Bekberganova Nazokat Oybek qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasi (o‘qish savodxonligi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7800.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sabirova Charos Atamamatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori (Dsc), professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirishning ilmiy-nazariy va pedagogik asoslari zamonaviy pedagogik yondashuvlar, kommunikativ ta’lim tamoyillari hamda media ta’lim konsepsiyalari asosida tizimlashtirilib, ushbu jarayonning mazmuni, tarkibiy komponentlari va metodik xususiyatlari aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ nutqini rivojlantirishda mediatexnologiyalarning didaktik imkoniyatlari multimedia vositalari, interaktiv topshiriqlar va raqamli ta’lim resurslarining o‘quvchilarning nutqiy faolligi, mustaqil fikrlashi hamda kommunikativ kompetensiyasiga ta’siri asosida aniqlashtirilib, ularning pedagogik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirishning pedagogik modeli hamda samarali metodlari interfaol yondashuv, media vositalar, kommunikativ faoliyat va o‘quvchilarning yosh xususiyatlari integratsiyasi asosida ishlab chiqilib, ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmlari orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirish darajasini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari kommunikativ-faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqilib, ular negizida metodik tavsiyalar hamda amaliy takliflarni ta’lim jarayoniga joriy etishning samarali usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirishning ilmiy-nazariy va pedagogik asoslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar, kommunikativ ta’lim tamoyillari hamda media ta’lim konsepsiyalari asosida tizimlashtirishga doir tadqiqot natijalaridan “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi № 5984-2669-6a56-417a-2194-0578-3474 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ nutqni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ nutqini rivojlantirishda mediatexnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini multimedia vositalari, interaktiv topshiriqlar va raqamli ta’lim resurslari asosida aniqlashtirishga oid tadqiqot natijalaridan O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va madaniyat” nomli teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-sentabrdagi 26-36-1035-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi media vositalarning amaliy samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirishning pedagogik modeli hamda samarali metodlarini interfaol yondashuv, media vositalar va kommunikativ faoliyat integratsiyasi asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalaridan F3-2019081773-raqamli “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat xoriagrafiya akademiyasining 2025-yil 9-sentabrdagi 1/04-241-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minotning pedagogik samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ nutqni mediatexnologiyalar vositasida rivojlantirish darajasini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini kommunikativ-faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqish hamda ular negizida metodik tavsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid tadqiqot natijalaridan “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi №5984-2669-6a56-417a-2194-0578-3474 raqamli ma’lumotno-masi). Natijada, o‘quvchilarning kommunikativ nutqini baholash va rivojlantirishga oid metodik ta’minotning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish