Abdullaeva Dilbar Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida zoofil pashshalarining bioxilma-xilligi va ularga insektitsidlarning ta’siri», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/B1800.
Ilmiy rahbar: Kudratov Jasur Asilbekovich biologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.V.38.03.
Rasmiy opponentlar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati zoofil pashshalarining bioxilma-xilligi va bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularga insektitsidlarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatida zoofil pashshalarning zamonaviy taksonomik tarkibi aniqlanib, 14 oila, 42 avlod va 90 turdan iborat fauna shakllangani asoslangan, ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur - Sepsis flavimana aniqlangan;
ilk bor Eristalinus aeneus, Eristalinus sepulchralis, Syritta pipiens va Fannia incisurata turlarining zoofil xususiyatga ega ekani aniqlanib, ularning chorva hayvonlari chiqindilari bilan bog‘liq substratlarda doimiy uchrashi hamda chorvachilik biotoplarining muhim komponenti ekanligi asoslangan;
zoofil pashshalar faunasining ekologik strukturasi bioxilma-xillik indekslari orqali kompleks baholanib, Simpson dominantlik indeksi, va Berger–Parker indeksi faunada bir tur mutlaq ustunlik qilmasligi, Simpson xilma-xillik indeksi, Pielou tekislik indeksi va Sheldonning tekislik indeksi turlar orasida individlar taqsimoti etarlicha muvozanatlangani orqali fauna barqarorligi asoslangan;
zoofil pashshalarning biotopik taqsimlanish qonuniyatlari ochib berilib, chorvachilik fermalari ularning asosiy ekologik markazi ekanligi, bu biotoplardagi turlarining xilma-xilligi eng yuqori bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
zoofil pashshalarning ekologik guruhlar tizimlashtirilgan hamda faunaning fenologik, xorologik va trofik strukturasi ochib berilgan;
sipermetrin va sumi-alfa preparatlarining zoofil pashshalarga nisbatan yuqori (100 %) insektisid samaradorligi eksperimental ravishda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati zoofil pashshalarining bioxilma-xilligi va ularga insektitsidlarning ta’siri yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Mahalliy sumi-alfa insektoakaritsidining chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga hamda xavfli transmissiv kasalliklarning “vektor” tarqatuvchilariga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2015) tavsiyanoma va «Yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot va tuyalar ektoparazitlariga qarshi kurashish to‘g‘risida» (2016) yo‘riqnoma ishlab chiqilib, Tayloq tumanidagi “Bekat”, “Akmal Toshpo‘latovich” chorvachilik fermer xo‘jaliklari, Nurobod tumanidagi “Nurli El Chorvadori” fermer xo‘jaligi, Oqdaryo tumanidagi “Sardorbek hosili” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 07-noyabrdagi 02/23-814-son ma’lumotnomasi). Natijada zoofil pashshalarga qarshi o‘tkazilgan dezinseksiya tadbirlari tufayli ularning keskin kamayishiga erishilgan;
Zoofil pashshalarga qarshi sumi-alfa ning 0,003 %, Cypermethrin preparatining 0,015 % konsentrat emulsiyalari yuqori insektisid samara ko‘rsatishi aniqlangan va Tayloq tumanidagi “Bekat”, “Akmal Toshpo‘latovich” chorvachilik fermer xo‘jaliklari, Nurobod tumanidagi “Nurli El Chorvadori” fermer xo‘jaligi, Oqdaryo tumanidagi “Sardorbek hosili” fermer xo‘jaliklari amaliyotidga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 07-noyabrdagi 02/23-814-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik xo‘jaliklarda parazitlik qiladigan zoofil pashshalarga qarshi kurash va oldini olishning samaradorligini oshishiga erishilgan.