Fayzullaeva Zulfiya Saidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek publitsistikasida muallif pozisiyasi: tahlil, talqin va mahorat masalalari (Saydi Umirov ijodiy laboratoriyasi misolida)”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3648.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Nazira Qurbonovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stmuhamedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Tog‘aeva Gulandom Jummaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi publitsistika shakllanishida ijodkor laboratoriyasining o‘rni va ahamiyatini Saydi Umirov ijodi misolida o‘rganish, uning o‘ziga xos xususiyatlar, uslub va mahorat masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publitsistikada ijodiy tajriba va pozisiya, muallif “men”ining namoyon bo‘lishida publitsist ijodiy kredosi – voqelik va inson his-tuyg‘ulari muvozanatining kommunikativ asosi ekanligi dalillangan;
publitsistika kontenti shakllari xilma-xilligi, ijodiy eksperimentning amaliy tajriba va pedagogikaga integratsiyasida muallif intellekti va ahloqi yetakchi pozisiyada ekanligi aniqlangan;
publisitsika evolyusiyasida muallif shaxsi va pozisiyasi diversifikatsiyasining zamonaviy tendensiyalari blog, web, bot formatlarda aks etishi aniqlangan;
Saydi Umirov ijodiy laboratoriyasida mavzu tanlash, so‘z qo‘llash, sarlavha topish hamda til vositalarini qo‘llashda eksplitsit va implitsit ifoda usullaridan foydalanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbek publitsistikasida muallif pozisiyasi masalasining Saydi Umirov ijodiy laboratoriyasi kontekstidagi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
publitsistikada ijodiy tajriba va pozisiya, muallif “men”ining namoyon bo‘lishida publitsist ijodiy kredosi –voqelik va inson his-tuyg‘ulari muvozanatining kommunikativ asosi ekanligi haqidagi xulosalar Saydi Umirov ijodi misolida olingan va O‘zbekiston milliy axborot agentligidagi yosh jurnalistlarga tajriba, mahorat darsida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2026-yil 2-martdagi 01-23/226-son ma’lumotnomasi). Natijada publitsistning mavzu tanlashdan tortib, sarlavha qo‘yish, tahlil qilish, muammoga tizimli yondashuv bo‘yicha o‘z tajribasi misollar yordamida tahlil qilingani yosh xodimlarning auditoriyaga manzur bo‘ladigan qiziqarli kontentlar yaratishida yordam bergan;
publitsistika kontenti shakllari xilma-xilligi, ijodiy eksperimentning amaliy tajriba va pedagogikaga integratsiyasida muallif intellekti va ahloqi yetakchi pozitsiada ekanligi taniqli publitsist Saydi Umirov ijodi misolida dalillangan va ushbu xulosalardan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligidagi “Hurriyat” gazetasi va uning sayti materiallarini tayyorlash va tahrir qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 18-fevraldagi 02-18/36-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalar nashrning tahliliy kontentini yanada takomillashtirish, muharrir hamda ijodiy xodimlarga auditoriyani jalb qilish yo‘llari haqida bilimlar berish hamda ularning kasbiy bilim va mahoratlarini mustahkamlash maqsadida mahorat darslarini tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
publisitsika evolyusiasida muallif shaxsi va pozisiyasi diversifikatsiyasining zamonaviy tendensiyalari blog, web, bot formatlarda aks etishi bilan bog‘liq ma’lumotlar “Yangi media” ta’lim markazi treninglari kontentini boyitish maqsadida foydalanilgan (“Yangi media” ta’lim markazining 2026-yil 15-fevraldagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlil, talqin, mahorat masalalari taniqli publitsist Saydi Umirov ijodi misolida tinglovchilarga etkazilib, zamonaviy, milliy kontent yaratishda qo‘l kelishi misollar yordamida tushuntirildi va markazda yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu tadqiqot muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Saydi Umirov ijodiy laboratoriyasida tajriba va mahorat masalalarini mavzu tanlash, so‘z qo‘llash, sarlavha topish hamda til vositalarini qo‘llasda eksplitsit va implitsit ifoda usullarini uyg‘un qo‘llash imkoniyatlari haqidagi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligidagi “Ishonch” tahririyati kontentini qayta ko‘rib chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2026-yil 18-fevraldagi BM-06/196-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tadqiqot gazetaning tahliliy va publitsistik kontenti sifat jihatidan takomillashuvida, qolaversa, nashrning elektron nusxasi – “ishonch.uz” saytidagi tahliliy materiallarni yozishda hamda xodimlar mahorat va malakasini oshirishda mahorat maktabi vazifasini o‘tagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish