Mamadalieva Dildora Murodilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarida rekombinant gonadotropinlardan foydalanishni takomillashtirish.”, 14.00.01 – Akusherlik-ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.2.PhD/Tib5734.
Ilmiy raxbar: Gafurova Feruza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarida nazorat qilinadigan ovarial stimulyasiya vaqtida rekombinant gonadotropinlarni qo‘llash samaradorligini baholash va stimulyasiya protokolini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarining retrospektiv tahlili asosida avvalgi stimulyasiya sikllarida r-FSH monoterapiyasi va r-FSH+ChMG kombinatsiyasi qo‘llanilganda reproduktiv natijalarning past samaradorligi hamda stimulyasiya protokollarini optimallashtirish zarurligi isbotlangan;
turli stimulyasiya protokollarida periferik qon va follikulyar suyuqlikdagi FSG, LG va AMG konsentratsiyalari o‘rtasida ishonchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi, estradiol va progesteron ko‘rsatkichlari uchun esa bunday bog‘liqlik kuzatilmasligi isbotlangan;
r-FSH+r-LH kombinatsiyasi hamda GnRG antagonistini qo‘llash yaxshi sifatli embrionlar sonini oshirishi, shu orqali follikulogenez va oogenez jarayonlarining samaradorligini yaxshilashi isbotlangan;
bemorlarning yoshi, bepushtlik davomiyligi, ovarial rezerv holati, avvalgi muvaffaqiyatsiz ekstrakorporal urug‘lantirish urinishlari va stimulyasiya vaqtidagi gormonal ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda r-FSH+r-LH kombinatsiyasiga asoslangan individual stimulyasiya protokolini tanlash algoritmini qo‘llash yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarining reproduktiv samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlariga murojaat qilgan bepushtlik ayollarni so‘rovnoma, klinik-anamnestik, funksional, gematologik, immunoferment, sitologik, morfologik va statistik tekshiruv usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarining retrospektiv tahlili asosida avvalgi stimulyasiya sikllarida r-FSH monoterapiyasi va r-FSH+ChMG kombinatsiyasi qo‘llanilganda reproduktiv natijalarning past samaradorligi hamda stimulyasiya protokollarini optimallashtirish zarurligi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ilmiy kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №52-son bilan tasdiqlangan “Anovulyator bepushtlikda ovulyasiya induksiyasi tartiblarini qiyosiy tanlash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025-yil 2-iyuldagi 21/2-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 4-iyuldagi 100-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 3-fevraldagi №02-10-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi stimulyasiya protokollarini takomillashtirish YoRT dasturlarining samaradorligini oshirish orqali klinik homiladorlik va tug‘ruq chastotasini yaxshilashga, shuningdek bepusht nikohlarda reproduktiv natijalarni yaxshilashga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: avvalgi muvaffaqiyatsiz EKU urinishlari bo‘lgan bemorlarning boshqarishga individual yondashuv kasalxonada qolish zaruratini kamayishiga olib keldi, bu har bir bemor uchun o‘rtacha 3430079 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bemorlarning boshqarishga individual yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 3430079 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: turli stimulyasiya protokollarida periferik qon va follikulyar suyuqlikdagi FSG, LG va AMG konsentratsiyalari o‘rtasida ishonchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi, estradiol va progesteron ko‘rsatkichlari uchun esa bunday bog‘liqlik kuzatilmasligi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ilmiy kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №52-son bilan tasdiqlangan “Anovulyator bepushtlikda ovulyasiya induksiyasi tartiblarini qiyosiy tanlash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025-yil 2-iyuldagi 21/2-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 4-iyuldagi 100-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 3-fevraldagi №02-10-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: YoRT dasturlarida gormonal monitoring samaradorligini oshirish reproduktiv natijalarni yaxshilashga va bepusht nikohlarda muvaffaqiyatli homiladorlikka erishish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikning asoratli kechishi bemorlarni uzoq muddatli davolanish va statsionarda qolish zaruratiga, shuningdek, qo‘shimcha dori vositalari, reabilitatsiya va davolash tadbirlariga sarflarning ortishiga olib keldi, bu esa har bir bemor hisobiga 2670954 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: differensial diagnostika testlaridan foydalangan holda to‘liq klinik va gormonal tekshiruv har bir bemor hisobiga 2670954 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: r-FSH+r-LH kombinatsiyasi hamda GnRG antagonistini qo‘llash yaxshi sifatli embrionlar sonini oshirishi, shu orqali follikulogenez va oogenez jarayonlarining samaradorligini yaxshilashi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ilmiy kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №52-son bilan tasdiqlangan “Anovulyator bepushtlikda ovulyasiya induksiyasi tartiblarini qiyosiy tanlash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025-yil 2-iyuldagi 21/2-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 4-iyuldagi 100-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 3-fevraldagi №02-10-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: embrionlar sifatining yaxshilanishi klinik homiladorlikka erishish imkoniyatini oshirib, bepushtlik bilan bog‘liq tibbiy, ijtimoiy va psixologik muammolarni kamaytirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati qisqardi, qo‘shimcha dori vositalari, reabilitatsiya va davolash tadbirlariga bo‘lgan xarajatlar kamaydi hamda bir nafar bemor hisobiga 2670954 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tanlangan klinik va patogenetik variantga qarab ovulyasiyani stimulyasiya qilish sikliga tayyorgarlik terapiyasi tamoyillarini tadbiq qilish bir nafar bemor hisobiga 2670954 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarning yoshi, bepushtlik davomiyligi, ovarial rezerv holati, avvalgi muvaffaqiyatsiz ekstrakorporal urug‘lantirish urinishlari va stimulyasiya vaqtidagi gormonal ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda r-FSH+r-LH kombinatsiyasiga asoslangan individual stimulyasiya protokolini tanlash algoritmini qo‘llash yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarining reproduktiv samaradorligini oshirishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ilmiy kengashi tomonidan 2025-yil 26-iyunda №52-son bilan tasdiqlangan “Anovulyator bepushtlikda ovulyasiya induksiyasi tartiblarini qiyosiy tanlash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025-yil 2-iyuldagi 21/2-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 4-iyuldagi 100-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 3-fevraldagi №02-10-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: algoritmning amaliyotga tatbiq etilishi reproduktiv yoshdagi aholida bepushtlikni davolash samaradorligini oshirish, homiladorlik va tug‘ruq natijalarini yaxshilash hamda oilalarning demografik va ijtimoiy farovonligini mustahkamlashga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionarda qolish muddatini hamda reabilitatsiya tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirdi, bu esa har bir bemor hisobiga 6101033 so‘m byudjet mablag‘ini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ovulyasiya induksiyasi rejimlarini tabaqalashtirilgan tanlash uchun ishlab chiqilgan terapevtik va diagnostik taktika har bir bemor hisobiga 6101033 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish