Alieva Shaxnoza Abduaziz qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “OAVda zamonaviy PR-ta’sir texnologiyalari (milliy va xorijiy ixtisoslashgan nashrlar misolida)” 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5869. 
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Nazira Kurbanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston   jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Amanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mahmudova Xushnoza Ravshanbekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot va sog‘lomlashtirish mavzusidagi ixtisoslashgan nashrlar misolida matbuotda zamonaviy PR-ta’sir texnologiyalarini kompleks tadqiq etish, milliy va xorijiy gazeta va jurnallarda PR-ta’sir usullari va taktikalarini qo‘llash amaliyotini qiyosiy tahlil qilish, auditoriyaga ta’sir kontekstida PR-vositalar arsenalini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
milliy va xorijiy tadqiqotlarda “PR-ta’sir” tushunchasining ta’rifi OAV faoliyatiga nisbatan mos kelmasligi aniqlanib, PR-ta’sir o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, jamoatchilik fikrini boshqarish, ichki va tashqi muhitga moslashish, ijobiy imijni yaratishda maqsadli auditoriyasiga qaratilgan kommunikatsion harakat ekanligi isbotlangan;
O‘zbekiston va xorijiy tibbiyot nashrlarida PR-ta’sir texnologiyalarining o‘ziga xosliklari aniqlanib, formatli aksentlar, yuqori kognitiv jalb etilganlik (MAO Model), hikoyaga “sho‘ng‘ish” effekti (Narrative Transportation), gibrid modellar singari reklama va tashviqot, ratsional-mantiqiy ta’sir usullarini tatbiq etish zarurati dalillangan;
tibbiyotga ixtisoslashgan nashrlarda PR-ta’sirning mobil ilovalar, lid-magnitlar, kollaboratsiya, “virusli muharrir”, akkauntni interfaollashtirish multimediaviy va SMM-faoliyat texnologiyalari; anime, taymlayn kabi vizuallashtirish vositalarini milliy tibbiyot PRga integratsiya qilish algoritmlari asoslangan; 
lisoniy va uslubiy o‘ziga xosliklar maqolalarning tonalligini belgilashi, qadriyatlar shkalasi, baholovchi iboralar, ideologema, muallif obrazi singari invariativ jihatlar bilan PR-materiallarning hissiy, mantiqiy, vizual ta’sirini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. OAVda zamonaviy PR-ta’sir texnologiyalari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Milliy va xorijiy tadqiqotlarda “PR-ta’sir” tushunchasining ta’rifi OAV faoliyatiga nisbatan mos kelmasligi aniqlanib, PR-ta’sir o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, jamoatchilik fikrini boshqarish, ichki va tashqi muhitga moslashish, ijobiy imijni yaratishda maqsadli auditoriyasiga qaratilgan kommunikatsion harakat ekanligi isbotlanganiga doir xulosalardan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining DW Akademie va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) ko‘magida o‘tkazilgan 21/8-MAP-4763-son “Media School Uzbekistan” (2025-yil) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining 2026- yil 29-yanvardagi 16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mediamaktab ishtirokchilari uchun tashkil etilgan treninglar va modullar orasida nazarda tutilgan masofaviy o‘quv kurslari mazmunan boyitildi, Mediamaktab bitiruvchilari yaratayotgan kontentning sifati, maqsadli yo‘nalganligi, auditoriya tahlili, kontent boshqaruvi va uni turli platformalarda ilgari surish jarayonlari sezilarli takomillashgan. 
O‘zbekiston va xorijiy tibbiyot nashrlarida PR-ta’sir texnologiyalarining o‘ziga xosliklari aniqlanib, formatli aksentlar, yuqori kognitiv jalb etilganlik (MAO Model), hikoyaga “sho‘ng‘ish” effekti (Narrative Transportation), gibrid modellar singari reklama va tashviqot, ratsional-mantiqiy ta’sir usullarini tatbiq etish zarurati dalillanganiga oid xulosalar “Simurg Med” axborot xizmati faoliyatida qo‘llanildi (“Simurg Med” MChJning 2026-yil 2-apreldagi 11/3a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Semurg Med”ning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda hamkor nashrlar uchun tayyorlanadigan materiallar sifati va salmog‘ini oshirishga xizmat qilgan.
Tibbiyotga ixtisoslashgan nashrlarda PR-ta’sirning mobil ilovalar, lid-magnitlar, kollaboratsiya, “virusli muharrir”, akkauntni interfaollashtirish multimediaviy va SMM-faoliyat texnologiyalari; anime, taymlayn kabi vizuallashtirish vositalarini milliy tibbiyot PRga integratsiya qilish algoritmlari asoslanganiga oid xulosalar “Shifo-info” nashri faoliyatiga tatbiq etildi (“Pravo Press” MChJning 2026-yil 8-iyundagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada nashrning onlayn muhitda faoliyati takomillashtirildi, tahliliy kontent vizual va interfaol komponentlar bilan boyitildi, nashr xodimlarining multimediaviy texnologiyalar, SMM-faoliyat texnikalari, vizuallashtirish vostalari bilan ishlash malakalari oshgan.  
Lisoniy va uslubiy o‘ziga xosliklar maqolalarning tonalligini belgilashi, qadriyatlar shkalasi, baholovchi iboralar, ideologema, muallif obrazi singari invariativ jihatlar bilan PR-materiallarning hissiy, mantiqiy, vizual ta’sirini oshirishga xizmat qilishi isbotlanganiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining loyihalari va mutaxassislar uchun seminar-treninglarda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining 2026-yil 2-iyundagi 01-18/166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi PR-mutaxassislar va ixtisoslashgan nashrlar jurnalistlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarlari va ijodiy uchrashuvlarda PR-mutaxassislar va jurnalistlarning materiallarni tayyorlashda etika masalalariga rioya qilishlari ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi, PR mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlanadigan PR-materiallar sifati, lisoniy vositalar yordamida ta’sir texnologiyalaridan foydalanishda mahoratlari oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish