Axtamova Laziza Azam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida amaliy mashg‘ulotlarni o‘zi-tekshiruvchi tizimlar asosida tashkil etish va o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06-Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12443.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xudoyberganov Mirzoali O‘razalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Eshimov Raxmon Rustamovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida amaliy mashg‘ulotlarni o‘zi-tekshiruvchi tizimlar asosida tashkil etish va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mustaqil izlanish, raqamli ko‘nikmalarini integrativ rivojlantirishga qaratilgan interaktiv kontent va mustaqil diagnostika komponentlari yagona raqamli ta’lim platformasi kontentida ta’limning individuallashtirish tamoyiliga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ixtisoslik modullari bo‘yicha akademik-raqamli faoliyatini inversiv nazorat va qayta aloqa vositasida tashkil etish mexanizmlari o‘zlashtirish va qo‘llash intervalini qisqartirishga qaratilgan o‘quv yuklamani mikromodullar, amaliy keyslarga refleksiv qulayligiga ko‘ra differensial taqsimlash asosida takomillashtirilgan;
o‘zi-tekshiruvchi tizimlardan foydalanish modelida mustaqil-izlanuvchilik pozisiyasi barqarorligini ta’minlovchi o‘quv-metodik majmua raqamli topshiriqlar, mustaqil keyslarda o‘quv-biluv, amaliy harakatlar nazoratini o‘zini o‘zi tuzatishga yo‘naltiruvchi avtomatlashtirilgan algoritmlarni shaxsiy ta’lim traektoriyasiga muvofiq optimallashtirish asosida modifikatsiyalangan;
talabalarning kasbiy rivojlanishida o‘zi-tekshiruvchi tizimlardan foydalanishning samaradorligi xatolar ustida ishlashning avtomatik qaydli va motivatsion-rag‘batlantiruvchi elementlarini pedagogik tavsiflash va tizimli sintezlikda adaptiv qo‘llash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida amaliy mashg‘ulotlarni o‘zi-tekshiruvchi tizimlar asosida tashkil etish va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
talabalarning ixtisoslik modullari bo‘yicha akademik-raqamli faoliyatini inversiv nazorat va qayta aloqa vositasida tashkil etish mexanizmlari o‘zlashtirish va qo‘llash intervalini qisqartirishga qaratilgan o‘quv yuklamani mikromodullar, amaliy keyslarga differensial taqsimlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Rastrli grafika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosidagi 896108-sonli guvohnomasi). Natijada talabalarning dasturlashga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va qo‘llash intervalini qisqartirishga erishilgan;
o‘zi-tekshiruvchi tizimlardan foydalanish modelida mustaqil-izlanuvchilik pozisiyasi barqarorligini ta’minlovchi o‘quv-metodik majmua raqamli topshiriqlar, mustaqil keyslarda o‘quv-biluv, amaliy harakatlar nazoratini o‘zini o‘zi tuzatishga yo‘naltiruvchi avtomatlashtirilgan algoritmlarni shaxsiy ta’lim traektoriyasiga muvofiq optimallashtirish asosida modifikatsiyalashga oid tavsiyalardan 2023-2025 yillarda Buxoro davlat texnika universitetidagi “Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura va o‘quv kurslari dasturlari” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2026-yil 09-apreldagi 02/01-01-236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning o‘zini o‘zi nazorat qilish va xatolarni tezkor tuzatish imkoni yaratilib, dasturlashga oid amaliy ko‘nikmalari rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning kasbiy rivojlanishida o‘zi-tekshiruvchi tizimlardan foydalanishning samaradorligi xatolar ustida ishlashning avtomatik qaydli va motivatsion-rag‘batlantiruvchi elementlarini pedagogik tavsiflash va tizimli sintezlikda adaptiv qo‘llashga oid tavsiyalardan 2019-2022 yillarda Buxoro davlat texnika universitetidagi AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2026-yil 09-apreldagi 02/01-01-236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda xatolar ustida ishlashning avtomatik qaydli imkoniyati yaratilib, o‘zi-tekshiruvchi tizimlardan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.