Mansurov Davron Asilxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek parlamentarizmi siyosiy jarayonlarida partiya nashrlarining o‘rni”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam : B2022.2.PhD/Fil2677.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Akbar Normatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Amonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Doniyorov Salim Musurmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalar bosma nashrlarining 2014, 2015, 2016, 2023, 2024-yillardagi saylov kampaniyalari davrida chop etilgan jurnalistik materiallarning o‘zbek parlamentarizmi rivojiga ta’siri, siyosiy jarayonlarni yoritishdagi yangi yondoshuvlar, shakl va usullar, siyosiy lingvistikaga oid mezonlarni tadqiq etish, o‘zbek parlamentarizmi va siyosiy partiyalari faoliyatini yoritib boruvchi nashrlarning samaradorlik indekslarini aniqlash hamda jurnalistik janrlardagi kommunikativ-progmatik yondoshuvlarning afzalliklarini ochib berish, gazetalar veb-saytlarida kontent yaratish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni nazariy va amaliy jihatdan ochib berishshdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy kampaniyalar davrida chop etilgan nashrlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ilmiy-ijodiy usullari, me’yorlari, janrlari hamda saylov kampaniyasining partiya nashrlari veb-saytlarida yoritilishidagi yangi yondashuvlar, tamoyillar, siyosiy mavzularga doir matbuot leksikasining kongnetiv, diskursiv va progmatik xususiyatlari aniqlangan;
partiya nashrlarining axborot tarqatish, siyosiy mobilizasiya, jamoatchilik fikrini shakllantirish va parlament faoliyatini yoritish darajasi bo‘yicha kommunikativ samaradorlik indekslari aniqlangan;
siyosiy partiyalar nashrlari davlat siyosati hamda partiyalarning ustuvor maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi funksional ahamiyati isbotlangan;
siyosiy partiyalar nashrlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, fuqarolar huquqiy-siyosiy madaniyatini oshirishdagi roli, siyosiy kampaniyalar davrida siyosiy-g‘oyaviy va dasturiy kurashlarda ishonchli axborot berish, siyosiy jurnalistlarning axborot bilan ishlashdagi huquqi, siyosiy kampaniyalar jarayonidagi majburiyati, siyosiy linvistikaga oid faoliyat prinsiplari aniqlangan;
siyosiy partiyalar veb-saytlarida multimediaviy kontent samaradorligini oshirish natijasida auditoriyani jalb etishning ijtimoiy-psixologik aspektlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbek parlamentarizmi siyosiy jarayonlarining partiyalar nashrlarida yoritilishining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: O‘zbekistonda partiya nashrlarining o‘zbek parlamentarizmi faoliyatini yoritishdagi faoliyati, partiyalar nashrlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rni, fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishdagi roli, saylov kampaniyalari davrida partiyalararo siyosiy-g‘oyaviy va dasturiy kurashlarda ishonchli axborot berish prinsiplari, shuningdek, siyosiy jurnalistlarning axborot bilan ishlashdagi huquqlari, siyosiy jarayonlardagi majburiyatlari, siyosiy lingvistikaga oid faoliyatini o‘rganishda hamda partiyalar nashrlari davlat siyosati hamda partiyalarning ustuvor maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi funksional ahamiyati “O‘zbekiston” radiokanalida tayyorlanayotgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi eshittirishlarda targ‘ib-tashviq qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-apreldagi 05-09-537-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning partiyalar faoliyati, siyosiy kampaniyalar davridagi asosiy vazifalari, ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi funksional vazifalari haqida yoshlarning siyosiy bilimlari shakllanishiga yordam bergan;
jurnalistlarning siyosiy sohani yoritishga ixtisoslashuvida, siyosiy partiyalar nashrlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rni, fuqarolarning huquqiy-siyosiy madaniyatini oshirishdagi rolini yanada oshirishda, siyosiy kampaniyalar davrida siyosiy-g‘oyaviy va dasturiy kurashlarda ishonchli axborot berishdagi funksiyasi, siyosiy jurnalistlarning axborot bilan ishlashdagi huquqiy majburiyatiga oid faoliyat prinsiplarining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirishda va jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshishga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 27-yanvardagi 02-18/23-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalist va blogerlarning saylov kampaniyasi davridagi axborot uzatishdagi funksiyalari, targ‘ibot-tashviqot rivojiga xizmat qiluvchi materiallarning tili va uslubi, yangi qorishiq (gibrid) janrlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanish borasidagi kasbiy bilimlari oshishiga xizmat qilgan;
siyosiy partiyalar veb-saytlarida multimediaviy kontent samaradorligini oshirish natijasida auditoriyani jalb etishning ijtimoiy-psixologik omillari, tasvir, taxlil, ta’sir funksiyalariga rioya etishida, yangi gibrid (qorishiq) janrlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga doir xulosalardan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi jurnalistlari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-yil 11-martdagi 6-111-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston ovozi” gazetasi va www.o‘zbekistonovozi.uz veb-saytida elektoratni o‘ylantirayotgan masalalarni yoritishda yangicha yondashuvlarda, partiyaning eng ustuvor vazifalarini targ‘ib qilishga qaratilgan mulitimediaviy janrlar imkoniyatlaridan foydalangan xolda materiallar tayyorlashda xizmat qilgan.
siyosiy partiyalar nashrlari davlat siyosati hamda partiyalarning ustuvor maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi funksional ahamiyatiga doir xulosalardan “Milliy tiklanish” gazetasi jurnalistlar faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 25-martdagi 01/05-son ma’lumotnomasi hamda “Milliy tiklanish” gazetasi tahririyatining 2025-yil 25- martdagi 02/05-son dalolatnomasi). Natijada “Milliy tiklanish” tahririyati jurnalistlarining partiya gazetasi ruknlar va sahifalarini boyitishda, partiya mafkurasi tarfibotidagi roli bo‘yich bilim va ko‘nikmalari takomillashgan.