Yavminova Nafisa Mashrobjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillariadgi materialshunoslik sohasiga oid terminlarining qiyosiy semantik-struktur tahlili”, 10.00.13 Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6646.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Muhammadjon Abduvaliev, filologiya fanlari doktori, professor; Xurshid Sarimsaqov, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universitetini
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi Ingliz va o‘zbek tillaridagi materialshunoslik sohasiga oid terminlarning qiyosiy va struktur-semantik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikning aniqlik, ustuvorlik, variantlilik tamoyillari asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi materialshunoslik sohasiga oid terminlarning diaxron va sinxron jihatlari ochib berilib, terminologik tizimlarning qadimgi davr, o‘rta asrlar va XIX asr inqilob davrlari kabi tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi materialshunoslik sohasiga oid terminlarning semantik, strukturaviy va derivatsion xususiyatlari ochib berilib, terminlarni tartibga solish, standartlashtirish, izchillik hamda tushunarlilik tahlili natijasida asoslangan;
materialshunoslik sohasiga oid ingliz va o‘zbek tillaridagi terminlarining adekvat, tavsifiy va aniqlik tamoyillari asosida terminlarning bir ma’noligi, variantlilik hodisasi kabi semantik tizimi hamda terminlarning miqdoriy statistik ko‘rsatkichi aniqlangan;
sohaga oid terminlarning lingvistik xususiyatlari ochilib, soha terminlarining o‘zlashishi variyantlilik uslubiy yondoshuvi asosida amalga oshirilganligi, terminlarning kommunikativ va funksional xususiyatlari qisqalik hamda neytrallik mezonlari asosida amalga oshganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Materialshunoslik sohasi terminlarining struktur-semantik xususiyatlarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida;
materialshunoslik terminlarining leksik-semantik, struktur-semantik hamda funksional xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, ularning ichki va tashqi omillar asosida boyish yo‘llari, tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari, hamda derivatsion xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Mazkur ilmiy xulosa va natijalalaridan sohaviy ilmiy izlanishlarni nazariy ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy xulosalari va amaliy tavsiyalaridan Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2022-2023 yillarda amalga oshirilgan “EMI (English as a Medium of Insruction)” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2025-yil 2-fevraldagi 2540-025-son ma’lumotnomasi). Natijada materialshunoslik sohasiga doir terminlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik-semantik, funksional xususiyatlarini tilshunoslik nuqtayi nazaridan aniqlash, soha terminologiyasi leksik jihatdan boyib borishi, har ikki tilga boshqa tillardan o‘zlashgan materiashunoslik sohasiga oid terminlarning mazkur tillarga kirib kelishi va o‘zlashishining madaniy, ijtimoiy, hududiy omillarini yoritish, mavjud muammolarni aniqlashga doir ilmiy xulosalarga kelingan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi materialshunoslik terminlarining ensiklopedik hamda izohli lug‘atlardagi ifodalanishi leksikografik jihatdan tahlil qilinib, terminlarning statistik tavsifi hamda ilmiy-nazariy xulosalaridan Milliy teleradiokompaniyaning “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada dastur materialshunoslik terminologiyasiga oid ilmiy va metodik ma’lumotlar bilan boyitilgan. Mazkur dissertatsiyada materialshunoslik sohasiga oid terminlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi struktur-semantik xususiyatlari, terminlarning shakllanishi, ularning lingvistik tizimdagi o‘rni hamda tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usullar ilmiy jihatdan ochib berilgan. Mazkur tadqiqot materiallari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati radio kanali muharriri Yavminova Nafisa tomonidan tayyorlangan radioeshittirishlarning ilmiy mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2026 yil 3 apreldagi 05-09-592-son ma’lumotnoma). Tadqiqot natijasida olingan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy xulosalar, terminologik birliklarning qiyosiy tahlili jarayoniga oid ilmiy tavsiyalar radioeshittirishlarning mazmun-mohiyatini boyitish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish hamda texnik terminologiya masalalarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
materialshunoslik sohasiga oid ingliz va o‘zbek tillaridagi terminlarining adekvat, tavsifiy va aniqlik tamoyillari asosida terminlarning bir ma’noliligi, variantlilik hodisasi kabi semantik tizimi hamda terminlarning miqdoriy statistik ko‘rsatkichi aniqlanganligi, sohaga oid terminlarning lingvistik xususiyatlari ochilib, soha terminlarining o‘zlashishi variyantlilik uslubiy yondoshuvi asosida amalga oshirilganligi, terminlarning kommunikativ va funksional xususiyatlari qisqalik hamda neytrallik mezonlari asosida amalga oshganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan 2025–2026-yillarda amalga oshirilgan “ERASMUS+ Project n. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa University and Namangan State Institute of Foreign Languages” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan. (2024-1-IT02-KA171-UNIPI/NamSIFL-0100 2026. 19.10). Natijada texnik va ilmiy matnlarni tahlil qilish, terminlarning adekvat ekvivalentlarini tanlash, ko‘p komponentli terminlarni izohlash hamda kasbiy kommunikatsiyada terminlardan to‘g‘ri foydalanishga oid metodik tavsiyalar yaratildi. Mazkur ilmiy xulosalar talabaning kasbiy xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirish, ilmiy-texnik matnlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, materialshunoslik sohasida terminologik birliklardan standard va izchil foydalanishni ta’minlashga xizmat qilgan.