Mustanova Shaxnoza Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga sinxron tarjimaning lingvistik muammolari va ularni bartaraf etish strategiyalari”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4189.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillararo amalga oshirilgan sinxron tarjimalarda qo‘llangan tarjima strategiyalarining lingvistik (leksik va grammatik) hamda kognitiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash va ularning tarjimaning adekvatligi, barqarorligi hamda muloqot samaradorligiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llaniladigan asosiy tarjima strategiyalari aniqlanib, ularning real vaqt rejimida tarjima jarayonidagi funksional vazifalari – grammatik moslashtirish, semantik aniqlik, tarjimonning kognitiv yukini optimallashtirish – ilk bor ilmiy jihatdan asoslangan;
grammatik hamda leksik-semantik tarjima strategiyalari tizimli tasniflanib, ularning ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llanish chastotasi, semantik mazmunni saqlash hamda ifodani tarjima tiliga moslashtirishdagi o‘rni empirik materiallar asosida ilmiy jihatdan isbotlangan;
ekvivalenti mavjud bo‘lmagan milliy-madaniy birliklar, institutsional nomlar (muassasa va tashkilot nomlari), metaforik va idiomatik birliklarni ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llaniladigan strategiyalarining lingvistik va madaniy-kommunikativ ahamiyati aniqlandi hamda ularning miqdoriy samaradorligi amaliy tahlil orqali ilmiy jihatdan dalillangan;
rasmiy siyosiy nutqlar misolida ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llaniladigan strategiyalarining ekvivalentlikni saqlash hamda siyosiy-diplomatik diskursning pragmatik yo‘nalishini yetkazishdagi samaradorligiga oid qarashlar qiyosiy tahlillar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga sinxron tarjimaning lingvistik muammolari va ularni bartaraf etish strategiyalari mavzusidagi tadqiqot yuzasidan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillararo amalga oshirilgan sinxron tarjimalarda qo‘llangan tarjima strategiyalarining lingvistik (leksik va grammatik) hamda kognitiv-pragmatik xususiyatlari tahlili bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalardan Toshkent shahridagi Fransiya Alyansida olib borilgan sinxron tarjimalar hamda xalqaro konferensiyalarda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2026-yil 1-apreldagi 15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinxron tarjima jarayonida qo‘llanadigan strategiyalar sifati va samaradorligining oshishiga erishilgan;
sinxron tarjima jarayonida yuzaga keladigan tillararo o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan amaliy qoidalar ishlab chiqilganligi, natijada sinxron tarjimonlarda muammolarga darhol echim topish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan bog‘liq nazariy xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilayotgan “Amaliy sinxron tarjima” (magistratura mutaxassisligi talabalari uchun) fani o‘quv dasturini tuzish, jumladan, “Sinxron tarjimada strategiyalardan foydalanish”, “Sinxron tarjimada leksik muammolar” kabi mavzularning kiritilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-yanvardagi 01/2-243-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining sinxron tarjimaga doir nazariy hamda amaliy bilimlarining kengayishiga erishilgan;
sinxron tarjimada strategiyalardan foydalanish, adekvat tarjimaga erishishda strategiyalar ahamiyati va sinxron tarjima jarayonida mavjud bo‘lmagan milliy-madaniy birliklarning berilishiga doir xulosa hamda tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 17-yanvardagi 229/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari tarjimashunoslik, amaliy sinxron tarjima (magistratura mutaxassisligi talabalari uchun), sinxron tarjimada leksik muammolar kabi mavzularning kiritilishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
sinxron tarjima jarayonida qo‘llaniladigan strategiyalar grammatik, semantik va pragmatik xususiyatlari o‘rganilib, rasmiy-siyosiy nutqlar misolida ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llaniladigan strategiyalarining ekvivalentlikni saqlash hamda siyosiy-diplomatik diskursning pragmatik yo‘nalishini yetkazishdagi samaradorligiga oid qarashlar va tahlillardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Ruminiyaning Alba Yuliya universteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “ICM -2022-KA171-000077648” raqamli xalqaro loyiha doirasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining 2026-yil 17-martdagi 11-25/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz-o‘zbek tillararo sinxron tarjimada qo‘llaniladigan tarjima strategiyalarining lingvistik va madaniy-kommunikativ ahamiyati aniqlangan hamda ularning samaradorligi amaliy tahlillar orqali dalillangan.