Rahimqulov Shokir Rizoevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyo manbalari asosida rux oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5236.
Ilmiy rahbar: Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.04.08.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Atanazar Reipnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xondiza koni rux saqlovchi xomashyolaridan nanozarrachali rux oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xondiza koni polimetal rudasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotatsiya usuli bilan boyitishning optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
tarkibida rux bo‘lgan konsentratni oldindan kuydirish va avtoklavda rux xlorid kislotasi bilan parchalashda ruxni eritmaga o‘tish darajasini oshirish mumkinligi aniqlangan;
rux xlorid eritmasini aralashmalardan tozalash jarayonining optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
birinchi marta o‘ta yuqori chastotali nurlanish yordamida rux xlorid va karbamid aralashmalaridan nanozarrachali rux oksidi olish imkoniyati aniqlangan;
rux xloridning tozalangan eritmalaridan rux oksidi nanozarrachalarini olishning optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
rux konsentratini nanozarrachali rux oksidi kukuniga qayta ishlash uchun texnologik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbiqi. Rux kontsentratini nanozarrachali rux oksidiga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish oid olingan ilmiy natijalar asosida:
polimetall rudasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotatsion boyitish texnologiyasi, kontsentratni dastlabki kuydirish va rux xloridi eritmasini qo‘shimcha aralashmalardan tozalash orqali ruxni ajratib olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning tajriba-sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazilgan va “Elektrokimyozavod” QK AJning istiqbolli, joriy etiladigan ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2026-yil 26 fevraldagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, flotatsiya bilan boyitilgan rux konsentratini keyinchalik qayta ishlash uchun rux xloridining tozalangan eritmasiga qayta ishlash imkoniyati yaratilgan;
tozalangan rux xlorid eritmasini o‘ta yuqori chastotali nurlanish yordamida karbamid bilan konversiya qilish va o‘ta yuqori chastotali nurlanishdan foydalanib nanozarrachali rux oksidiga aylantirish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning tajriba-sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazilgan va “Elektrokimyozavod” QK AJning istiqbolli, joriy etiladigan ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2026-yil 26 fevraldagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nanozarrachali rux oksidini ishlab chiqarish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish