Islamova Nihola Xurram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11162.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Ma’muraxon Ismailovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kubaev Ulugbek Rahmatullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari fanlararo aloqadorlikni ishlab chiqarish amaliyotiga stimulyasiyalash, transversal kompetensiyalarga asoslangan muhitni strategiyalarga moslashtirish, innovatsion ta’limni raqamli konseptual yondashuvlarga didaktik transformatsiyalash, pedagogik akseleratsiya sharoitlarini ta’minlashni kompleks baholash asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti ta’lim mazmunining didaktik ta’minotini raqamli metakontekst, intellektual interfeys va kiber muhitli ekotizimni loyihalashtirish, integrativ ta’lim resurslarini muhandislik simulyasiyasi, virtual laboratoriya, modellashtirish vositalari bilan komplementatsiyalash va qayta aloqani ta’minlovchi nazorat tizimining shaffofligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli-mazmunli jarayonlarini strategik ta’lim konsepsiyasiga, algoritmik, muammoli-integrativ va differensial yondashuvlarga mosligini integrativ ta’minlash, raqamli muhitni metakompetensiyalar integratsiyasiga asoslangan vizuallashtirish komponentlari bilan diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotidan foydalanish metodikasi va samaradorligi individuallashtirilgan algoritmik-didaktik, vizuallashtirilgan https://kasbiy.e-darslar.uz/ saytga joylashtirilgan mazmun, interaktivlikni ta’minlovchi virtual laboratoriya, simulyasiya modellarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirishning debat, Fishbone, sabab-oqibat tahlili, tanqidiy fikrlash komponentlarini mezonli baholash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini fanlararo aloqadorlikni ishlab chiqarish amaliyotiga stimulyasiyalash, transversal kompetensiyalarga asoslangan muhitni strategiyalarga moslashtirish, innovatsion ta’limni raqamli konseptual yondashuvlarga didaktik transformatsiyalash, pedagogik akseleratsiya sharoitlarini ta’minlashni kompleks baholash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 22-01-538 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnik muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning metodik ta’minotini rivojlantirish, ma’ruza, amaliy, to‘garak va olimpiada mashg‘ulotlarida an’anaviy va kompetensiyaviy yondashuvning qiyosiy tavsifini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti ta’lim mazmunining didaktik ta’minotini raqamli metakontekst, intellektual interfeys va kiber muhitli ekotizimni loyihalashtirish, integrativ ta’lim resurslarini muhandislik simulyasiyasi, virtual laboratoriya, modellashtirish vositalari bilan komplementatsiyalash va qayta aloqani ta’minlovchi nazorat tizimining shaffofligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 22-01-538 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda dasturiy ta’minotning samaradorligi oshirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelining maqsadli-mazmunli jarayonlarini strategik ta’lim konsepsiyasiga, algoritmik, muammoli-integrativ va differensial yondashuvlarga mosligini integrativ ta’minlash, raqamli muhitni metakompetensiyalar integratsiyasiga asoslangan vizuallashtirish komponentlari bilan diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 22-01-538 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada interaktiv yondashuv asosida kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotidan foydalanish metodikasi va samaradorligini individuallashtirilgan algoritmik-didaktik, vizuallashtirilgan https://kasbiy.e-darslar.uz/ saytga joylashtirilgan mazmun, interaktivlikni ta’minlovchi virtual laboratoriya, simulyasiya modellarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirishning debat, Fishbone, sabab-oqibat tahlili, tanqidiy fikrlash komponentlarini mezonli baholash asosida optimallashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 22-01-538 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada elektron dasturlarni yaratish asosida o‘qitish samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.
.