Gaybulloeva Vazirabonu Shokir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalarida milliy-madaniy leksika tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.3.PhD/Fil6545.
Ilmiy rahbar: Ganieva Orzigul Xayridinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Osiyo xalqaro universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Jumaev Tursunali, filologiya fanlari doktori, professor; Nizomova Mohinur Baratboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
 II. Tadqiqotning maqsadi Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalarida qo‘llangan milliy-madaniy leksik birliklarni qiyosiy-chog‘ishtirma hamda lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish, Amerika Appalachi va o‘zbek lingvomadaniyatlariga xos milliy-madaniy xususiyatlarning lisoniy vositalar orqali ifodalanish mexanizmlarini aniqlash hamda mazkur birliklarning semantik, funksional va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi milliy-madaniy leksika qiyosiy-chog‘ishtirma lingvokulturologik aspektda tizimli tadqiq etilib, uning milliy madaniyat, urf-odat, an’ana, qadriyat, turmush tarzi, tarixiy tajriba va mentalitetni ifodalovchi lingvistik vosita sifatidagi semantik va lingvomadaniy xususiyatlari dalillangan;
Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi milliy-madaniy leksik birliklar realiya, lingvokulturema, etnografik birliklar, milliy-maishiy leksika, toponimik va antroponimik birliklar, frazeologik hamda xalqona leksik birliklar asosida tasniflanib, ularning milliy-madaniy semalari, konnotativ-baholovchi komponentlari va badiiy matnda milliy koloritni shakllantirishdagi funksional xususiyatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatiga xos milliy-madaniy leksik birliklarning umumiy va milliy-spetsifik belgilari qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil asosida aniqlanib, Jessi Styuart hikoyalarida Appalachi hududining geografik muhiti, mahalliy turmush tarzi, xo‘jalik faoliyati, diniy-axloqiy qarashlari va xalqona nutqini ifodalovchi birliklar hamda Shukur Xolmirzaev hikoyalarida o‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari, qarindoshlik munosabatlari, mahalla muhiti, milliy-maishiy hayoti va hududiy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi birliklarning lingvomadaniy tafovutlari dalillangan;
milliy-madaniy leksikaning lingvomadaniy kodlarini verbalizatsiya qilish mexanizmlari aniqlanib, uning badiiy matnda milliy o‘zlik, milliy xarakter, mentalitet va qadriyatlarni ifodalash, personajlarning ijtimoiy-madaniy mansubligini ko‘rsatish hamda milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi funksiyalari asoslangan va ingliz hamda o‘zbek lingvomadaniyatlari kesimida milliy-madaniy leksikaning qiyosiy modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi milliy-madaniy leksika tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi milliy-madaniy leksika qiyosiy-chog‘ishtirma lingvokulturologik aspektda tizimli tadqiq etilib, uning milliy madaniyat, urf-odat, an’ana, qadriyat, turmush tarzi, tarixiy tajriba va mentalitetni ifodalovchi lingvistik vosita sifatidagi semantik va lingvomadaniy xususiyatlari aniqlanganiga hamda Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi diniy leksemalarning semantik va nominativ xususiyatlarini chog‘ishtirish asosida milliy-madaniy leksikaning lingvomadaniy kodlarni verballashtirish mexanizmlari, badiiy matnda milliy o‘zlik, milliy xarakter, mentalitet va qadriyatlarni ifodalash, personajlarning ijtimoiy-madaniy mansubligini ko‘rsatish hamda milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi funksiyalari aniqlanganiga, shuningdek, ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlari kesimida milliy-madaniy leksikaning qiyosiy modeli ishlab chiqilganiga oid ilmiy natijalardan 2023–2025-yillarda amalga oshirilgan ALM-202304076-05-sonli “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026-yil 28-sentabrdagi 09/6545-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasining lingvistik asoslarini takomillashtirish, diagnostik topshiriqlar mazmunini ilmiy jihatdan asoslash hamda turli tipdagi matnlarni tanlash va ularning til xususiyatlarini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
Jessi Styuart va Shukur Xolmirzaev hikoyalaridagi milliy-madaniy leksik birliklarning realiyalar, lingvokulturemalar, etnografik birliklar, milliy-maishiy leksika, toponimik va antroponimik birliklar, frazeologik hamda xalqona leksik birliklar asosida tasniflanganiga, ularning milliy-madaniy semalari, konnotativ-baholovchi komponentlari va badiiy matnda milliy koloritni shakllantirishdagi funksional xususiyatlari asoslanganiga oid ilmiy natijalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2023–2025-yillarda amalga oshirilgan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2026-yil 30-sentabrdagi 09/632-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida milliy-madaniy leksik birliklarning qadriyatlarni ifodalovchi semantik va konnotativ-baholovchi xususiyatlari hamda badiiy matnda milliy koloritni shakllantirishdagi vazifalariga oid ilmiy asoslardan foydalanilgan;
Amerika hikoyachiligida milliy-madaniy tasvir regional muhit, mahalliy turmush tarzi, xalqona nutq, diniy-axloqiy qarashlar, oilaviy munosabatlar va etnomadaniy qadriyatlarga asoslanishi; o‘zbek hikoyachiligida milliy-madaniy mazmunning xalqona tafakkur, urf-odatlar, marosimlar, oilaviy munosabatlar, milliy xarakter, mahalla muhiti, tabiat tasviri va nutq madaniyati orqali ifodalanishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro teleradiokanali davlat muassasasining “Assalom Buxoro”, “Maxsus reportaj”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro teleradiokanali DMning 2025-yil 23-dekabrdagi 01-09-281-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiylik darajasini va tomoshabinlar uchun qiziqarliligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish