Davrukov Faxriddin Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida raqobatni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari va ularning kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt7163.
Ilmiy rahbar: Oblomuradov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.16/2025.27.12.I.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Daliev Axtam Sharafutdinovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salixov Saidamir Alisher o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik subektlarining bozorlar va infratuzilmadan teng foydalanishini ta’minlovchi raqobatni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari asosida O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bunda zamonaviy texnologiyalar ushbu mexanizmlarni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
axborot asimmetriyasi nazariyasini sintez qilish va normativ hujjatlarni tahlil etish asosida reaktiv monopoliyaga qarshi tartibga solishdan (qoidabuzarlik fakti bo‘yicha jarimalar) tadbirkorlik muhitini proaktiv himoya qilishga o‘tishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan. Yashirin kartel kelishuvlarini o‘z vaqtida aniqlash bilan kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlarining tranzaksiya xarajatlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan; axborot asosini O‘zRTXB birja savdolari ma’lumotlari tashkil etuvchi “Tadbirkorlikning monopoliyaga qarshi qalqoni” konsepsiyasi taklif etilgan bo‘lib, u kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlari xarajatlarini oshiruvchi kartel kelishuvlarini dastlabki bosqichlardayoq aniqlash imkonini beradi;
3 ta blokka – infratuzilmadan foydalanish imkoniyati, raqamli va ishbilarmonlik faolligi darajasi hamda bozor konsentratsiyasi darajasiga guruhlangan 30 ta indikatordan iborat ko‘p mezonli tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, u raqamli muhit sharoitlarining raqobat holatiga ta’sirini baholash imkonini beradi. Internet-infratuzilmaning mavjudligi, xo‘jalik faoliyatini raqamlashtirish darajasi va Xerfindal-Xirshman indeksi (HHI) bilan o‘lchanadigan bozorlar konsentratsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Hududlarning raqamli rivojlanish darajasidagi farqlar bozorlarning mahalliy konsentratsiyasini kuchaytirishi va alohida mahalliy monopoliyalar yuzaga kelishi uchun sharoit yaratishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, F. Bassning innovatsiyalar diffuziyasi modelidan foydalangan holda raqamli tafovutni qisqartirish choralari taklif etilgan;
Raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yagona Milliy ekotizimi doirasida bozorda ustun mavqega ega subektlar to‘g‘risidagi axborotni majburiy oshkor etishga (“ustun mavqega ega subektning elektron pasporti”) asoslangan, kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlarining bozorlarga chiqishida axborot asimmetriyasini kamaytirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan. Bunday oshkor etish KOBning axborot izlash va kontragentlarni verifikatsiya qilishga sarflanadigan tranzaksiya xarajatlarini hamda bozorlarga kirish to‘siqlarini kamaytirishi ko‘rsatib berilgan; taklif Oliy Majlis Senatida muhokama qilish jarayonida aprobatsiyadan o‘tkazilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini bozorlarning kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun ochiqlik darajasi va monopoliyadan chiqarishga tayyorligi bo‘yicha taqsimlashning rasmiylashtirilgan tasnifi va matritsasi ishlab chiqilgan. Raqobat ko‘proq darajada ochiq API asosidagi o‘zini o‘zi tartibga solishga tayanishi mumkin bo‘lgan “yuqori tadbirkorlik ochiqligi” klasterlari (bank sektori, telekom) hamda kichik va o‘rta biznes ishtirokida innovatsion DXShni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lgan “kritik zonalar” (energetika, UJKX) ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy-amaliy natijalari davlat organlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan.
Tadqiqotda tadbirkorlar manfaatlariga dahl etuvchi huquqbuzarliklarni jazolash tizimidan ularning oldini olishga qaratilgan proaktiv yondashuvga o‘tish asoslangan. O‘zRTXB birja savdolari ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan “Tadbirkorlikning monopoliyaga qarshi qalqoni” konsepsiyasi taklif etilgan bo‘lib, u kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlari xarajatlarini oshiruvchi yashirin kartel kelishuvlarini dastlabki bosqichlardayoq aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalaridan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun normalarini ishlab chiqishda, xususan, raqamli platformalar operatorining ustun mavqeini e’tirof etish tartibini belgilashda, monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etishda, monopoliyaga qarshi organning bozorlarni avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha vakolatlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 25-maydagi 05/2617-son ma’lumotnomasi), shuningdek, ilmiy natijalar va metodologik tavsiyalar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zRTXBning tegishli departamentlari faoliyatiga joriy etilgan (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 1-iyundagi hamda O‘zRTXBning 2026-yil 1-iyundagi 01-19/2074-son ma’lumotnomalari).
3 ta blokka – infratuzilmadan foydalanish imkoniyati, raqamli va ishbilarmonlik faolligi darajasi hamda bozor konsentratsiyasi darajasiga guruhlangan 30 ta indikatordan iborat ko‘p mezonli tizim ishlab chiqilgan. U raqamli muhit sharoitlarining tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, kichik va o‘rta biznesni yirik monopoliyalar bosimidan himoya qilishga hamda avtomatlashtirilgan jamoatchilik nazoratini joriy etishga ta’sirini baholash imkonini beradi va Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 25-maydagi 01-04-5174-son ma’lumotnomasi).
Raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yagona Milliy ekotizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan bo‘lib, u bozorda ustun mavqega ega subektlarning «elektron pasporti»ni real vaqt rejimida shakllantirishni, tadbirkorlar bozorga chiqishida axborot asimmetriyasini kamaytirishni, raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida iqtisodiy konsentratsiya va savdolarni tartibga solishni ta’minlaydi. Mexanizm Oliy Majlis Senatida muhokama qilish jarayonida aprobatsiyadan o‘tkazilgan va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 25-maydagi 05/2617-son hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 1-iyundagi ma’lumotnomalari).
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini bozorlarning kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun ochiqlik darajasi va monopoliyadan chiqarishga tayyorligi bo‘yicha taqsimlashning rasmiylashtirilgan tasnifi va matritsasi ishlab chiqilgan. Raqobat ko‘proq darajada ochiq API asosidagi o‘zini o‘zi tartibga solishga tayanishi mumkin bo‘lgan “yuqori tadbirkorlik ochiqligi” klasterlari (bank sektori, telekom) hamda kichik va o‘rta biznes ishtirokida innovatsion DXShni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lgan “kritik zonalar” (energetika, UJKX) ajratilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning (OKMK) 2026-yil 3-iyundagi SL-558-son ma’lumotnomasi tasnifning ushbu korxona darajasida aprobatsiyadan o‘tganini tasdiqlaydi; bank sektori, telekommunikatsiyalar, energetika va UJKX bo‘yicha tasnif tahliliy xususiyatga ega va qo‘shimcha tarmoq aprobatsiyasini talab etadi).
Ilmiy kengash raisi, i.f.d., prof. | D.V.Rasulova |
Ilmiy kengash ilmiy kotibi, i.f.f.d., dotsent | S.A.Salixov |
Ilmiy rahbar, i.f.d., prof. | N.N.Oblomuradov |
Talabgor | F.U.Davrukov |