Jabborova Subhida Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida klinik terminlarning leksik-semantik va leksikografik xususiyatlari (si-assistentining lingvistik modelini yaratish asosida), 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2026.2.PhD/Fil7476.
Ilmiy rahbar: Madieva Madina Yusupovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.13.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlyatova Elvira Muradovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida klinik terminlarning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik terminni shakliy-struktur, semantik, paradigmatik, tarjimaviy, leksikografik va algoritmik qatlamlarni birlashtiruvchi ko‘p qatlamli lingvistik birlik sifatida talqin etuvchi lingvistik-leksikografik model ishlab chiqilgan hamda xalqaro terminologik resurslar (ICD-11, SNOMED CT, MeSH, LOINC) klinik terminni bu qatlamlarning faqat bittasida yoritishi asoslangan;
300 ta birlikdan iborat terminologik tanlanma asosida ingliz tilida bir so‘zli klinik terminlarning 65,3 % i morfemik jihatdan shaffof yunon-lotin yasamalari, o‘zbek tilida esa bir so‘zli ekvivalentlarning 80,5 % i bo‘linmas xalqaro o‘zlashmalar ekani, ikki til o‘rtasidagi ekvivalentlik struktur kengayish va qisqarish shaklida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek klinik terminologiyasida to‘laqonli dubletlik chegaralangani (9,3 %), izohiy variantlilik esa umumiy hodisa ekani (86,3 %), inglizcha klinik qisqartmalarning 75,5 % i o‘zbek tilida qisqartma shakliga ega emasligi asoslanib, klinik qisqartma semantik-struktur jihatdan zich birlik sifatida dalillangan;
ingliz va o‘zbek klinik terminlarining leksikografik xususiyatlari klinik terminlarni terminologik lug‘atda tizimlashtirishning oltita lingvistik tamoyili hamda terminologik izoh chegarasida ishlovchi to‘qqiz komponentli SI-assistent lingvistik modeli ishlab chiqish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida klinik terminlarning leksik-semantik va leksikografik xususiyatlari tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
klinik terminni shakliy-struktur, semantik, paradigmatik, tarjimaviy, leksikografik va algoritmik qatlamlarni birlashtiruvchi ko‘p qatlamli lingvistik birlik sifatida talqin etuvchi lingvistik-leksikografik model ishlab chiqilgan hamda xalqaro terminologik resurslar (ICD-11, SNOMED CT, MeSH, LOINC) klinik terminni bu qatlamlarning faqat bittasida yoritishi asoslanganlik to‘g‘risidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2026-yil 7-sentabrdagi 01-623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ikki tilli leksikografik kartochka, ko‘p modulli elektron axborot bazasi va SI-assistent lingvistik modeli ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan;
o‘zbek klinik terminologiyasida to‘laqonli dubletlik chegaralangani (9,3 %), izohiy variantlilik esa umumiy hodisa ekani (86,3 %), inglizcha klinik qisqartmalarning 75,5 % i o‘zbek tilida qisqartma shakliga ega emasligi asoslanib, klinik qisqartma semantik-struktur jihatdan zich birlik sifatida dalillanganlik haqidagi ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat universitetida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education Students (Erasmus+)” xalqaro granti doirasida samarali foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 7-sentabrdagi 262-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur natijalar ingliz va o‘zbek tillaridagi klinik terminlar hamda qisqartmalarni qiyosiy tushuntirish, ularning to‘liq shakli va ma’nosini izchil yoritish, shuningdek, ikki tilli o‘quv-uslubiy materiallarning terminologik aniqligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek klinik terminlarining leksikografik xususiyatlari klinik terminlarni terminologik lug‘atda tizimlashtirishning oltita lingvistik tamoyili hamda terminologik izoh chegarasida ishlovchi to‘qqiz komponentli SI-assistent lingvistik modeli ishlab chiqish orqali asoslanganlik haqidagi mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-2026-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2026-yil 29-iyuldagi 26-36-94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyati oshib, ishtirokchilarning kasbiy terminologik kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.