Muxammedova Sumbul Ikrombek qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oshiqnoma” dostonlaridagi paremiologik birliklarning leksik-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5998.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2026.10.06. Fil.06.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumanyazova Muhabbat Xusinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: RANCH texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Oshiqnoma” turkum dostonlaridagi frazeologizmlar, parafrazalar va paremalarning leksik-semantik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek lingvofolkloristikasiga oid nazariy manbalar tahlili asosida “Oshiqnoma” turkum dostonlaridagi paremiyalarning etnolingvistik hamda lingvomadaniy birlik sifatidagi o‘ziga xosligi izchil aniqlanib, ushbu birliklar paremiologik va izohli nashriy hamda sohaviy elektron lug‘atlar yaratish uchun muhim zaruriy lingvistik baza ekanligi konseptual asoslangan;
“Oshiqnoma” dostonlari frazemalarida komponentlarni almashtirish, qo‘shish, tushirish va tartibini o‘zgartirish asosida yuzaga keladigan variantdorlik hamda xilma-xil semantik munosabatlar (antonimlik, sinonimlik, omonimlik, polisemiya) amaliy ochib berilib, ulardagi somatik, zoomorfik, biomorfik, predmetli, vaqt va diniy kabi milliy lingvomadaniy kodlarning xalq olam lisoniy manzarasini shakllantirishdagi bevosita xususiyatlari mukammal dalillangan;
dostonlar matnidagi perifrazalarning leksik, frazeologik, sintaktik turlari va ularning metafora, metonimiya kabi semantik usullari orqali shakllanish hamda namoyon bo‘lish mexanizmlari aniqlangan, shuningdek, zooleksema, fitoleksema, diniy hamda ijtimoiy-maishiy tushunchalar ishtirok etgan paremiyalarning o‘zgacha lingvomadaniy va uslubiy imkoniyatlari misollar yordamida ochib berilgan;
Xorazm dostonlaridagi paremiyalarning o‘ziga xos lisoniy-sintaktik qoliplari (sodda va qo‘shma gap shaklidagi turlicha tarkibiy tiplari) aniq tasniflanib, ularning tarbiyaviy-didaktik vazifalari hamda o‘zbek xalqiga xos etno va lingvomadaniy stereotiplar, shuningdek, ustuvor umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi muhim lisoniy-konseptual belgilari ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oshiqnoma” dostonlaridagi paremiologik birliklar yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘zbek lingvofolkloristikasiga oid nazariy manbalar tahlili asosida dostonlar tilining o‘rganilishi, xususan, “Oshiqnoma” turkum dostonlaridagi paremiologik birliklar bilan bog‘liq hal qilinishi lozim masalalar aniqlanib, ushbu paremiyalarning etnolingvistik hamda lingvomadaniy birlik sifatidagi o‘ziga xosligi izchil aniqlanib, nashriy va sohaviy elektron lug‘atlar uchun lingvistik baza bo‘la olishi asoslangan xulosalardan; tadqiqot davomida yaratilgan “Oshiqnoma” dostonlaridagi paremiologik birliklar katalogidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intelekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi 2025-yil 27-oktabrdagi 1629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihani amalga oshirishda Xorazm dostonlarida qo‘llanilgan paremiologik birliklardan foydalanish samarali natija bergan va loyiha “Oshiqnoma” turkum dostonlaridagi paremiologik birliklar hisobiga qo‘shimcha materiallar bilan boyitilgan, ya’ni nashriy hamda elektron lug‘atlar uchun dissertatsiya materiallari lingvistik baza bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyaning “Oshiqnoma” turkum dostonlari frazemalaridagi ba’zi komponentlarni almashtirish, qo‘shish, tushirib qolish va tartibni o‘zgartirish asosidagi variantdorlik hamda xilma-xil semantik munosabatlar ochhib berilib, ulardagi olam lisoniy manzarasining tarkibi sanaluvchi somatik, zoomorfik, biomorfik, predmetli, vaqt va diniy kabi lingvomadaniy kodlarning xalq olam lisoniy manzarasini shakllantirishdagi xususiyatlari dalillangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi 2025-yil 27-oktabrdagi 1628-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur innovatsion loyiha bazasini kengaytirishga xizmat qilgan, shuningdek, tadqiqot loyihaning paremiologik birliklar bilan bog‘liq qismlarni yangi tahlillar hamda ilmiy tushunchalar bilan boyitishga imkon bergan;
tadqiqotning “Oshiqnoma” dostonlari matnidagi paremiologik birliklar va perifrazalarning leksik, frazeologik, sintaktik turlari o‘rganilib, dostonlardagi perifrazalarning til sathidagi o‘rni, ularning metafora, metonimiya kabi semantik, usullar orqali shakllanishi, mavzuiy guruhlari, frazeologik birikmalarga munosabati va paremiologik birliklar shakllanishidagi ekstralingvistik omillar tahlili asosida ularning lingvomadaniy va uslubiy o‘ziga xosligi dalillangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 11-martdagi № 04/1-1343-son ma’lumotnomasi). Natijada “Oshiqnoma” dostonlaridagi perifrazalarning milliy-madaniy mazmuni, xalq dunyoqarashi hamda badiiy tafakkuri bilan bog‘liq jihatlari dalillangan;
dissertatsiya ishining Xorazm dostonlari, xususan, “Oshiqnoma” turkum dostonlari va ularning o‘rganilishi, “Oshiqnoma” dostonlaridagi paremiologik birliklar, barqaror birikmalarning lisoniy-sintaktik qoliplari (sodda va qo‘shma gap shaklidagi turlicha tarkibiy tiplari) aniq tavsiflanib, ularning tarbiyaviy-didaktik vazifalari hamda lisoniy-konseptual belgilarini yuzaga keltiruvchi omillari yuzasidan olingan ilmiy xulosalari hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-iyuldagi №561-son va 2026-yil 18-martdagi №233-son ma’lumotnomalari). Natijada umuminsoniy qadriyatlar aks etgan hamda o‘zbek xalqiga xos stereotiplar ifodalangan paremiyalarni to‘plash, o‘rganish va tadqiq qilish vohamiz vakillari madaniyati, tafakkur miqyosini anglash uchun ham muhim ekanligi yoritilib, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi hamda ommabopligi ta’minlangan.