Nasimova Muattar Xasanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini “Task-based” ta’lim texnologiyasi asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10170.
Ilmiy rahbar: Boltakulova Gulnoza Farruxovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nurjamol Normatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalarining ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini “Task-based” ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ingliz tilidagi og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ-adaptiv model kommunikativ-faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilib, uning psixolingvistik-regulyativ komponentida talabaning nutq hosil qilish jarayonini o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali boshqaruvchi metakognitiv regulyasiya mexanizmi dinamik-uzviy tarzda asoslangan;
Task-Based Language (TBL) texnologiyasining nazariy evolyusiyasi komparativ-tarixiy rekonstruksiya asosida qayta tahlil qilinib, uning klassik kommunikativ yondashuvdan vazifaga yo‘naltirilgan kognitiv-diskursiv paradigmaga o‘tish traektoriyasi talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlarni aniqlashtiruvchi omil sifatida strukturaviy-dinamik tarzda nazariy dalillangan;
talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasi shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi psixolingvistik omillar diagnostik tahlil asosida psixometrik-differensial tarzda aniqlanib, ularning nutqiy faoliyatga “kommunikativ tormozlanish” mexanizmi orqali ta’sir etish qonuniyati darajaviy mezonlar tizimi hamda ishonch indikatorlari vositasida korrelyasion-diagnostik tarzda ilmiy asoslab berilgan;
oliy ta’limda vazifaga asoslangan til o‘qitish texnologiyasini joriy etishning konseptual-adaptiv mexanizmi ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi va individual ehtiyojlarini diagnostik aniqlash asosida differensial-adaptiv tarzda takomillashtirilib, o‘quv vazifalarining ta’lim oluvchilar imkoniyatlariga moslashuvchanlik qonuniyati adaptiv mezonlar tizimi asosida ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini “Task-based” ta’lim texnologiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ingliz tilidagi og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ-adaptiv model kommunikativ-faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilib, uning psixolingvistik-regulyativ komponentida talabaning nutq hosil qilish jarayonini o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali boshqaruvchi metakognitiv regulyasiya mexanizmi dinamik-uzviy tarzda asoslanganligi haqidagi xulosalari “Contemporary Approaches to Pedagogical Mastery” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kengashining 4-iyun 2026-yil 11-sonli qarori, guvohnoma raqami 677). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ingliz tilidagi og‘zaki nutq kompetensiyasining lingvistik-produksion, psixolingvistik-regulyativ, kommunikativ-pragmatik, kognitiv-refleksiv komponentlari aniqlanishiga erishilgan;
Task-Based Language (TBL) texnologiyasining nazariy evolyusiyasi komparativ-tarixiy rekonstruksiya asosida qayta tahlil qilinib, uning klassik kommunikativ yondashuvdan vazifaga yo‘naltirilgan kognitiv-diskursiv paradigmaga o‘tish traektoriyasi talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlarni aniqlashtiruvchi omil sifatida strukturaviy-dinamik tarzda nazariy dalillanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan, Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 19-iyundagi 2297/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning faolligini ta’minlash, ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, muammoni hal qilish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, liderlik qobiliyatini rivojlantirish, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish hamda kommunikativ kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasi shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi psixolingvistik omillar diagnostik tahlil asosida psixometrik-differensial tarzda aniqlanib, ularning nutqiy faoliyatga “kommunikativ tormozlanish” mexanizmi orqali ta’sir etish qonuniyati darajaviy mezonlar tizimi hamda ishonch indikatorlari vositasida korrelyasion-diagnostik tarzda ilmiy asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2025-yillarda Germaniyaning Gumboldt universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Erasmus+ International KA107 Credit Mobility, Key Action 1: Mobility for Learners and Staff – Higher Education Student and Staff Mobility” xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 6-apreldagi 04/1-1842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini psixolingvistik jihatdan optimallashtirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish hamda kommunikativ faoliyat sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;
oliy ta’limda vazifaga asoslangan til o‘qitish texnologiyasini joriy etishning konseptual-adaptiv mexanizmi ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi va individual ehtiyojlarini diagnostik aniqlash asosida differensial-adaptiv tarzda takomillashtirilib, o‘quv vazifalarining ta’lim oluvchilar imkoniyatlariga moslashuvchanlik qonuniyati adaptiv mezonlar tizimi asosida ilmiy asoslab berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokanali “Radiointervyu” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokanalining 2026-yil 14-apreldagi 01-07/127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishgagina emas, balki muammoni aniqlash, echim topish va mustaqil qaror qabul qilish kabi hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham amaliy yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish