Axmedova Kumush Shaxobiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Piroliz distillyatidan suyuq yonilg‘i olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6337.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Ochilov Abdurahim Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazni qayta ishlash korxonalarining texnologik jarayonlaridan ajralib chiqayotgan piroliz distillyatidan suyuq yonilg‘i olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz distillyatini gidrirlash, gidrotozalash va rektifikatsiya qilish orqali 58% gacha benzin fraksiyasi olishga erishilgan hamda benzin fraksiyasi olishning yangi texnologik sxemasi ishlab chiqilgan, jarayonning moddiy va iqtisodiy balansi hisoblangan;
piroliz distillyatini laboratoriya sharoitida gidrirlash jarayoni uchun xom-ashyo va Pd/C katalizatori nisbatining 12:1, gidrotozalash jarayoni uchun esa xom-ashyo va AlCoMo katalizatori nisbatining 10:1 bo‘lishi eng maqbul ekanligi tajribalar asosida aniqlangan;
piroliz distillyatini gidrirlash jarayoni uchun vodorod saqlovchi gaz (VSG) bosimi 3 MPa, harorat 150°C va jarayon davomiyligi 180 daqiqa; gidrotozalash jarayoni uchun esa VSG bosimi 3-4 MPa, harorat 420°C, sirkulyasiya koeffitsienti 200 nm³/m³ va jarayon davomiyligi 180 daqiqa eng maqbul sharoit ekanligi aniqlangan;
olingan gidrogenizat tarkibida oltingugurt miqdori 9,24% dan 0,04% gacha, azot miqdori esa 7,4% dan 0,05% gacha kamayishi element tahlil natijalari bilan tasdiqlangan;
gidrogenizat tarkibining o‘zgarishi GX-MS tahlili asosida aniqlanib, alkanlar miqdori 1,4% dan 37% gacha oshgani, alkenlar 13,33% dan 5,8% gacha, alkin va dienlar esa 26,29% dan 4,54% gacha kamaygani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piroliz distillyatini qayta ishlash jarayonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piroliz distillyatini gidrirlash, gidrotozalash va rektifikatsiya qilish usuli “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” ning “2026-2028 yillarda amaliyotga tadbiq etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” ning 15.01.2026 dagi № P02/EM-37 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, piroliz distillyatini gidrotozalash jarayoni AKM katalizatori ishtirokida o‘tkazilgandan so‘ng distillyat tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,04% gacha, azot miqdori 0,05% gacha sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi;
piroliz distillyatidan suyuq yonilg‘i olish texnologiyasi “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” da 2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yhatiga kiritilgan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” ning 15.01.2026 dagi № P02/EM-37 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiya asosida 58% gacha 130⁰C haroratda benzin fraksiyasi ajratib olish imkonini beradi.