Masharipova Umidaxon Xudayberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklarning lisoniy-madaniy xususiyati”, 10.00.13 – “Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil 4869.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Qudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Babajanov Mansur Qurbanbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy aspektda tahlil qilish, ularning leksik-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklar nazariy manbalar tahlili asosida tizimli qiyosiy o‘rganilib, ularning semantik tuzilishi, lingvomadaniy mohiyati hamda olamning lisoniy manzarasini shakllantirishdagi o‘rni aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklarning tarixiy taraqqiyoti aniqlanib, ularning shakllanish bosqichlari hamda semantik rivojlanish jarayoni qiyosiy aspektda yoritilgan, ikki til materialida rang nomlarining diaxron va sinxron xususiyatlari asoslab berilgan;
rang ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari, ko‘chma ma’nolari hamda badiiy matndagi uslubiy vazifalari tahlil qilinib, ularning ekspressiv va uslubiy imkoniyatlari aniqlangan hamda badiiy nutq tizimidagi funksional salmog‘i isbotlangan;
rang ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy talqini amalga oshirilib, ularning frazeologik birliklar, maqol va matallar tarkibidagi milliy-madaniy mazmuni qiyosiy jihatdan o‘rganilgan hamda har ikki tilda namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos lingvokulturologik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi rang ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklar nazariy manbalar tahlili asosida tizimli qiyosiy o‘rganilib, ularning semantik tuzilishi, lingvomadaniy mohiyati hamda olamning lisoniy manzarasini shakllantirishdagi o‘rni bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning entolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yilning 19-fevraldagi 64/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ish doirasida olingan nazariy xulosalar orqali loyiha materiallari yanada boyitilgan, rang ifodalovchibirliklarning tilshunoslik nuqtayi nazaridan chuqurroq yoritilishiga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida rang ifodalovchi birliklarning tarixiy taraqqiyoti aniqlanib, ularning shakllanish bosqichlari hamda semantik rivojlanish jarayoni qiyosiy aspektda yoritilgan, natijada ikki til materialida rang nomlarining diaxron va sinxron xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros agentligi 2026-yil 3-martdagi 01-03/03-47 son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarga tayyorlangan ekskursiya matnlarining boyishi, saviyasining oshishi ta’minlangan;
rang ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari, ko‘chma ma’nolari hamda badiiy matndagi uslubiy vazifalari tahlil qilinib, ularning ekspressiv va uslubiy imkoniyatlari aniqlangan, badiiy nutq tizimidagi funksional salmog‘iga hamda rang ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy talqini amalga oshirilib, ularning frazeologik birliklar, maqol va matallar tarkibidagi milliy-madaniy mazmuni qiyosiy jihatdan o‘rganilgan, har ikki tilda namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos lingvokulturologik xususiyatlariga oid xulosalaridan Qoraqalpog‘iston telerodiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Jaslar ha’m biz”, “Kush bilimde” eshittirishlari orqali aholiga, asosan o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga, yozuvchi va shoirlarga, badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga targ‘ib qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2026-yil 22-maydagi 05-22/262-son ma’lumotnomasi). Natijada, rang ifodalovchi birliklarning o‘zbek va qoraqalpoq tillarida tutgan o‘rnini, milliy-madaniy xususiyatlarini anglash uchun ham muhim ekanligi yoritilib, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi hamda ommabopligi ta’minlangan.