Musaev Golib Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yoshlarda semizlikning oldini olish usullarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirish” 14.00.43- Profilaktik tibbiyot. 14.00.05 – Ichki kasalliklar. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5715.
Ilmiy rahbarlar: Badritdinova Matluba Najmidinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Juraeva Xafiza Iskandarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02
Rasmiy opponentlar: Mamarasulova Dilfuzaxon Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xodji Axmet Yasavi nomidagi xalqaro qozoq – turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yoshlar orasida semizlikning oldini olishga qaratilgan dasturga smart braslet (Mi Band Active 9) - taqiladigan qurilmani tadbiq etish samaradorligini standart profilaktik tavsiyalar bilan qiyosiy baholash
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda abdominal semizlik, ortiqcha tana vazni va semizlik tarqalishi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida glikirlangan gemoglobin (HbA1c) darajasi hamda lipid almashinuvining hosila indekslari (TG/XS-YuZLP, AIP, UX/XS-YuZLP)ni birgalikda hisobga olingan holda, ularning boshlang‘ich kardiometabolik ko‘rsatkichlari kompleks ravishda baxolangan;
bel aylanasining bo‘y uzunligiga nisbati indeksi (WHtR) birlamchi tibbiy bug‘inda yashirin abdominal semizlikni erta aniqlash va profilaktikasi samaradorligi uchun qulay va yuqori-ma’lumotli skrining mezon sifatida klinik jihatdan keng qo‘llanilishi,shuningdek, xavfni stratifikatsiya qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jismoniy faollikni nazorat qilish maqsadida smart taqiladigan qurilma- Mi Band Active 9 asosida profilaktika dasturini joriy etish, standart tavsiyalarga nisbatan antropometrik ko‘rsatkichlar (tana vazni indeksi, bel aylanasi, WHtR)ning ishonchli ijobiy dinamikasini ta’minlashi hamda bemorlarning hayot tarzini o‘zgartirishga bo‘lgan moyilligini oshirishi isbotlangan;
birlamchi tibbiy bug‘in uchun semizlikning raqamli profilaktikasi bo‘yicha skrining bosqichlarini muvofiqlashtirish, WHtR indeksi asosida kardiometabolik xavf darajasini baholash, jismoniy faollikni masofaviy monitoring qilish va har bir bemor uchun uzoq muddatli olib borish taktikasini alohida tanlash imkonini beruvchi kompleks algoritm ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlarda semizlikning oldini olish usullarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yoshlarda abdominal semizlik, ortiqcha tana vazni va semizlikning tarqalish ko‘rsatkichlari tahlili asosida glikirlangan gemoglobin (HbA1c) hamda lipid almashinuvining hosila indekslari (TG/XS-YuZLP, AIP, UX/XS-YuZLP)ni birgalikda hisobga olgan holda boshlang‘ich kardiometabolik holat kompleks baholangan. Tadqiqot natijalari asosida «Profilaktika ojireniya u molodeji: primenenie mobil`nix prilojeniy i texnologiy dlya kontrolya pitaniya i fizicheskoy aktivnosti» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 25-m/189-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 4 avgustdagi 1407-4-69-TB/2025-sonli hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi 98-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida rasmiylashtirilgan xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: antropometrik va laborator ko‘rsatkichlarni birgalikda baholash ortiqcha tana vazni, abdominal semizlik va uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash, profilaktik kuzatuvga muhtoj yoshlarni saralash hamda individual profilaktika choralarini belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: hosila lipid indekslarini mavjud laborator natijalardan hisoblash qo‘shimcha tahlillarsiz kardiometabolik baholashni kengaytirdi. Mazkur baholash kiritilgan kompleks dastur bo‘yicha tana vaznini kamida 5% kamaytirgan bir nafar ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisobga olingan xarajat standart yondashuvga nisbatan 1 172 424 so‘mga yoki 32,2% ga past bo‘ldi. Xulosa: kompleks baholash yoshlarda boshlang‘ich kardiometabolik xavfni aniqlash va profilaktik tadbirlarni maqsadli tashkil etishga xizmat qildi; mavjud laborator natijalardan qo‘shimcha indekslarni hisoblashda foydalanildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bel aylanasining bo‘y uzunligiga nisbati (WHtR) birlamchi tibbiy bo‘g‘inda abdominal semizlikni erta aniqlash, profilaktika natijalarini kuzatish va xavfni stratifikatsiya qilish uchun qulay skrining mezoni sifatida qo‘llanilishining klinik maqsadga muvofiqligi asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida «Profilaktika ojireniya u molodeji: primenenie mobil`nix prilojeniy i texnologiy dlya kontrolya pitaniya i fizicheskoy aktivnosti» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 25-m/189-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 4 avgustdagi 1407-4-69-TB/2025-sonli hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi 98-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida rasmiylashtirilgan xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: WHtRni tana vazni indeksi bilan birgalikda baholash abdominal semrishni aniqlash va profilaktik kuzatuv davomida uning dinamikasini nazorat qilish imkonini berdi. Oddiy antropometrik o‘lchovlar bemorlarga o‘z ko‘rsatkichlarini tushunish va o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: WHtRni odatiy antropometrik o‘lchovlardan aniqlash qo‘shimcha laborator tahlillar yoki murakkab asbob-uskunalarsiz skrining va monitoringni amalga oshirish imkonini berdi. Ushbu mezon qo‘llanilgan kompleks dastur bo‘yicha tana vaznini kamida 5% kamaytirgan bir nafar ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisobga olingan xarajat standart yondashuvga nisbatan 1 172 424 so‘mga yoki 32,2% ga past bo‘ldi. Xulosa: WHtR birlamchi tibbiy bo‘g‘inda abdominal semizlikni baholash va nomedikamentoz profilaktika natijalarini kuzatishning amaliy jihatdan qulay mezoni sifatida tavsiya etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: jismoniy faollikni nazorat qilish uchun Mi Band Active 9 smart-brasleti kiritilgan profilaktika dasturi standart tavsiyalarga nisbatan antropometrik ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ta’minlashi va hayot tarzini o‘zgartirishga qaratilgan o‘zini o‘zi nazorat qilishni qo‘llab-quvvatlashi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari asosida «Profilaktika ojireniya u molodeji: primenenie mobil`nix prilojeniy i texnologiy dlya kontrolya pitaniya i fizicheskoy aktivnosti» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 25-m/189-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 4 avgustdagi 1407-4-69-TB/2025-sonli hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi 98-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida rasmiylashtirilgan xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: olti oyda tana vaznining kamida 5% kamayishi asosiy guruhda 41,8%, qiyosiy guruhda 19,0% qayd etildi. Nomedikamentoz dastur jismoniy faollik va ovqatlanishni nazorat qilishni kundalik hayotga kiritish hamda tana vaznini kamaytirish bo‘yicha belgilangan natijaga erishgan ishtirokchilar ulushini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olti oylik kompleks dasturda tana vaznini kamida 5% kamaytirgan bir nafar ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisobga olinganda xarajat asosiy guruhda 2 465 758 so‘mni, qiyosiy guruhda 3 638 182 so‘mni tashkil etdi. Asosiy guruhda ushbu ko‘rsatkich 1 172 424 so‘mga yoki 32,2% ga past bo‘ldi. Xulosa: hisobga olingan xarajatlar doirasida kamida 5% vazn kamayishi natijasiga erishish uchun o‘rtacha xarajatning 32,2% ga pastligi dasturning «xarajat–natija» nisbati bo‘yicha afzalligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich umumiy byudjet xarajatlarining kamayishini anglatmaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy bo‘g‘in uchun skrining bosqichlarini muvofiqlashtirish, WHtR asosida xavfni baholash, jismoniy faollikni masofaviy monitoring qilish va bemorni uzoq muddatli olib borish taktikasini individual tanlashni birlashtiruvchi semizlikning raqamli profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida «Profilaktika ojireniya u molodeji: primenenie mobil`nix prilojeniy i texnologiy dlya kontrolya pitaniya i fizicheskoy aktivnosti» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 26 iyundagi 25-m/189-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 4 avgustdagi 1407-4-69-TB/2025-sonli hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 15 sentyabrdagi 98-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida rasmiylashtirilgan xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: algoritm profilaktik kuzatuvni bosqichma-bosqich tashkil etish, bemorni o‘z ko‘rsatkichlarini nazorat qilishga o‘rgatish va erishilgan natijaga qarab keyingi kuzatuv taktikasini belgilash imkonini berdi. Asosiy guruhda o‘zini o‘zi nazorat qilish tajribasi ortgan sari qo‘shimcha yuzma-yuz maslahatlarga ehtiyojning kamayishi kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm kompleks dasturda skrining, individual maslahat va masofaviy kuzatuvni muvofiqlashtirish orqali tibbiy resurslardan maqsadli foydalanishni tashkil etishga xizmat qildi. Dasturning umumiy iqtisodiy bahosida tana vaznini kamida 5% kamaytirgan bir nafar ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisobga olingan xarajat standart yondashuvga nisbatan 1 172 424 so‘mga yoki 32,2% ga past bo‘ldi. Xulosa: algoritm individual profilaktik kuzatuv va o‘zini o‘zi nazorat qilishni muvofiqlashtirdi. Qo‘shimcha natijaning hisoblangan qiymati dasturni moliyalashtirishni baholash uchun asos bo‘ladi; yakuniy iqtisodiy maqbullik resurslarning to‘liq qiymati va bir qo‘shimcha natija uchun maqbul xarajat chegarasi bilan baholanadi.