Babaxan Shoxrux Abdilkasimulining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gibrid shamol-quyosh qurilmasining energetik xarakteristikalari”, 05.05.06 - “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti va Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Nuraddin Azadovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Voxidov Akmal Ulashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Osh texnologiya universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iste’molchilarni avtonom elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun magnit elementli rotor, induksion g‘altak va fotoelektrik panellarga ega gibrid shamol-quyosh qurilmasini hamda uning energetik xarakteristikalarini hisoblash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parraklardagi magnit elementlar va qo‘zg‘almas induksion g‘altakli gibrid shamol-quyosh qurilmasi panellarni machtada 137,5° qadamli spiral joylashtirish orqali takomillashtirilib, belgilangan geometrik shartlarda o‘zaro soyalanishni bartaraf etish va janubga yo‘naltirilgan panellarga nisbatan yillik nurlanishning 86,6 % ini qabul qilish imkoniyati asoslangan;
shamol tezligi va quyosh nurlanishi o‘zgarganda o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash hamda shamol kanalining turg‘unligini baholash imkonini beruvchi, shamol moduli, induksion g‘altak va fotoelektrik panellarning fizik parametrlar orqali ifodalangan uzatish funksiyalariga asoslangan gibrid qurilmaning dinamik matematik modeli ishlab chiqilgan;
rotor tayanchlaridagi yuklamani magnit kuchlar yordamida kamaytirish va induksion g‘altakdan foydalanishning energetik samaradorlik shartini hisobga olgan holda, soatlik iqlim ma’lumotlari asosida gibrid qurilmaning energetik xarakteristikalarini hisoblash metodikasi takomillashtirilgan;
laboratoriya namunasida rotor tayanchlaridagi mexanik yo‘qotishlarni magnit kuchlar yordamida kamaytirish hisobiga generator quvvati magnit elementlarsiz variantga nisbatan 8-41 % ga ortishi hamda qo‘zg‘almas induksion g‘altakning shamol kanali jami quvvatidagi ulushi 14-23 % ni tashkil etishi tajriba asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gibrid shamol-quyosh qurilmasi va uning energetik xarakteristikalarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtonom elektr ta’minoti uchun shamol qurilmasi asosidagi gibrid energiya tizimi, uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha konseptual yondashuv hamda ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan quvvat balansini ushlab turish algoritmi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan IL-4821091630-raqamli «Shamol va suv oqimi parametrlari o‘zgarishida lokal energetika tizimiga o‘zgarmas chastotali stabil o‘zgarmas elektr quvvatini uzatuvchi yangi avtomatik qurilma yaratish» mavzusidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 23-sentabrdagi 02/01-01-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, shamol va suv energiyasi asosidagi gibrid energetik qurilma ishlab chiqilgan hamda turli shamol tezliklari o‘zgarishida asinxron generatorning aylanish tezligini rostlaydigan avtomatik boshqarish tizimining funksional sxemasi va elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarining me’yoriy qiymatlarini ta’minlovchi nazorat-boshqaruv tizimi yaratilgan;
gibrid shamol-quyosh qurilmasining konstruksiyasi va uning energetik xarakteristikalarini hisoblash metodikasi Toshkent davlat texnika universiteti Kengashining 2023-yil 12-avgustdagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan 02-2023-0135-son guvohnomaga muvofiq «Shamol energetikasi» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 23-sentabrdagi 02/01-01-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari «Muqobil energiya manbalari» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklariga tegishli «Shamol energetikasi» hamda «Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari» fanlarining o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan;
parraklarida magnit elementlari, induksion g‘altagi va machtasida fotoelektrik panellari bo‘lgan gibrid shamol-quyosh elektr stansiyasi (Qozog‘iston Respublikasining 2023-yil 19-maydagi №7391-son foydali modelga patenti) Natijada, korxonaning ma’muriy binosi ehtiyojlari uchun markazlashgan tarmoqdan foydalaniladigan elektr energiyasining yil davomida 50 % i tejalishiga hamda uglerod ikki oksidi chiqindilarining yiliga 8,5-11,9 t ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish