Ganieva Saida Kozimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarini davolashga differensial yondashuv», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2443.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Shaxnoza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarini davolashga qiyosiy yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metabolik sindrom fonida o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rigan o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlarning og‘irligini aks ettiruvchi abdominal semizlik va arterial bosimning oshishi diagnostik jihatdan muhim mezonlar ekanligi asoslangan;
ilk bor endogen intoksikatsiya jarayonlarining jadallashishi (o‘rta molekulyar peptidlar darajasining oshishi) hamda ushbu ko‘rsatkichning ichak patogen va shartli patogen mikrobiotasi tarkibida Campylobacter spp., Clostridium difficile A/B, patogen E. coli, Citrobacter intermedius va Shigella spp. ning ustunlik qilishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor metabolik sindrom fonida o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rigan o‘smirlarda jigar hujayralari apoptozi markeri – sitokeratin-18 miqdorining uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlari (qondagi glyukoza, insulin, HOMA-IR) hamda jigarning sitoliz (ALT, AST) va xolestaz (ishqoriy fosfataza) fermentlari faolligi bilan o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor metabolik sindrom fonida o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rigan o‘smirlarda ichak mikrobiotasi va endogen intoksikatsiya o‘zgarishlarini bartaraf etishda maqsadli probiotik hamda enterosorbentlarni qo‘llashning yuqori klinik-laborator samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi 30/31-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlarning og‘irligini aks ettiruvchi abdominal semizlik va arterial bosimning oshishi diagnostik jihatdan muhim mezonlar ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar «Yuqumli diareya bilan bolalarda probiotiklar buyurilishiga differensial yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (RIEMYuPKIATM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 31-oktyabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 2-oktyabrdagi 127-14-207-DOP/2024-son hamda Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 30-oktyabrdagi 57-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 30/31-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda metabolik o‘zgarishlarning og‘irligini aks ettiruvchi abdominal semizlik va arterial bosimning oshishi MS bo‘lgan O‘II bilan kasallangan o‘smirlar populyasiyasi orasida noxush oqibatlarni erta bashorat qilish va ularni o‘z vaqtida korreksiyalash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar bemorlarni kasalxonaga yotqizishning birinchi kunidan boshlab kerakli klinik yondashuvni qo‘llash imkonini beradi. Bu esa davolash va bir nafar bemorga nisbatan yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali xarajatlarini 1609544,12 so‘mga tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor endogen intoksikatsiya jarayonlarining jadallashishi (o‘rta molekulyar peptidlar darajasining oshishi) hamda ushbu ko‘rsatkichning ichak patogen va shartli patogen mikrobiotasi tarkibida Campylobacter spp., Clostridium difficile A/B, patogen E. coli, Citrobacter intermedius va Shigella spp. ning ustunlik qilishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar «Yuqumli diareya bilan bolalarda probiotiklar buyurilishiga differensial yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (RIEMYuPKIATM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 31-oktyabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 2-oktyabrdagi 127-14-207-DOP/2024-son hamda Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 30-oktyabrdagi 57-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 30/31-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: etiologik agentga qarab klinik namoyon bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, infeksiyaning asoratlangan yoki atipik kechishi bo‘yicha xavf guruhini ajratish va shu bilan kasallikning kechishini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar o‘z vaqtida adekvat davolashni tayinlash, shu bilan suvsizlanishning og‘irlik darajasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradi, bu asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga xarajatlarni bir nafar bemor uchun 1609544,12 so‘mga tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda jigar hujayralari apoptozi markeri – sitokeratin-18 (SK-18) miqdorining uglevod almashinuvi (qondagi glyukoza, insulin, HOMA-IR) hamda jigarning sitoliz (ALT, AST) va xolestaz (IF) fermentlari faolligi bilan o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar «Yuqumli diareya bilan bolalarda probiotiklar buyurilishiga differensial yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (RIEMYuPKIATM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 31-oktyabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 2-oktyabrdagi 127-14-207-DOP/2024-son hamda Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 30-oktyabrdagi 57-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 30/31-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda SK-18 miqdorining uglevod almashinuvi hamda jigarning sitoliz va xolestaz fermentlari faolligi bilan o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqligi, kam invaziv usullar bilan o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va patogenetik asoslangan davolashni tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SK-18 ko‘rsatkichlarini qo‘llash natijalari shu bilan tashhislash (jigarning ultra tovush tekshiruvi (UTT), fibroelastometriya va biopsiyasi) uchun sarflanadigan xarajatlarni, dismetabolik o‘zgarishlarni muvofiqlashtirish va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1609544,12 so‘mni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda ichak mikrobiotasi va endogen intoksikatsiya o‘zgarishlarini bartaraf etishda maqsadli probiotik hamda enterosorbentlarni qo‘llashning yuqori klinik-laborator samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar «Yuqumli diareya bilan bolalarda probiotiklar buyurilishiga differensial yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (RIEMYuPKIATM Ilmiy kengashi yig‘ilishining 2024 yil 31-oktyabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur takliflar Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 2-oktyabrdagi 127-14-207-DOP/2024-son hamda Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024 yil 30-oktyabrdagi 57-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 2-dekabrdagi 30/31-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindrom fonida O‘II bilan og‘rigan o‘smirlarda maqsadli probiotik va sorbent terapiyasini o‘z vaqtida tayinlash, organizm intoksikatsiyasini kamaytirish hamda ichak mikrobiotasini qisqa muddatlarda samarali tiklash imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: probiotiklar va enterosorbentlarni qo‘llagan holda O‘II kompleks terapiyasini o‘tkazish natijalari davolanishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, kasalxonada qolish muddati va reabilitatsiya davrini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1609544,12 so‘mni tejash imkonini beradi.