Jabbarov Zarifboy Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6915.
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kuchkarov Bahodir Tashmurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion o‘quv vositalari, virtual-simulyativ texnologiyalar va raqamli modellashtirish jarayonlarini o‘quv fanlari bilan uzviy integratsiyalash, shuningdek, tezkor-maxsus topshiriqlarda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarni kompleks qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligini ta’minlashning konseptual modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarni integratsiyalash hamda boshlang‘ich muhandislik bilimlarini harbiy-amaliy faoliyatga transformatsiyalovchi adaptiv-kollaborativ pedagogik mexanizmni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirish jarayoni o‘quv fanlari va kasbiy vazifalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish, virtual simulyasiyalar, trenajorlar va modellashtirish texnologiyalaridan tizimli foydalanish, shuningdek, talabalarning kasbiy-muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni yaratish asosida takomillashtirilgan;
harbiy muhandislik tayyorgarligi samaradorligi boshlang‘ich muhandislik fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan harbiy-amaliy kompetensiyalar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni matematik-statistik metodlar orqali aniqlash, shuningdek, qo‘llanilgan pedagogik vositalar va texnologiyalarning funksional mosligini baholash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishning pedagogik imkoniyatlarini innovatsion o‘quv vositalari, virtual-simulyativ texnologiyalar va raqamli modellashtirish jarayonlarini o‘quv fanlari bilan uzviy integratsiyalash, shuningdek, tezkor-maxsus topshiriqlarda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarni kompleks qo‘llash orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Muhandislik to‘siqlari” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 10/2435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari, dasturlari va metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligini ta’minlashning konseptual modelini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarni integratsiyalash hamda boshlang‘ich muhandislik bilimlarini harbiy-amaliy faoliyatga transformatsiyalovchi adaptiv-kollaborativ pedagogik mexanizmni joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Fortifikatsiya va niqoblash” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 10/2435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirish jarayonining konseptual modelini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan;
talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirish jarayonini o‘quv fanlari va kasbiy vazifalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish, virtual simulyasiyalar, trenajorlar va modellashtirish texnologiyalaridan tizimli foydalanish, shuningdek, talabalarning kasbiy-muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Muhandislik qo‘shinlari taktik-maxsus tayyorgarlik” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 10/2435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning harbiy muhandislik tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan pedagogik mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish uchun sharoit yaratilgan;
harbiy muhandislik tayyorgarligi samaradorligini boshlang‘ich muhandislik fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan harbiy-amaliy kompetensiyalar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni matematik-statistik metodlar orqali aniqlash, shuningdek, qo‘llanilgan pedagogik vositalar va texnologiyalarning funksional mosligini baholash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 18-fevraldagi 02-337-sonli buyrugi asosida Kimyo fakulteti qoshidagi maxsus ilmiy dasturlarning A-OT-2021-133-sonli loyihani bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 10/2435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bilim darajasini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.