Ahmadova Mahbuba Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy asarlaridan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy sifatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped 6876.
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Dilafro‘z Abduroziqovna, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor; Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy sifatlarini shakllantirishda Alisher Navoiy asarlaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxsiy sifatlarni shakllantirishning nazariy asoslari Alisher Navoiy asarlaridagi didaktik konsepsiyalar bolalar psixologiyasining yosh xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivatsion komponentlar asosida tizimlashtirish hamda adabiy manbalarni konseptual tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning shaxsiy sifatlarini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanishning aksiologik imkoniyatlari badiiy tizimdagi ma’naviy-axloqiy determinantlar insoniylik, adolat, ilm va shaxsiy fazilatlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlovchi adabiy obrazlarning psixologik ta’sir kuchi va hikmatlarning tarbiyaviy ahamiyatini baholash dinamikasi bilan sinergetik bog‘liqlikdagi mualliflik tasnifini belgilash orqali ilmiy asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy sifatlarini shakllantirishning mazmuni yoshga xos kognitiv, emotsional-qadriyatli va faoliyatga doir rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, ijtimoiy muhit, motivatsiya va ehtiyojlar hamda axloqiy ongni rivojlantirishning “adabiyot + axloq + psixologiya” bosqichlarini amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirilgan;
Navoiy asarlarini o‘qitishning transformatsion ta’lim modeli boshlang‘ich ta’lim fanlari mazmuniga qadriyatlar integratsiyasiga asoslangan namuna ko‘rsatish, hissiy-obrazli ta’sir va faoliyatga asoslangan “Hikmatdan - fazilatga” kabi ijodiy metodlardan foydalanishga yo‘naltirilgan “Alisher Navoiy akademiyasi: hurmat, halollik, sabr” o‘quv dasturini taklif etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy sifatlarini shakllantirishda Alisher Navoiy asarlaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxsiy sifatlarni shakllantirishning nazariy asoslari Alisher Navoiy asarlaridagi didaktik konsepsiyalar bolalar psixologiyasining yosh xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivatsion komponentlar asosida tizimlashtirish hamda adabiy manbalarni konseptual tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan tavsiyalari aniqlashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-martdagi 9866-8369-ae6b-546b-8fd6-0781-1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hurmat, halollik, sabr kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishga oid nazariy-metodik bilimlarini boyitish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalash hamda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos tarbiyaviy faoliyatni loyihalash bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
o‘quvchilarning shaxsiy sifatlarini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanishning aksiologik imkoniyatlari badiiy tizimdagi ma’naviy-axloqiy determinantlar insoniylik, adolat, ilm va shaxsiy fazilatlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlovchi adabiy obrazlarning psixologik ta’sir kuchi va hikmatlarning tarbiyaviy ahamiyatini baholash dinamikasi bilan sinergetik bog‘liqlikdagi mualliflik tasnifini belgilash orqali ilmiy asoslangan tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil, 25-apreldagi 03-720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy merosidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishning ta’sirchan shakl va usullari takomillashtirilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini baholash hamda ularning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish imkoniyatlari muayyan darajada kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy sifatlarini shakllantirishning mazmuni yoshga xos kognitiv, emotsional-qadriyatli va faoliyatga doir rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, ijtimoiy muhit, motivatsiya va ehtiyojlar hamda axloqiy ongni rivojlantirishning "adabiyot + axloq + psixologiya” bosqichlarini amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Respublika Markaziy Kengash “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasidagi II, III, IV bo‘limlarning 1/2, 2/5, 3/17, 4/27 bandlarini tuzishda foydalanilgan. (Respublika Markaziy Kengash “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2026-yil 15-apreldagi 03/08-39/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash va barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan dasturiy vazifalarini amalga oshirish samaradorligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
Navoiy asarlarini o‘qitishning transformatsion ta’lim modeli boshlang‘ich ta’lim fanlari mazmuniga qadriyatlar integratsiyasiga asoslangan namuna ko‘rsatish, hissiy-obrazli ta’sir va faoliyatga asoslangan metodlardan foydalanishga yo‘naltirilgan “Alisher Navoiy akademiyasi: hurmat, halollik, sabr” o‘quv dasturini ishlab chiqishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-martdagi 9866-8369-ae6b-546b-8fd6-0781-1973-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning Alisher Navoiy asarlaridagi didaktik g‘oyalarni boshlang‘ich ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarda hurmat, halollik, sabr kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirish, qadriyatlarga yo‘naltirilgan tarbiyaviy mashg‘ulotlarni loyihalash hamda sinfdan tashqari ta’lim faoliyatining mazmuni va jozibadorligini oshirishga qaratilgan kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish