Alijonova Sevara Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jahon essenavisligining o‘zbek publitsistikasiga ta’siri”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4908.
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Nazira Kurbonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Xurshid Do‘stmuhammad, filologiya fanlari doktori, professor; Zuhriddin Isomiddinov, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon publitsistikasi va essenavisligi ta’sirida o‘zbek essenavisligining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini xorijiy va milliy tajribalar asosida tahlil qilish, nazariy-metodologik asoslari hamda zamonaviy publitsistikada tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arb hamda Sharq esse modellaridagi davrlashtirilgan va boshqa adabiy-publitsistik janrlarda aniqlangan farqlarga tayanib, essening polifunksional hamda erkin tabiati zamonaviy janrlar tizimida metajanr xarakterini namoyon etishi dalillangan;
esse janri dinamikasini diaxron tahlili natijasida janrning transformatsiyasi va klassifikatsiyasi publitsistika va ijtimoiy fanlar kesimida evolyusiyaga uchragani isbotlangan;
jahon va o‘zbek essenavisligida “men” obrazidagi tafovutiy qarashlar tahlilida close reading, misreading va germenevtika metodlari aniqlangan;
zamonaviy esse namunalarini o‘rganishda raqamli publitsistika transformatsiyasi narrativ-shaxsiy tajriba formatlarida, blog, longrid, fotoesse, videoesse, kinoesse va veb-esse ko‘rinishlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek publitsistikasida essenavislikning shakllanishi va taraqqiyot tendensiyalarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
G‘arb va Sharq esse modellaridagi davrlashtirilgan va boshqa adabiy-publisistik janrlarga nisbatan farqlariga tayanib, essening polifunsional va erkin tabiati zamonaviy janrlar tizimida metajanr xarakterini namoyon etishi xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi “Jahon adabiyoti” materiallarini tayyorlash va tahrir qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 8-maydagi 01-03/190-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalar transformatsiya sharoitida tahririyatning publitsistik materiallarini sifat jihatidan boyitish, muharrir hamda ijodiy xodimlariga zamonaviy esse namunalari tahriri haqida bilimlarga yordam bergan;
esse janri dinamikasini diaxron yondashuv orqali tahlil qilish natijasida uning o‘ziga xosligi, ta’rifi, transformatsiyasi va klassifikatsiyasi muayyan vaqt va makon bilan cheklanmagani, aksincha doimiy yangilanib, turli ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarga moslashib borgan universal janr ekani xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligidagi “Hurriyat” gazetasi va uning sayti materiallarini tayyorlash va tahrir qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 14-maydagi 01-18/148-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalar nashrning janrlar palitrasi va ko‘lamini kengaytirish, muharrir va ijodiy xodimlarga auditoriyani jalb qilish yo‘llari haqida bilimlar berish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
publisistikada ilk bor esse janri close reading, misreading va germenevtika metodlari orqali tahlil qilish orqali jahon va o‘zbek essenavisligidagi “men” obrazi xususidagi qarashlar va ularni namoyon qilish vositasida farqlar mavjudligi xususidagi xulosalari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligidagi “Vatan” jurnali materiallarini tayyorlash va tahrir qilishda foydalanil gan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2026-yil 14-maydagi BM-01/606-sonli ma’lumotnoma). Natijada ushbu metodlar vositasida nashrda chop etiluvchi esse va boshqa badiiy-publitsistik materiallarni sifat va saviya jihatdan o‘sishi hamda xodimlar mahorat va malakasini oshirishda mahorat maktabi vazifasini o‘tagan.
zamonaviy esse namunalarini o‘rganishda raqamli publitsistika transformatsiyasi narrativ-shaxsiy tajriba formatlarida, blog, longrid, fotoesse, videoesse, kinoesse va veb-esse ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi xususidagi xulosalari O‘zbekiston Milliy axborot agentligining www.uza.uz sayti materiallarini tayyorlash va yangicha yondashishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2026-yil 14-maydagi 01-23/513-son ma’lumotnomasi). Natijada Milliy axborot agentligi tomonidan yaratiladigan media kontentlar ga essening ushbu yangi format va ko‘rinishlarini amaliyotga tatbiq etishda yordam bergan.