Abdimo‘minov Tog‘oynazar Abdinaxat o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning ma’danli er osti suvlaridan rekreatsiya maqsadida foydalanishning tibbiy geografik jihatlari (Surxondaryo viloyati misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Gr444.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Lutfullo Ziyodullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Nizamov Asror, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyatidagi ma’danli er osti suvlarini tibbiy-turistik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Oltinsoy tumanlari tarixiy va etnomadaniy obektlar negizida joylashgan ma’danli suvlarga (Omonxona, Xo‘jamayxona, Go‘rimbuloq, Xo‘jaipok) dam oluvchilar tashrifining mavsumiy jihatlari aniqlangan;
O‘zbekiston tibbiy geografik atlasi (4-qism) hamda “O‘zbekistonning janubiy hududlari tog‘ va tog‘oldi tumanlari rekreatsiya destinatsiyalari katalogi” tarkibida O‘zbekistonning janubiy hududlari, xususan Surxondaryo viloyatida mavjud ma’danli er osti suvlarning hududiy joylashuvi, kasalliklarni davolashga ko‘ra ixtisoslashuvi bilan bog‘liq 1:580 000 masshtabli xaritasi yaratilgan;
Surxondaryo viloyatidagi ma’danli er osti suvlarning geografik o‘rni, suv tarkibi, ular negizida barpo bo‘lgan sanatoriya va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari bilan boyitilgan “Surxondaryo viloyati ma’danli er osti suvlari” elektron platformasi ishlab chiqilgan;
ARIMA metodini qo‘llagan holda viloyatda tanlab olingan ma’danli er osti suvlari negizida shakllangan Jayronxona tibbiy reabilitatsiya va fizioterapiya markazi faoliyatining ekonometrik modeli va 2030-yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati ma’danli er osti suvlaridan rekreatsiya maqsadida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Oltinsoy tumanlari tarixiy va etnomadaniy obektlar negizida joylashgan ayrim ma’danli er osti suvlar (Omonxona, Xo‘jamayxona, Go‘rimbuloq, Xo‘jaipok va h.k)ning geografik koordinatalari, shifobaxshlik xususiyatlari, dam oluvchilar tashrifining mavsumiy xususiyatlari O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-132-sonli “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-turism” platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaga joriy qilingan (O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-132-sonli “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-turism” platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaning 2026-yil 26-fevraldagi 04/11-6599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatida mavjud ma’danli er osti suvlarni kompleks baholash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston tibbiy geografik atlasi (4-qism) hamda “O‘zbekistonning janubiy hududlari tog‘ va tog‘oldi tumanlari rekreatsiya destinatsiyalari katalogi” tarkibida tuzilgan Surxondaryo viloyati shifobaxsh buloqlarining 1:580 000 masshtabli xaritasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 4-martgi 05/08-2137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan tibbiy atlas va undagi xaritalar yordamida Surxondaryo viloyatidagi shifobaxsh buloqlarning geografik o‘rnini aniqlash hamda ulardan rekreatsiya maqsadida foydalanish imkonini bergan;
“Surxondaryo viloyati ma’danli er osti suvlari” elektron platformasi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan amaliy loyihada foydalanilgan (A-OT-2021-132-sonli “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid “i-turism” platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha 2026-yil 26-fevraldagi 04/11-6599-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, olingan ma’lumotlar asosida Surxondaryo viloyati tarixiy, ziyorat va tibbiy turizm resurslarini baholash hamda sohaga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan;
ARIMA metodini qo‘llagan holda viloyatda tanlab olingan ma’danli er osti suv negizida shakllangan Jayronxona tibbiy reabilitatsiya va fizioterapiya markazi faoliyatining ekonometrik modeli va 2030-yilgacha bo‘lgan prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yil 2-apreldagi 02-17/3471-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatidagi sanatoriyalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish, aholi salomatligini yaxshilash va tibbiy turizmni rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish