Ikromova Madinaxon Baxtiyorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Kreativ pedagogika” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10822.
Ilmiy rahbar: Kasimov Nozim Kozimovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Muhayyo Botiralievna Artikova, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shahnoza Ko‘paysinovna Xo‘jamberdieva, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion talim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligiga oid determinant komponentlar kasbiy-pedagogik muammolarga noodatiy echim topish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, pedagogik vaziyatlarni variativ loyihalash hamda ijodiy faoliyat natijalarini refleksiv baholash imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda kreativlikni takomillashtirishning metodik asoslari shaxsga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuvning asosiy didaktik prinsiplari (mustaqil izlanish, ijodiy qaror qabul qilish, differensial va adaptiv ta’lim) hamda raqamli texnologiyalarni (ta’limiy platformalar, interaktiv resurslar, mobil ilovalar va sun’iy intellektga asoslangan vositalar) kreativ topshiriqlar mazmuniga funksional-didaktik jihatdan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model tarkib jihatdan integrativ bloklar (shaxsiy-psixologik, bilim-ko‘nikma va ijodiy-pedagogik faoliyat) bilan boyitilib, innovatsion ta’lim muhiti elementlari (raqamli platformalar, interaktiv ta’lim vositalari va faol o‘qitish metodlari)ni vertikal (guruhlar kesimida) va gorizontal (mavzulararo) uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirishning diagnostik apparati ijodiy o‘quv faoliyati samaradorligini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida ob’ektiv baholash orqali oshirish, uni individual rivojlanish dinamikasiga muvofiq korreksiyalash va optimallashtirish hamda innovatsion tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularning ilmiy-pedagogik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi parametrlarni bir tizimga keltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovasion talim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligiga oid determinant komponentlar kasbiy-pedagogik muammolarga noodatiy echim topish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, pedagogik vaziyatlarni variativ loyihalash hamda ijodiy faoliyat natijalarini refleksiv baholash imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302- buyrug‘i asosida berilgan 302-53-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kreativlikning ilmiy-nazariy asoslarini tizimli o‘rganish, ijodiy o‘quv faoliyati samaradorligini optimallashtirish hamda uni takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda kreativlikni takomillashtirishning metodik asoslari shaxsga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuvning asosiy didaktik prinsiplari (mustaqil izlanish, ijodiy qaror qabul qilish, differensial va adaptiv ta’lim) hamda raqamli texnologiyalarni (ta’limiy platformalar, interaktiv resurslar, mobil ilovalar va sun’iy intellektga asoslangan vositalar) kreativ topshiriqlar mazmuniga funksional-didaktik jihatdan integratsiyalash orqali takomillashtiishga oid xulosalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini qamrab oladi va ta’lim tizimiga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302- buyrug‘i asosida berilgan 302-53-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kreativligini baholash va rivojlantirishning metodik ta’minoti boyitildi hamda mavjud ilmiy-nazariy yondashuvlarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi ta’minlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model tarkib jihatdan integrativ bloklar (shaxsiy-psixologik, bilim-ko‘nikma va ijodiy-pedagogik faoliyat) bilan boyitilib, innovatsion ta’lim muhiti elementlari (raqamli platformalar, interaktiv ta’lim vositalari va faol o‘qitish metodlari)ni vertikal (guruhlar kesimida) va gorizontal (mavzulararo) uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “2021-2023 yillarga mo‘ljallangan imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirіshga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” nomli ilmiy-amaliy grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 1 iyundagi C202003161-son shartnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kreativligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik modelning tarkibiy tuzilmasi ilmiy asosda boyitilgan va amaliy qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini rivojlantirishning diagnostik apparati ijodiy o‘quv faoliyati samaradorligini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar asosida ob’ektiv baholash orqali oshirish, uni individual rivojlanish dinamikasiga muvofiq korreksiyalash va optimallashtirish hamda innovatsion tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularning ilmiy-pedagogik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi parametrlarni bir tizimga keltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiya va xulosalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302- buyrug‘i asosida berilgan 302-53-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kreativligini baholash mezonlari tizimlashtirilgan hamda ularning ilmiy-pedagogik dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.