Nurmanova Dilfuza Jamilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12138.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximqulova Maxbuba Baxronovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Raxmatilla, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchi shaxsiyatini mukammal shakllantirish va uning aqliy va kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishda ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning kollegial, direktiv va neytral shakllarini o‘qituvchining zamonaviy ta’limdagi faoliyat ko‘lamiga nisbatan pedagogik, psixologik omillar vositasida integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan didaktik-kompetensiyaviy talablar o‘zining “kuchli” va “kuchsiz” tomonlaridan xabardor bo‘lgan autentik o‘qituvchi shaxsiyatida o‘zgaruvchan vaziyatlarda muammolarga muvaffaqiyatli echim topish va mas’uliyatli tarzda foydalana olishda qo‘l keladigan motivatsion va irodaviy xislatlarni didaktik kompetensiyalar modeliga muvofiq shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashning interaktiv ijtimoiy shakllari dars mashg‘uloti elementlarining o‘zaro munosabatlarini boshlang‘ich sinf xonasining metaforik xaritasini maqsadga muvofiq optimallashtirish orqali faollashtirishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida pedagogik asoslangan;
o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashdagi interaktiv ijtimoiy shakllarni ta’lim jarayonida qo‘llash metodikasi dars jarayonidagi muloqot sifatini ta’minlaydigan autentlik, spontanlik va kabi omillarni hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’limning fikrlash, almashish va namoyish qilish singari metodik bosqichlariga frontal dars afzalliklariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchi shaxsiyatini mukammmal shakllantirish va uning aqliy va kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishda ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning kollegial, direktiv va neytral shakllarini o‘qituvchining zamonaviy ta’limdagi faoliyat ko‘lamiga nisbatan pedagogik, psixologik omillar vositasida integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha takliflardan Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2025-yil 20-maydagi 226-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash kompetensiyasini rivolantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
autentik o‘qituvchining refleksiv pozisiyasi va motivatsion sifatlarini didaktik kompetensiyalar modeli asosida rivojlantirish hamda sinfning metaforik xaritasini optimallashtirish orqali o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashning interaktiv ijtimoiy shakllarini samarali tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua va dasturiy ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
dars jarayonidagi muloqot sifatini ta’minlaydigan autentlik, spontanlik va shu kabi omillarni hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’limning fikrlash, almashish va namoyish qilish singari metodik bosqichlariga frontal dars afzalliklariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashdagi interaktiv ijtimoiy shakllarni ta’lim jarayonida qo‘llash metodikasi borasidagi takliflardan “O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvini tayyorlashda (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-noyabrdagi 01-07/324-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini rivojlantirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etishning uslubiy imkoniyatlari oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish