Davletova Nilufar Ruzmetovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IIV Akademiyasi kursantlarining kasbiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda jangovar sambo vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2315.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Sherzod Sirlibaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.28/2025.17.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bo‘riboev Doniyor Baxtiyor o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik tayyorgarlik sikllarida stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi talaba-yoshlarni zamonaviy vositalar yordamida texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarning jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish maqsadida tashlash harakati fazalarining morfokineziologik xususiyatlariga ko‘ra Platformada tredban, Sapchish hamda Prizma trenajyorlarida bajariladigan korreksiyalovchi mashqlarni mashg‘ulotning tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlariga bosqichma-bosqich kiritish orqali texnik usullarni ikki tomonlama simmetrik bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida bellashuvlarda bilateral harakatlarni bajarishda usul tanlash reaksiyasi tezkorligini rivojlantiruvchi qo‘l panjasiga zarba berish hamda ushlab olish harakatlari yagona ketma-ketlikda mushaklarning tezkor taranglashishini muvofiqlashtirish orqali ikki tomonlama harakatlarni aniq bajarish malakasi oshirilgan;
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarda mashg‘ulot jarayonining optimal tuzilmasini shakllantirish maqsadida submaksimal shiddat zonasida kuch, chidamlilik va tezkor-kuch yo‘nalishidagi jismoniy mashqlarni texnik harakatlar bilan ketma-ket ratsional taqsimlagan holda foydalanish hisobiga organizmning aerob va anaerob yuklamalarga moslashish samaradorligi oshirilgan;
jangovar sambochi kursantlarning maxsus kuch tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida gimnastika va og‘ir atletika snaryadlarida bajariladigan mashqlardan mezo- va mikrotsikllar tuzilmasining texnik, kuch, koordinatsion hamda tiklanish yo‘nalishidagi funksional bloklarida maqsadli foydalanish hisobiga mashg‘ulot dasturining mazmuni va tayyorgarlik yo‘nalishlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IIV Akademiyasi kursantlarining kasbiy jismoniy tayyorgarligini jangovar sambo vositalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarning jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish maqsadida tashlash harakati fazalarining morfokineziologik xususiyatlariga ko‘ra Platformada tredban, Sapchish hamda Prizma trenajyorlarida bajariladigan korreksiyalovchi mashqlarni mashg‘ulotning tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlariga bosqichma-bosqich kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 03-01/04/20/12369-son dalolatnomasi). Natijada, jangovar sambo bo‘yicha jismoniy va funksional tayyorgarligi 12-14%ga oshirilgan;
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida bellashuvlarda bilateral harakatlarni bajarishda usul tanlash reaksiyasi tezkorligini rivojlantiruvchi qo‘l panjasiga zarba berish hamda ushlab olish harakatlari yagona ketma-ketlikda mushaklarning tezkor taranglashishini muvofiqlashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 03-01/04/20/12369-son dalolatnomasi). Natijada, bilateral harakatlarni bajarish tezligi 16% ga oshgan;
jangovar sambo bilan shug‘ullanuvchi kursantlarda mashg‘ulot jarayonining optimal tuzilmasini shakllantirish maqsadida submaksimal shiddat zonasida kuch, chidamlilik va tezkor-kuch yo‘nalishidagi jismoniy mashqlarni texnik harakatlar bilan ketma-ket ratsional taqsimlagan holda foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 03-01/04/20/12369-son dalolatnomasi). Natijada, aerob va anaerob imkoniyatlar 12% ga yaxshilangan;
jangovar sambochi kursantlarning maxsus kuch tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida gimnastika va og‘ir atletika snaryadlarida bajariladigan mashqlardan mezo- va mikrotsikllar tuzilmasining texnik, kuch, koordinatsion hamda tiklanish yo‘nalishidagi funksional bloklarida maqsadli foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutining jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining
2023-yil 20-noyabrdagi 03-01/04/20/12369-son dalolatnomasi). Natijada, muvozanat saqlash qobiliyati va maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 16-18%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish