkorlik, geosiyosiy raqobat va diniy ekstremizmga qarshi kurashni qamrab olishi dalillangan;
arab davlatlarida identiklikni siyosiy-konstruktiv shakllantirish sekulyar milliylik, panarabizm, diniy asoslash va sulolaviy-monarxik kabi modellari parallel rivojlanganligi, barchasi inklyuziv fuqarolikdan ko‘ra harbiy elita, diniy muassasa, sulola kabi hukmron guruhlar ustunligiga tayanganligi hamda identiklik siyosati integratsiya vositasi bo‘lish o‘rniga nazorat, legitimatsiya va mobilizatsiyaning instrumental mexanizmiga aylanib, milliy o‘zlikni raqobat va nizo uchun ramziy-institutsional maydonga transformatsiya qilganligi isbotlangan;
milliy identiklik shakllanishida qabilaviy va konfessional tuzilmalar davlat-millat qurilishiga to‘siq hamda mansublik chegaralarini boshqarish, siyosiy resurslarni taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi, qabilalarning elitaga kirish kanallariga ta’sir etuvchi omil bo‘layotgani, konfessional institutsionallashuv barqarorlik bilan birga segmentar raqobatni ham kuchaytirayotgani, etnokonfessional mansubliklar boshqaruv tili va resurslarga ta’sir qilish mexanizmiga aylanayotgani ko‘rsatib berilgan;
arab ziyolilari milliy identiklikni shakllantirish va rivojlantirishda identifikatsiyani ishlab chiquvchi hamda institutsionallashtiruvchi siyosiy subekt sifatida asosiy o‘rin egallaganligi, ularning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati madaniy kodlarni yaratish, ijtimoiy-siyosiy fikrni rivojlantirish va mustaqillik yo‘lidagi kurashlarni ta’minlashga xizmat qilganligi va bu identiklikni dinamik transformatsiyalanuvchi diskursiv-siyosiy konstrukt sifatida ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
arab mamlakatlari milliy identikligining xavfsizlik paradigmasi ichki komponent sifatida islom aqidasi, hukmron sulolalar legitimligi, arab etnolingvistik ustuvorligi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni, tashqi komponent sifatida esa mintaqaviy gegemoniya, strategik hamkorlik, geosiyosiy raqobat va diniy ekstremizmga qarshi kurashni qamrab olishi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazining 2026-yil 8-apreldagi 07/69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi va arab davlatlari o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy, investision hamkorlikni amalga oshirish, arablarning milliy identikligi mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashdagi roli, tashqi tahdidlardan saqlab qolish va rivojlantirishning siyosiy-huquqiy mexanizmlari milliy hamda xalqaro darajada etarli shakllanmagani ularni takomillashtirish zarurati mavjudligi borasidagi xulosalarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
milliy identiklik shakllanishida qabilaviy va konfessional tuzilmalar davlat-millat qurilishiga to‘siq hamda mansublik chegaralarini boshqarish, siyosiy resurslarni taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi, qabilalarning elitaga kirish kanallariga ta’sir etuvchi omil bo‘layotgani, konfessional institutsionallashuv barqarorlik bilan birga segmentar raqobatni ham kuchaytirayotgani, etnokonfessional mansubliklar boshqaruv tili va resurslarga ta’sir qilish mexanizmiga aylanayotgani borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 6-apreldagi 01-27/132-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari o‘z faoliyatida inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv mexanizmiga tayanish zaruriyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlashga xizmat qilgan;
arab ziyolilari milliy identiklikni shakllantirish va rivojlantirishda identifikatsiyani ishlab chiquvchi hamda institutsionallashtiruvchi siyosiy subekt sifatida asosiy o‘rin egallaganligi, ularning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati madaniy kodlarni yaratish, ijtimoiy-siyosiy fikrni rivojlantirish va mustaqillik yo‘lidagi kurashlarni ta’minlashga xizmat qilganligi va bu identiklikni dinamik transformatsiyalanuvchi diskursiv-siyosiy konstrukt sifatida ko‘rsatishi, shuningdek, arab davlatlarida identiklikni siyosiy-konstruktiv shakllantirish sekulyar milliylik, panarabizm, diniy asoslash va sulolaviy-monarxik kabi modellari parallel rivojlanganligi, barchasi inklyuziv fuqarolikdan ko‘ra harbiy elita, diniy muassasa, sulola kabi hukmron guruhlar ustunligiga tayanganligi hamda identiklik siyosati integratsiya vositasi bo‘lish o‘rniga nazorat, legitimatsiya va mobilizatsiyaning instrumental mexanizmiga aylanib, milliy o‘zlikni raqobat va nizo uchun ramziy-institutsional maydonga transformatsiya qilganligi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari O‘zbekiston Respublikaksi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan arab davlatlarida identiklikning diniy asoslari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikaksi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2026-yil 9-apreldagi 01/156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada arab jamiyatining etnik va konfessional o‘ziga xosligini inobatga olish zarurati, ularning arab mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlashga xizmat qilgan;
arab mamlakatlarida milliy identiklik davlat qurilishi, ijtimoiy munosabatlar va qadriyatlar tizimi kontekstida o‘rganiladigan fanlararo tushuncha bo‘lib, tarixiy o‘tmish, etnik-konfessional va qabila munosabatlari, davlat siyosati, madaniy an’analar, xulq-atvor stereotiplari hamda milliy meros bilan birga institutsional-huquqiy asoslar va ramziy-ma’naviy resurslarni qamragan konseptual kompleks ekanligi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan “Sharq mamalakatlari taraqqiyoti tarixining tizimli tahlili” darsligini yaratishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2026-yil 6-apreldagi 03/816-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy xulosalari darslikning “Arab davlatlari rivojlanishining xususiyatlari” bobidagi arab mamlakatlarining sivilizasion rivojlanish yo‘li, Misrning rivojlanish bosqichlari, Saudiya Arabistonida modernizatsiya va an’analar, Suriyaning siyosiy transformatsiyasi, Iroq siyosiy tizimi evolyusiyasi, Jazoirning siyosiy rivojlanish tarixidagi tendensiyalarga bag‘ishlangan mavzularni ochib berishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish