Nuriddinova Ziyoda Amriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aznek koni fosforitlarini qayta ishlab ekstraksion fosfor kislotasi olish texnologiyasi va texnogen chiqindilarni qayta ishlash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/T6351.
Ilmiy rahbarlar: Xurramov Navruzbek Ibraimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Qarshiev Bekzod Nosirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aznek koni fosforitlarini qayta ishlab ekstraksion fosfor kislotasi olish texnologiyasini tadbiq qilish va hosil bo‘ladigan texnogen chiqindi fosfogipsni qo‘shimchalardan tozalash hamda uning asosida bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Qizilqumda joylashgan Aznek koni fosforit rudalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sulfat kislotali qayta ishlab ekstraksion fosfor kislotasi olish mumkinligi, shuningdek, ekstraksiya jarayonining texnologik parametrlari texno-analitik ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk boyitilmagan boyitilmagan Aznek koni fosforitlarini qayta ishlashda S:Q nisbat 1:3 bo‘lganda sulfat kislotani 56% li eritmasi bilan 80% unumda ekstraksion fosfor kislotasi olingan;
fosforit xomashyosini kislotali parchalashda harorat (70-80℃), vaqt doimiyligi (60-240 daqiqa) va kislota normalari 100-120 ta’sirida mahsulot olishning optimal parametrlari aniqlangan;
fosforit rudalaridan ekstraksion fosfor kislotasi olish jarayonida chiqindi fosfogipsni qo‘shimchalardan tozalash uchun karusselli vakkum-filtrning o‘zida 1,5% li sulfat kislotasi bilan bosqichma-bosqich yuvish jarayoni ishlab chiqilgan;
boyitilmagan Aznek koni fosforitlarini kislotali qayta ishlash asosida 16% P2O5 tarkibli ekstraksion fosfor kislotasi hamda 0,56% li P2O5 tutgan fosfogips olingan;
Markaziy Qizilqum Aznek konining boyitilmagan fosforitlarini kompleks qayta ishlash asosida chiqindisiz texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aznek koni fosforitlarini qayta ishlab ekstraksion fosfor kislotasini olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aznek koni fosforitlarini qayta ishlab ekstraksion fosfor kislotasi olish usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2026-yil 10-iyundagi №02-15-02/5613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Aznek fosforit xomashyosini qayta ishlab, ekstraksion fosfor kislotasi olish imkonini bergan;
texnogen chiqindi fosfogipsni kuchsiz kislotali yuvish bilan qo‘shimchalardan tozalashning ikki bosqichli yuvish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2026-yil 10-iyundagi №02-15-02/5613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shimchalardan tozalangan texnogen chiqindi fosfogipsni sement ishlab chiqarish sanoatida klinkerga qo‘shiladigan qo‘shimcha sifatida kiritish taklif qilingan.