Isroilova Navbahor Nurillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilarida kreativ kompetentlikni neyropedagogik texnologiyalar yordamida shakllantirishning nazariy asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10673.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdimurotov Oybek Uralovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda neyropedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlash va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreativ kompetentlik tushunchasining asosiy komponentlari va ularning baholash mezonlari pedagogik faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish va kognitiv qobiliyatlarni ta’lim jarayoniga neyropedagogik texnologiyalar vositasida adaptiv o‘qitish mexanizmlari orqali integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
neyropedagogik texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning nazariy asoslari kognitiv neyroilmlar va innovatsion ta’lim metodlarini sintez qilish hamda adaptiv pedagogik modellarni ta’lim muhitida qo‘llashning amaliy mexanizmlarini individual o‘qitish strategiyalari asosida rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
kreativ kompetentlikni rivojlantirishning neyropedagogik yondashuv va texnologiyalari ko‘p sensorli o‘qitish usullari va adaptiv ta’lim platformalarini interaktiv ta’lim muhitiga tatbiq etish mexanizmlarini neyrofiziologik monitoring va kognitiv tahlil orqali tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan;
neyropedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning usul va yo‘llari metakognitiv strategiyalarni neyropsixologik o‘qitish usullariga innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish metodlarini qo‘llash orqali differensiatsiyalangan ta’lim modeliga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neyropedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning kreatik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish va kognitiv qobiliyatlarni ta’lim jarayoniga neyropedagogik texnologiyalar vositasida adaptiv o‘qitish mexanizmlari orqali integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan kreativ kompetentlik tushunchasining asosiy komponentlari va ularning baholash mezonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 27-martdagi 04/11-8474-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ kompetentlikni shakllantirish va o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun neyropedagogik o‘qitish texnologiyalariga asoslangan metodik qo‘llanma ishlab chiqishga xizmat qilgan;
 kognitiv neyroilmlar va innovatsion ta’lim metodlarini sintez qilish hamda adaptiv pedagogik modellarni ta’lim muhitida qo‘llashning amaliy mexanizmlarini individual o‘qitish strategiyalari asosida rivojlantirish orqali takomillashtirilgan neyropedagogik texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning nazariy asoslari borasidagi xulosalar “Ta’limda innavatsion axborot va pedagogik texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan № 537508 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, kognitiv neyroilmlar va pedagogik psixologiya asosida o‘quvchilarning tanqidiy tahlil qilish, muammolarga ijodiy yondashish va bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘qitish modellarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ko‘p sensorli o‘qitish usullari va adaptiv ta’lim platformalarini interaktiv ta’lim muhitiga tatbiq etish mexanizmlarini neyrofiziologik monitoring va kognitiv tahlil orqali tatbiq etish asosida aniqlashtirilgan kreativ kompetentlikni rivojlantirishning neyropedagogik yondashuv va texnologiyalari, metakognitiv strategiyalarni neyropsixologik o‘qitish usullariga innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish metodlarini qo‘llash orqali differensiatsiyalangan ta’lim modeliga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan neyropedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning usul va yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan “Ta’limda innavatsion axborot va pedagogik texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan № 537508 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijodiy kompetentlikni shakllantirish va ularning mantiqiy-tahliliy qobiliyatlarini oshirish maqsadida adaptiv ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar va multisensorli o‘qitish metodlariga asoslangan dars ishlanmalarini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish