Jumaboeva Aziza Baxtiyor qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorazm viloyatidagi o‘zbek shevalarida ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5976.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2026.10.06.Fil.06.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Muhabbat Xusinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati o‘zbek shevalarida ijobiy istak mazmunini ifodalovchi lisoniy birliklarning leksik-semantik, lingvokulturologik, grammatik hamda uslubiy xususiyatlari va o‘ziga xos imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi shevalaridagi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar yaxlit tizim sifatida ilmiy ta’rif va tasnifga ega bo‘lib, hudud aholisining etnomadaniy mentaliteti, kommunikativ xulqi va lingvomadaniy xususiyatlarini ifodalovchi alohida semantik makromaydon ekanligi asoslanib, mazkur makromaydonning beshta yirik mavzu guruhiga ajralishi, ularning har biri muayyan kommunikativ vaziyatga biriktirilgan barqaror nutqiy qoliplar tarzida namoyon bo‘lishi hämišä jurtimiz tinč bosin, yavla jaqinlašmäšin, tojlä bäjrämlä kop bosin; janïŋïz saγ böγaj, axtïq čuvlïqlanï rahätïnï görgäjsïz; barγan jeriŋdä dašdäj qatγajsan, suvdäj aqqajsan; jäxši bariŋ, saγ-sälamät boliŋ kabi o‘nlab misollar asosida dalillangan;
Xorazm vohasi shevalaridagi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar (IIMIB)ning shakllanishida qadimgi turkiy lisoniy qatlam, animistik va zardushtiylik tasavvurlari, islom dini ta’siri, mintaqaning xususiyatlariga asoslangan ijtimoiy mentaliteti kabi omillarning sinkretik birikuvi mazkur birliklarning o‘ziga xos lisoniy tabiatini belgilab berishi ko‘rsatilib, xususan, animistik dunyoqarash izlari taza ajïm, tik ajïm, tinč aj bolγaj ilojïm; aläs-aläs, bälädän xaläs, otda jansïn bälälär; ot bälasïnnan, suv bälasïnnan üzïŋ saqlaγajsan kabi olov, suv va osmon jismlariga qaratilgan tilaklarda; qadimgi turkiy lisoniy qatlam täŋrim özï jarlaqäγaj, pirïm jarlaqäsïn, xäzrät davut jöldašïŋ bösin; shakllarida; islomiy-irfoniy konsept esa Allah šifa bersïn, ilahim, pirïm qollaγaj, ej Allahïm bïzgä bu ajnï bärakatli, ijman, salavatlï vä islam ajï qïl tarzidagi konstruksiyalarda voqelangani aniqlangan;
nikoh, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, farzand ko‘rish, motam kabi oilaviy-maishiy marosimlarga doir IIMIBlarning leksik-semantik va lingvokulturologik asoslari ochib berilib, xususan, nikoh marosimida tüpiŋïz qojγaj, päläkïŋïz yäzγaj; qoša-qoša färzändlï bolsïn; barγan jeriŋdä dašdäj qatγajsan, suvdäj aqqajsan tarzidagi tuzilmalarida xalq turmush tarziga xos madaniyat leksikasiga xos semalar inson hayot yo‘liga ko‘chirilgani, nikoh va nasl davomiyligi konsepti esa tojlärïŋnï gorjïmän balam, öz tojïŋï görgäjsän, axtïq čuvlïqlanï rahätïnï görgäjsïz tarzidagi qoliplarda lisoniy voqelangani, beshik to‘yi va farzand ko‘rish marosimlarida ätäkïŋ dolï bala bosïn, uvalï-ǯuvalï bolγajsan, üzümdin mevä bärgäj, doqqiz aydan kejïn bešik apparïb otïrïš näsib ätsïn, bala čaqaŋ köp bölγaj kabi qoliplar muayyan ramziy semalarni qamrab olishi asoslangan, shuningdek, beshik tebratish chog‘ida ayol kishi tomonidan aytiladigan öŋ bolsȉn, öŋ bolsȉn, egäsi gäldi, bapasi qočsȉn, isvänt, isvänt, tütäsin isvänt, baláγa göz dejmäsin tarzidagi IIMIBlarda so‘z magiyasining lisoniy voqelanishi ko‘rsatilgan;
Xorazm shevalaridagi IIMIBlarning grammatik va uslubiy sintaktik tahlili asosida ushbu birliklarning besh xil sintaktik modelda – umrïŋ uzaq bolsïn, jolïŋ äčïq bölsïn, bäxtïŋ ačïlγäj kabi sodda yig‘iq gaplar; öz bäläŋï tojïnï görgäjsän kabi sodda yoyiq gaplar; qazán tolá áš bersin, jastȉq tolá bala bersin kabi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar; köŋlȉŋ töq, rȉzqȉŋ möl bölsȉn bälam; jüzȉŋ-közȉŋ jaruγ bölsȉn, bašqalärȉŋ ȉčȉndä özȉŋ äǯrälȉp dür, jo Allohȉm, apam bilän äkämä umr bärgäjsan; balam, umrȉŋ uzaq bosȉn; sän soγ-omon jur kabi undalmali sintaktik konstruksiyalar hamda bäšïŋ daštan bösin; köptï kör; ünïb ösgäjsïlä kabi undov gap shakllarida voqelanishi isbotlanib, ularda sintaktik parallelizm (jurtïmïz tïnč bosïn, möl-kölčilik bosïn, därjamïzda suv köp bolsïn), takror (harmaŋ, harmaŋ, xirmänläriŋä bäräkät), antiteza, gradatsiya, sinekdoxa, metafora, metonimiyalarning faol qo‘llanilishi orqali matnning emotsional-ekspressiv quvvati va estetik ta’sirchanligi ta’minlanishi tizimli asosda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati o‘zbek shevalarida ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
Xorazm vohasi shevalaridagi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar yaxlit tizim sifatida ilmiy ta’rif va tasnifga ega bo‘lib, hudud aholisining etnomadaniy mentaliteti, kommunikativ xulqi va lingvomadaniy xususiyatlarini ifodalovchi alohida semantik makromaydon ekanligi asoslanib, mazkur makromaydonning beshta yirik mavzu guruhiga ajralishi, ularning har biri muayyan kommunikativ vaziyatga biriktirilgan barqaror nutqiy qoliplar tarzida namoyon bo‘lishi hämišä jurtimiz tinč bosin, yavla jaqinlašmäšin, tojlä bäjrämlä kop bosin; janïŋïz saγ böγaj, axtïq čuvlïqlanï rahätïnï görgäjsïz; barγan jeriŋdä dašdäj qatγajsan, suvdäj aqqajsan; jäxši bariŋ, saγ-sälamät boliŋ kabi o‘nlab misollar asosida dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022–2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2026-yil 30-apreldagi 01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasi”ning ma’lumotlar bazasi Xorazm hududi aholisining etnomadaniy mentaliteti, muloqot madaniyati va ezgu niyatlarini aks ettiruvchi muayyan kommunikativ vaziyatga biriktirilgan barqaror nutqiy qoliplar (xususan, hämišä jurtimiz tinč bosin, yavla jaqinlašmäšin, barγan jeriŋdä dašdäj qatγajsan kabi xalqchil lingvomadaniy birliklar) bilan boyitilgan; Shuningdek, turli xizmat ko‘rsatish obektlarini (to‘yxonalar, oilaviy korxonalar, dam olish maskanlari va boshqalar) nomlash jarayonida milliy an’analar va hududiy qadriyatlarga tayanish imkoniyati kengaytirilib, yaratilgan interaktiv elektron platformaning etnolingvistik, pragmatik hamda hududiy qamrovdorlik darajasi oshirilishiga xizmat qilgan.
Xorazm vohasi shevalaridagi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar (IIMIB)ning shakllanishida qadimgi turkiy lisoniy qatlam, animistik va zardushtiylik tasavvurlari, islom dini ta’siri, mintaqaning xususiyatlariga asoslangan ijtimoiy mentaliteti kabi omillarning sinkretik birikuvi mazkur birliklarning o‘ziga xos lisoniy tabiatini belgilab berishi ko‘rsatilib, xususan, animistik dunyoqarash izlari taza ajïm, tik ajïm, tinč aj bolγaj ilojïm; aläs-aläs, bälädän xaläs, otda jansïn bälälär; ot bälasïnnan, suv bälasïnnan üzïŋ saqlaγajsan kabi olov, suv va osmon jismlariga qaratilgan tilaklarda; qadimgi turkiy lisoniy qatlam täŋrim özï jarlaqäγaj, pirïm jarlaqäsïn, xäzrät davut jöldašïŋ bösin; shakllarida; islomiy-irfoniy konsept esa Allah šifa bersïn, ilahim, pirïm qollaγaj, ej Allahïm bïzgä bu ajnï bärakatli, ijman, salavatlï vä islam ajï qïl tarzidagi konstruksiyalarda voqelangani aniqlanganiga, shuningdek, o‘g‘uz shevalari leksikasining semantik-uslubiy xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2026-yil 30-apreldagi 01-296-son ma’lumotnomasi). Natijada, “atamacom.uz” platformasi va mobil ilovasining axborot bazasi xalqimizning tarixiy, milliy-mental va lingvokulturologik xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan lisoniy birliklar, xususan, animistik dunyoqarash izlarini ifodalovchi olov, suv va osmon jismlariga qaratilgan tilaklar (täzä ajȉm, tik ajȉm, tinč aj bolγaj ilojim; aläs-aläs, bälädän xaläs, otda jansȉn bälälär; ot bälāsȉnnan, suv bälāsȉnnan özȉŋ saqlaγajsan), qadimgi turkiy lisoniy qatlamga oid birliklar (täŋrim özï jarlaqäyaj, pirïm jarlaqäsïn, xäzrät Davut jöldašïŋ bösin), islomiy-irfoniy konseptlar (Allah šifa bersin, ilāhȉm, pirȉm qollāγaj, ej Allahȉm bȉzgä bu ajnȉ bärakätli, ijman, salavatli vä islam ajȉ qȉl) bilan boyitilgan bo‘lib, sun’iy intellekt xotirasiga ma’lumotlar manbasi sifatida kiritilgan. Bu esa sun’iy intellektning chetdan kirib kelayotgan atamalarga faqatgina quruq tarjima emas, balki xalqning etnomadaniyati, e’tiqodi va urf-odatlariga mos keladigan, tilning tarixiy qatlamlari ruhini o‘zida aks ettirgan o‘zbekcha muqobillarni avtomatik shakllantirish aniqligi hamda samaradorligini oshirishga xizmat qilgan ;
nikoh, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, farzand ko‘rish, motam kabi oilaviy-maishiy marosimlarga doir IIMIBlarning leksik-semantik va lingvokulturologik asoslari ochib berilib, xususan, nikoh marosimida tüpiŋïz qojγaj, päläkïŋïz yäzγaj; qoša-qoša färzändlï bolsïn; barγan jeriŋdä dašdäj qatγajsan, suvdäj aqqajsan tarzidagi tuzilmalarida xalq turmush tarziga xos madaniyat leksikasiga xos semalar inson hayot yo‘liga ko‘chirilgani, nikoh va nasl davomiyligi konsepti esa tojlärïŋnï gorjïmän balam, öz tojïŋï görgäjsän, axtïq čuvlïqlanï rahätïnï görgäjsïz tarzidagi qoliplarda lisoniy voqelangani, beshik to‘yi va farzand ko‘rish marosimlarida ätäkïŋ dolï bala bosïn, uvalï-ǯuvalï bolγajsan, üzümdin mevä bärgäj, doqqiz aydan kejïn bešik apparïb otïrïš näsib ätsïn, bala čaqaŋ köp bölγaj kabi qoliplar muayyan ramziy semalarni qamrab olishi asoslangan, shuningdek, beshik tebratish chog‘ida ayol kishi tomonidan aytiladigan öŋ bolsȉn, öŋ bolsȉn, egäsi gäldi, bapasi qočsȉn, isvänt, isvänt, tütäsin isvänt, baláγa göz dejmäsin tarzidagi IIMIBlarda so‘z magiyasining lisoniy voqelanishi ko‘rsatilgani, shuningdek, Xorazm shevalaridagi IIMIBlarning grammatik va uslubiy sintaktik tahlili asosida ushbu birliklarning besh xil sintaktik modelda – umrïŋ uzaq bolsïn, jolïŋ äčïq bölsïn, bäxtïŋ ačïlγäj kabi sodda yig‘iq gaplar; öz bäläŋï tojïnï görgäjsän kabi sodda yoyiq gaplar; qazán tolá áš bersin, jastȉq tolá bala bersin kabi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar; köŋlȉŋ töq, rȉzqȉŋ möl bölsȉn bälam; jüzȉŋ-közȉŋ jaruγ bölsȉn, bašqalärȉŋ ȉčȉndä özȉŋ äǯrälȉp dür, jo Allohȉm, apam bilän äkämä umr bärgäjsan; balam, umrȉŋ uzaq bosȉn; sän soγ-omon jur kabi undalmali sintaktik konstruksiyalar hamda bäšïŋ daštan bösin; köptï kör; ünïb ösgäjsïlä kabi undov gap shakllarida voqelanishi isbotlanib, ularda sintaktik parallelizm (jurtïmïz tïnč bosïn, möl-kölčilik bosïn, därjamïzda suv köp bolsïn), takror (harmaŋ, harmaŋ, xirmänläriŋä bäräkät), antiteza, gradatsiya, sinekdoxa, metafora, metonimiyalarning faol qo‘llanilishi orqali matnning emotsional-ekspressiv quvvati va estetik ta’sirchanligi ta’minlanishi tizimli asosda asoslanganiga, xususan, Xorazm viloyati o‘zbek shevalarida faol qo‘llanuvchi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklar, ularning leksik-semantik va stilistik xususiyatlari hamda xalqimizning milliy-ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi ichki ma’nolariga oid xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Xayrli kun!” dasturida jonli efirda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2026-yil 16-iyundagi 716-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar ko‘rsatuvning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga, dastur matnining ilmiy-manbaviy saviyasini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish