O‘rinov Eldor Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virus genotipiga bog‘liq holda HDV infeksiyasining klinik- laborator xususiyatlari va davoning samaradorligi» 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3344.
Ilmiy rahbar: Dolimov Toxirbek Kenjabekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Farxod Xaydarovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus genotipi va subklasterlariga bog‘liq holda HDV infeksiyasining klinik-laborator xususiyatlari va davoning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda surunkali gepatit D virusi bilan kasallangan bemorlarda HDV-1 genotipining ustuvorligi hamda uning jigar sirrozi kabi og‘ir klinik kechish shakllari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali HDV bilan kasallangan bemorlarni davolashda HBsAg serokonversiyasiga erishishning murakkabligi asoslangan;
ilk bor surunkali gepatit D (HDV) infeksiyasida HBsAg miqdoriy darajasi va HDV RNK o‘rtasida musbat korrelyasiya mavjudligi aniqlangan;
ilk bor HDV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning farzandlarida anti-HBs titrlari darajasi ularning sezilarli qismida himoyaviy immunitet uchun etarli emasligi aniqlanib, ularda revaksinatsiya va immunologik monitoring zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida berilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 03/51-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda surunkali gepatit D virusi (HDV) bilan kasallangan, genotiplash uchun tekshirilgan bemorlarda HDV-1 genotipining ustuvorligi aniqlangan hamda o‘rganilgan virus izolyatlarining filogenetik xususiyatlari tavsiflanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 13 iyundagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Surunkali del`ta gepatitda HBsAg miqdoriy darajasining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 iyuldagi 81-sonli hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 16 iyuldagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali HDV infeksiya bilan kasallangan bemorlarda HDV-1 genotip uchrashining ustuvorligi, jigar sirrozini prognozlash, jigar sirrozi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni maqsadli dinamik kuzatish va og‘ir asoratlarni erta aniqlash imkonini beradi.
Iqtisodiy samaradorligi: surunkali HDV ning og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda laborator va instrumental tekshiruvlarni klinik ko‘rsatmalarga muvofiq maqsadli ravishda o‘tkazish, ortiqcha diagnostik tekshiruvlarni kamaytirish hamda tibbiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Bu yondashuv jigar sirrozi va GSK kabi og‘ir asoratlar rivojlanishi bilan bog‘liq qo‘shimcha davolash xarajatlarini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali HDV bilan kasallangan bemorlarni davolashda HBsAg serokonversiyasiga erishish murakkabligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 13 iyundagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Surunkali del`ta gepatitda HBsAg miqdoriy darajasining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 iyuldagi 81-sonli hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 16 iyuldagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HBsAg serokonversiyasiga erishish murakkabligini inobatga olgan holda davolash samaradorligini virusologik, serologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar dinamikasi asosida kompleks baholash bemorlarni uzoq muddatli dinamik kuzatish va davolash taktikasini maqbul belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: HDV infeksiyasida virusga qarshi davolash samarasini kompleks baholash davolash sxemasini asossiz o‘zgartirish yoki erta to‘xtatish ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit D (HDV) infeksiyasida HBsAg miqdoriy darajasi va HDV RNK o‘rtasida musbat korrelyasiya mavjudligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 13 iyundagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Surunkali del`ta gepatitda HBsAg miqdoriy darajasining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 iyuldagi 81-sonli hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 16 iyuldagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HBsAg miqdoriy darajasini baholash surunkali HDV infeksiyasida virus replikatsiyasi faolligini aniqlash, davolash samaradorligini baholash va bemorlarni dinamik kuzatish imkonini beradi. Natijada kasallik kechishini nazorat qilish yaxshilanadi, jigar sirrozi va GSK kabi asoratlarni erta aniqlash va ular bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish imkoni oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: HDV RNKni PZR usulida aniqlash yuqori qiymatli tahlil bo‘lganligi sababli HBsAg miqdoriy tahlilidan virus faolligini baholashda qo‘shimcha laborator mezon sifatida foydalanish PZR tekshiruvlarini maqsadli rejalashtirish imkonini beradi. Mazkur yondashuvni qo‘llash orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 280 000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor HDV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning farzandlarida anti-HBs titrlari darajasi ularning sezilarli qismida himoyaviy immunitet uchun etarli emasligi sababli ularga revaksinatsiya va immunologik monitoring zarurati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 13 iyundagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Surunkali del`ta gepatitda HBsAg miqdoriy darajasining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 17 iyuldagi 81-sonli hamda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2025 yil 16 iyuldagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HDV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning farzandlarida anti-HBs titrini aniqlash himoyaviy immunitet etarli bo‘lmagan (anti-HBs <10 mIU/mL) bolalarni ajratish imkonini beradi. Bunday bolalarda immunologik nazorat va zaruratga ko‘ra revaksinatsiya o‘tkazilishi HBV infeksiyasining oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni maqsadli tashkil etish imkonini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Anti-HBs titrini baholash orqali revaksinatsiyaga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash vaksina va laborator tekshiruvlarni maqsadli qo‘llash imkonini beradi. Bu yondashuv himoyaviy immuniteti mavjud bolalarda ortiqcha qayta emlash holatlarini kamaytirish va profilaktika uchun ajratiladigan resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.