Abdinobiev Alisher Abdishukurovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi va ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini raqamli platformalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, 13.00.06 — Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olingan raqami: B2026.1.PhD/Ped12434.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshimov Raxmon Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01./2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Savriev Rustam Bobomurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini raqamli platformalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim mazmunidagi iqtisodiy muammolarni raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq modernizatsiya qilish, multimedia muhitini raqamli vositalar orqali modellashtirish hamda raqamli texnologik imkoniyatlarning sinergetik muvofiqligini refleksiv baholash asosida aniqlashtirilgan;
raqamli platformalar vositasida “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishning metodik tizimi (modeli) raqamli kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik vazifalarni maqsadli komponentga kiritish, talabalarda optimal echimlarni tanlash madaniyatini shakllantirishni mazmun, faoliyat va natija o‘rtasidagi uzviy funksional bog‘liqlik asosida tashkil etish hamda kasbiy yo‘naltirilgan elektron ta’lim konstruktlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishda raqamli platformalardan foydalanish metodikasi fan mazmunini iqtisodiy konseptual modellar bilan boyitish, real vaziyatlarga asoslangan muammolarni raqamli vositalar yordamida vizuallashtirish hamda raqamli biznes jarayonlarini modellashtirishga yo‘naltirilgan integrativ va adaptiv ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitish samaradorligi talabalarning subekt-resurs munosabatlariga oid muhim xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi https://ecolearntech.uz platformasini joriy etish, iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan amaliy keyslarni qo‘llash, bulutli va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish, kriptoaktivlar, biznes-analitika va elektron biznes kabi zamonaviy tushunchalarni asinxron raqamli vizuallashtirish hamda avtomatlashtirilgan baholash mexanizmlarini integratsiyalash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini raqamli platformalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarga “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim mazmunidagi iqtisodiy muammolarni raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq modernizatsiya qilish, multimedia muhitini raqamli vositalar orqali modellashtirish hamda raqamli texnologik imkoniyatlarning sinergetik muvofiqligini refleksiv baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2026-yil 30-martdagi 11-05-1760/04-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiy jarayonlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida modellashtirish, analitik, tizimli va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
raqamli platformalar vositasida “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishning metodik tizimini (modelini) raqamli kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik vazifalarni maqsadli komponentga kiritish, talabalarda optimal echimlarni tanlash madaniyatini shakllantirishni mazmun, faoliyat va natija o‘rtasidagi uzviy funksional bog‘liqlik asosida tashkil etish hamda kasbiy yo‘naltirilgan elektron ta’lim konstruktlarini joriy etish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2026-yil 30-martdagi 11-05-1760/04-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida mazkur fanni o‘qitish sifatini oshirish va talabalarda iqtisodiy masalalar bo‘yicha optimal echimlarni tanlash madaniyatini rivojlantirishga erishilgan;
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitishda raqamli platformalardan foydalanish metodikasini fan mazmunini iqtisodiy konseptual modellar bilan boyitish, real vaziyatlarga asoslangan muammolarni raqamli vositalar yordamida vizuallashtirish hamda raqamli biznes jarayonlarini modellashtirishga yo‘naltirilgan integrativ va adaptiv ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2026-yil 30-martdagi 11-05-1760/04-son ma’lumotnomasi). Natijada fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodik resurslar va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar orqali talabalarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o‘qitish samaradorligini talabalarning subekt-resurs munosabatlariga oid muhim xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi https://ecolearntech.uz platformasini joriy etish, iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan amaliy keyslarni qo‘llash, bulutli va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish, kriptoaktivlar, biznes-analitika va elektron biznes kabi zamonaviy tushunchalarni asinxron raqamli vizuallashtirish hamda avtomatlashtirilgan baholash mexanizmlarini integratsiyalash orqali oshirishga oid takliflar “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2026-yil 30-martdagi 11-05-1760/04-son ma’lumotnomasi). Natijada https://ecolearntech.uz platformasidan foydalanish orqali fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda talabalarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish