Bolbekova Ug‘iloy Jaloliddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishda “shadowing” ta’lim texnologiyasidan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6327.
Ilmiy rahbar: Normatova Nurjamol Normatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Davronova Fotima Pirnazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “shadowing” ta’lim texnologiyasidan samarali foydalanish orqali ingliz tili yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq komretensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
„Shadowing“ texnologiyasining lingvodidaktik-psixolingvistik mexanizmi „fonologik persepsiya → kognitiv kodlash → artikulyasion reproduksiya → prosodik avtomatlashtirish → refleksiv korreksiya“ ketma-ketligida samaradorlikni ta’minlashi asoslangan;
o‘quv materiallarining leksik-grammatik va prosodik murakkablik darajasi, mashqlarning ketma-ketligi, takrorlash jadalligi va teskari aloqani talabalarning individual o‘zlashtirish darajasi asosida bosqichma-bosqich moslashtirishga asoslangan adaptiv metodika parametrik-moslashuvchan tarzda takomillashtirilgan;
og‘zaki nutqdagi fonetik, prosodik va kommunikativ xatolarni kompleks diagnostika qilish, rivojlanish dinamikasini uzluksiz monitoring va mezonli baholash asosida boshqarishni ta’minlovchi elektron o‘quv-metodik ta’minot sun’iy intellektga asoslangan avtomatik tahlil va individual profillashtirish funksiyalarini o‘zida mujassam etgan modulli-avtomatlashtirilgan tizim sifatida ishlab chiqilgan;
zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar vositasida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan, motivatsion-faollashtirish, imitativ-reproduktiv, kommunikativ-transformatsion va refleksiv-baholash bosqichlaridan iborat to‘rt bosqichli didaktik tizim ishlab chiqilib, talabalarning nutqiy faolligini tabiiy muloqot sharoitida rivojlantiruvchi ijtimoiy-interaktiv platforma sifatida samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar ingliz tili yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq komretensiyasini rivojlantirishda “shadowing” ta’lim texnologiyasidan foydalanish bo‘yisha quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etildi:
„Shadowing“ texnologiyasining lingvodidaktik-psixolingvistik mexanizmi „fonologik persepsiya → kognitiv kodlash → artikulyasion reproduksiya → prosodik avtomatlashtirish → refleksiv korreksiya“ ketma-ketligida samaradorlikni ta’minlashi asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2025-2026 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Evropa ittifoqining Erasmus + KA171 doirasida 2025-2026 yillarda bajarilgan “Exchange Programme for International Mobility with Koszalin University of Technology” nomli xalqaro loyihada tadbiq etilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 6-maydagi 04/11-11556-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilari “shadowing” texnologiyasini interaktiv va jonli yondashuv asosida muvaffaqiyatli qo‘llash orqali nafaqat xatosiz talaffuz qilish, balki og‘zaki nutqning boshqa komponentlari, jumladan, nutq tezligi, ravon gapirish va intonatsiyani rivojlantirishga erishilgan;
o‘quv materiallarining leksik-grammatik va prosodik murakkablik darajasi, mashqlarning ketma-ketligi, takrorlash jadalligi va teskari aloqani talabalarning individual o‘zlashtirish darajasi asosida bosqichma-bosqich moslashtirishga asoslangan adaptiv metodika parametrik-moslashuvchan tarzda takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy natijalar asosida amalda mashq qilish namunalari SUZ-800-21GR- 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida amalga oshirilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 9-iyuldagi 04/3158-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning og‘zaki nutq komretensiyasini amalda mashq qilish, yangi so‘zlarni eslab qolish va grammatik bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
og‘zaki nutqdagi fonetik, prosodik va kommunikativ xatolarni kompleks diagnostika qilish, rivojlanish dinamikasini uzluksiz monitoring va mezonli baholash asosida boshqarishni ta’minlovchi elektron o‘quv-metodik ta’minot sun’iy intellektga asoslangan avtomatik tahlil va individual profillashtirish funksiyalarini o‘zida mujassam etgan modulli-avtomatlashtirilgan tizim sifatida ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalar va ishlab chiqilgan amaliy mashqlardan “ENGLISH” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan va amaliyotga joriy etilgan (Samarqand iqtisod va servis institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, “shadowing” ta’lim texnologiyasining kategoriyalash strategiyalari asosida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus video mashqlar va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi ta’minlangan;
zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar vositasida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan, motivatsion-faollashtirish, imitativ-reproduktiv, kommunikativ-transformatsion va refleksiv-baholash bosqichlaridan iborat to‘rt bosqichli didaktik tizim ishlab chiqilib, talabalarning nutqiy faolligini tabiiy muloqot sharoitida rivojlantiruvchi ijtimoiy-interaktiv platforma sifatida samaradorligi asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1198-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleradioeshittiruv mazmuni talabaga yo‘naltirilgan, “shadowing” asosida tinglab tushunish va nutqni takrorlash jarayonlarini birgalikda tashkil etish imkoniyati yaratildi hamda ushbu yondashuvni interaktiv usullar bilan qo‘llash orqali til o‘rganish samaradorligi oshib, talabalarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati keng jamoatchilikka tushunarli tarzda targ‘ib qilingan.