Rajabov Umidjon Yarashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): G‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orishda sug‘orish texnikasi elementlarining parametrlarini asoslash (Buxoro viloyati misolida). 06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6301
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isashov Anvar –     qishloq xo‘jaligi fanlari doktori,professor.
Altmishev Adil Sherkulovich – texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Buxoro mintaqaviy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orishda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun sug‘orish texnikasi elementlarining maqbul parametrlarini aniqlash va tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproq ostidan sug‘orish texnikasining konstruktiv va texnologik parametrlarining Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial, o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida sug‘orish jarayoniga mos maqbul qiymatlari aniqlangan;
namlatgichlar oralig‘i va quvurlarni joylashtirish chuqurligining sug‘orish jarayoniga ta’sir qonuniyatlari asosida suv sarfini me’yorlash va sug‘orish davomiyligini belgilash imkonini beruvchi maqbul texnologik ish rejimi asoslangan;
namlatgich atrofida hosil bo‘ladigan namlanish konturining geometrik parametrlarini prognozlash uchun Richards tenglamasi, ellipsoid geometrik modeli va massa saqlanish qonunini birlashtiruvchi matematik model ishlab chiqilib, berilgan suv hajmi, hajmiy namlik ortishi va cho‘zilish koeffitsienti asosida namlanish radiusi, vertikal yarim o‘qi va diametrini aniqlash usuli yaratilgan va model bo‘yicha hisoblangan namlanish radiusining tajribaviy qiymatlardan o‘rtacha tafovuti 4,84 % ni tashkil etishi aniqlangan;
tuproq ostidan sug‘orish tizimi quvurlarida suv harakatining gidravlik qonuniyatlari aniqlanib, quvur diametri, suv sarfi, oqim tezligi va ishqalanish koeffitsienti asosida bosim yo‘qotishlarini hisoblash usuli asoslangan;
tuproq ostidan sug‘orish texnikasini qo‘llash natijasida egatlab sug‘orishga nisbatan sug‘orish suvi sarfini kamaytirish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va Buxoro-8 g‘o‘za navining hosildorligini oshirish imkoniyati tajriba va iqtisodiy hisob-kitoblar asosida ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish va sug‘orish texnikasi elementlarining maqbul parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orishda sug‘orish quvurlarining diametri, joylashtirish chuqurligi, tomizgichlar oralig‘i va ishchi bosimining maqbul parametrlarini belgilash hamda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2-dekabrdagi 04/20-6353 ma’lumotnomasi). Natijada tomizgichlar oralig‘i 30 sm, quvurlarni 60 sm chuqurlikda joylashtirish va 1,5 atm ishchi bosimda ishlatish orqali g‘o‘za hosildorligini 51,9–53,1 s/ga ga yetkazish, nazorat variantiga nisbatan 18,3–18,7 s/ga qo‘shimcha hosil olish hamda egatlab sug‘orishga nisbatan 59–60 % suv tejash imkoniyati aniqlangan;
g‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orish tizimining gidravlik parametrlarini hisoblash va namlatgichlar atrofida tuproqning namlanish jarayonlarini matematik modellashtirish asosida sug‘orish suvining bir tekis taqsimlanishini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2-dekabrdagi 04/20-6353 ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Natijada sug‘orish quvurlaridagi gidravlik yo‘qotishlarni aniqlash, tomizgichlardagi bosimning bir tekis taqsimlanishini baholash va sug‘orish tizimining samarali ish rejimini tanlash imkoniyati yaratigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish