Nomanova Ma’rifat Abdillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘ularini milliy qahramon obrazlari vositasida rivojlantirish metodikasi” (tarix darslari misolida), 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.01.DSc/Ped0432.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qoraev Samaridin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professori; Babashev Farxad Aytmuratovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish imkoniyatlari jarayon tuzilmasining tarkibiy komponentlarini hissiy-emotsional, aksiologik-funksional va amaliy-faoliyatli ko‘rsatkichlar natijasiga mazmunan uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarga mos shakllangan o‘z vatani va xalqiga sodiqlikni ob’ektiv baholash mezonlarini istiqbolli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish jarayoni milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi, ajdodlar mehnati va qahramonligini ulug‘lash hamda umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasining kognitiv va hissiy, ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligi bilan transformatsiyalashishiga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli muammoli ma’ruza, keys, interfaol mashqlar va treninglar ta’sirchanligini ta’lim maqsadlariga uyg‘un rivojlantirish hamda dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar natijadorligini bosqichma-bosqich kengaytirib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mazmuni real vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonlari kooperativ tarzda amalga oshirish, “shaxs - vatanparvar o‘quvchi” konserti qamrovini muntazam kengaytirib borish hamda vatanparvarlikni rivojlantiruvchi ehtiyoj va kognitiv faollik motivatsiyalarini shaxsiy xususiyatlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish imkoniyatlari jarayon tuzilmasining tarkibiy komponentlarini hissiy-emotsional, aksiologik-funksional va amaliy-faoliyatli ko‘rsatkichlar natijasiga mazmunan uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarga mos shakllangan o‘z vatani va xalqiga sodiqlikni ob’ektiv baholash mezonlarini istiqbolli aniqlashtirishga oid takliflar “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi №55200-55-sonli buyrug‘iga asosan). Natijada, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga doir didaktik ta’minotni takomillashuviga erishilgan.
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish jarayoni milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi, ajdodlar mehnati va qahramonligini ulug‘lash hamda umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasining kognitiv va hissiy, ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligi bilan transformatsiyalashga oid takliflar “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 6 oktyabrdagi №-392 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda o‘z Vatanidan g‘ururlanish hissi, ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni rivojlantirish, ona yurt va makonga aksiologik munosabatni tarkib toptirish, tug‘ilib o‘sgan davlati ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatish, faol fuqarolik kompotetntligini shakllantirish, turli axboriy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish kompetensiyalarining me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan.
milliy qahramon obrazlari orqali ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli muammoli ma’ruza, keys, interfaol mashqlar va treninglar ta’sirchanligini ta’lim maqsadlariga uyg‘un rivojlantirish hamda dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar natijadorligini bosqichma-bosqich kengaytirib borishga ustuvorlik berishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 14 yanvardagi 02-12-190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining milliy qahramon obrazlari vositasida tarix fanida vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllantirishga xizmat qilgan;