Musaev Akmalbek Ibragimdjanovichning    

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida diplomatik diskursning paradigmatik strukturalari va sintagmatik modeli”, 10.00.13 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil1149.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvahidovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Jafarov Botir Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudova Nilufar Ravshanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filolog talabalar uchun ingliz, rus va o‘zbek tillari asosida o‘quv frazeologik minimum tuzishning lingvodidaktik tamoyillarini aniqlashdan iborat ingliz va o‘zbek tillarida diplomatik diskurs birliklarining paradigmatik strukturalari hamda sintagmatik modellarini turli institutsional va siyosiy kommunikatsiya jarayonlari doirasida pragmalingvistik, lingvokulturologik hamda sotsiodiskursiv jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklari ilk bor qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda paradigmatik va sintagmatik modellar asosida tizimli ravishda tadqiq etilib, diplomatik muloqotning institutsional tabiatini belgilovchi lisoniy, pragmatik hamda lingvokulturologik mezonlar ishlab chiqilgan, shu asosda diplomatik diskursning struktur qatlamlari (rasmiy formulalar, diplomatik terminlar, evfemistik birliklar, pragmatik konstruksiyalar, protokol ifodalari va strategik nutq modellari)ning terminologik hamda funksional tasnifi ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik va siyosiy diskurs birliklarini kommunikativ-pragmatik jihatlar (presuppozisiya, implikatura, illokutiv va perlokutiv ta’sir, nutqiy aktlar, kommunikativ strategiyalar hamda manipulyativ vositalar) doirasida qiyosiy tahlil qilish orqali mazkur tillarning diplomatik kommunikatsiyaga xos umumiy va differensial xususiyatlari dalillangan;
diplomatik diskursning xalqaro muzokaralar, memorandumlar, siyosiy bayonotlar, ommaviy axborot vositalari hamda raqamli diplomatiya platformalaridagi nutqiy reallashuvi, diplomatik birliklarning emotsional-ekspressiv va pragmatik bo‘yoqdorligi, evfemizatsiya va siyosiy korrektlikning paradigmatik shakllari, diplomatik terminlarning shakllanishida interlingvistik, intralingvistik hamda ekstralingvistik omillar, shuningdek, xalqaro siyosiy kommunikatsiyada yuzaga keluvchi yangi diplomatik birliklarning morfo-semantik integratsiyasi va kommunikativ moslashuv mexanizmlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari diplomatik diskursida rasmiy nutq birliklarining davlat imiji va kommunikativ strategiyalarni shakllantirishdagi funksional ahamiyati, diplomatik matnlardagi metaforik va evfemistik konstruksiyalarning lingvokulturologik xususiyatlari belgilangan, shuningdek, diplomatik va siyosiy matnlarni tarjima qilishda pragmatik adekvatlik, kommunikativ neytrallik hamda milliy-madaniy moslashuvni saqlash bilan bog‘liq murakkabliklar tizimlashtirilib, tarjima jarayonida asliyat va tarjima tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining uyg‘unlashuvini ta’minlovchi lingvokulturologik-pragmatik ekvivalentlik tamoyili ishlab chiqilgan hamda diplomatik formulalar va protokol birliklarini translyasiya qilishda funksional-adaptiv tarjima usulining samaradorligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining xalqaro tashkilotlar hujjatlari, elektron diplomatik platformalar hamda raqamli siyosiy muloqot tizimida qayd etilishi va ularning lingvokulturologik (milliy-diplomatik reprezentatsiya, siyosiy-etiket mazmuni, metaforik va frazeologik shakllari), sotsiodiskursiv (institutsional va siyosiy kommunikatsiya ko‘rinishlari), kommunikativ-pragmatik (turli diplomatik vaziyatlarda funksional qo‘llanishi) xususiyatlarini tizimli tahlil qilishda raqamli korpuslar, avtomatik diskursiv tasnif algoritmlari, giperhavola mexanizmlari va pragmaetik pometa berish tamoyillari ishlab chiqilgan holda chog‘ishtirilayotgan tillardagi diplomatik diskurs birliklarining izomorfik hamda allomorfik jihatlari statistik-parametrik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, rasmiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan diplomatik terminlar, nutqiy strategiyalar hamda pragmaetik vositalarga oid ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 17-apreldagi 11-25/259-son ma’lumotnomasi). Natijada, diplomatik diskursda uchraydigan leksik-semantik va pragmatik muammolar, jumladan, nutqiy yumshatish (mitigation), evfemizatsiya, implikatura, nutq aktlari, rasmiy murojaat va muzokara jarayonlarida qo‘llaniladigan lingvistik vositalar tahlil qilingan hamda ingliz va o‘zbek tillarida diplomatik kommunikatsiyada qo‘llaniladigan birliklarning funksional-pragmatik xususiyatlari tizimlashtirilib, ularning nutqiy muloqotdagi o‘rni qiyosiy-tipologik asosda ilmiy jihatdan yoritilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining paradigmatik va sintagmatik modellariga oid ilmiy xulosa hamda materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini yaratish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 30-dekabrdagi 05-09-2126-son ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va diplomatik mazmundagi axborotlarni ommaga yetkazishda nutqiy aniqlik, semantik muvofiqlik, stilistik moslik hamda diskursiv izchillikni ta’minlashga xizmat qiluvchi lingvistik yondashuvlar takomillashtirilgan, diplomatik nutqqa xos birliklarning funksional-pragmatik imkoniyatlari amaliy jihatdan qo‘llanilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining leksik-semantik, morfoleksik hamda pragmatik xususiyatlariga oid ilmiy natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda bajarilgan IL402104209 raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 04/1-6372-son ma’lumotnomasi).Natijada, diplomatik diskursda qo‘llaniladigan birliklarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari asosida o‘zbek tilining morfoleksik tavsifi boyitilgan, avtomatik tahlil jarayonida so‘z shakllarini aniqlash, tasniflash hamda kontekstga mos talqin etish imkoniyatlari kengaytirilgan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida olib borilgan qiyosiy tahlillar natijasida axborot qidiruv tizimlarida qo‘llaniladigan nomlash va qo‘llanish strategiyalari aniqlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, diplomatik kommunikatsiyada qo‘llaniladigan nutqiy strategiyalar hamda pragmaetik vositalarga oid ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima yo‘nalishlaridagi ilmiy-amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 22-yanvardagi 01-03/42-son ma’lumotnomasi).Natijada diplomatik diskursga xos paradigmatik strukturalar va sintagmatik modellarning qiyosiy-tipologik xususiyatlari, rasmiy murojaat va muzokara jarayonlarida qo‘llaniladigan leksik-semantik birliklarning funksional-pragmatik imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik kommunikatsiyada uchraydigan mitigatsiya, evfemizatsiya, implikatura, presuppozisiya hamda nutq aktlari kabi pragmaetik hodisalarning kommunikativ vazifalari tizimlashtirilib, ularning rasmiy muloqotdagi lingvistik-stilistik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida diplomatik diskurs birliklarini qiyosiy o‘rganish, tarjima va badiiy muloqot jarayonlarida qo‘llaniladigan lingvistik vositalarni tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan hamda ushbu ilmiy xulosalar seminar loyihalari, mahorat darslari va tarjimashunoslikka oid ilmiy-amaliy tadbirlarning metodologik bazasini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskursning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, diplomatik muloqotda qo‘llaniladigan lingvistik birliklarning kommunikativ funksiyalari hamda lingvomadaniy kodlarning nutqiy tuzilishga ta’siriga oid ilmiy natijalari va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Erasmus+ dasturining 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan 608413-EPP-1-2019-1-NO-EPPKA2-CBYACPALA-raqamli “Gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olishda imkoniyatlarni kengaytirish yo‘llari” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-iyundagi 01/4-2892-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik diskurs birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning kommunikativ funksiyalari aniqlangan, lingvomadaniy kodlarning birliklar tanlovi va joylashuviga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Jumladan, ingliz tilidagi “mutual respect”, “shared values” kabi formulalarning paradigmatik barqarorlashuvi hamda o‘zbek tilidagi “o‘zaro hurmat”, “ezgu hamkorlik” kabi birliklarning sintagmatik ketma-ketlikda faol qo‘llanishi asoslangan. Olingan ilmiy natijalar genderga oid rasmiy diskursni shakllantirish, kommunikativ strategiyalarni takomillashtirish hamda loyiha doirasidagi metodik materiallarni ishlab chiqishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish