Mehmonova Yulduz Choriqulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Ingliz badiiy diskursi kollokatsiyalarining o‘zbek tilida funksional ekvivalentligini ta’minlashning kogeziv resurslari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2022.4.PhD/Fil2958.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Astanova Gulnora Aminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz badiiy diskursi kollokatsiyalarining o‘zbek tilida funksional ekvivalentligini ta’minlashning kogeziv resurslarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz badiiy diskursida kollokatsiyalarning matn kogerentligini ta’minlashdagi funksional salohiyati semantik bog‘liqlik, assotsiativ munosabatlar, referensial aloqadorlik, leksik uyg‘unlik hamda kontekstual yaxlitlik kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokatsiyalarning struktur-semantik tabiati kollokatsiya, frazeologizm, perifraza, idioma hamda erkin so‘z birikmalarining semantik yaxlitlik, turg‘unlik darajasi, komponentlar variativligi va kontekstual shartlanganlik kabi differensial belgilari asosida farqlanishi aniqlangan;
badiiy diskursda okkazional kollokatsiyalarning hosil bo‘lishi metaforizatsiya, epitetlash, sinesteziya, semantik transformatsiya va obrazli assotsiatsiya kabi lingvopoetik mexanizmlar bilan shartlanishi, ularning hissiy-ekspressivlikni kuchaytirish, obrazlilik yaratish hamda muallif individual uslubini namoyon etishdagi o‘rni dalillangan;
ingliz badiiy diskursi kollokatsiyalarining o‘zbek tiliga tarjimasida funksional ekvivalentlikka erishish ekvivalent tanlash, modulyasiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, konkretizatsiya va tasviriy tarjima kabi transformatsion strategiyalarning kontekstual-pragmatik omillar bilan belgilanib, kogeziv resurslarning adekvat tarjimani ta’minlashdagi muhim vosita ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz badiiy diskursi kollokatsiyalarining o‘zbek tiliga tarjimasida funksional ekvivalentligini ta’minlashning kogeziv resurslarini tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokatsiyalarning struktur-semantik tabiati kollokatsiya, frazeologizm, perifraza, idioma hamda erkin so‘z birikmalarining semantik yaxlitlik, turg‘unlik darajasi, komponentlar variativligi va kontekstual shartlanganlik kabi differensial belgilari asosida farqlanishiga doir nazariy xulosalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3 ‒ 2019081773-raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 13-iyundagi 1/04-260-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilarining mualliflik yoki individual xarakterdagi okkazional kollokatsiyalarning bevosita badiiy diskurs doirasida faollashuvi va aynan kontekstga bog‘liq ravishda ma’no kasb etishi xususidagi bilim bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan.
ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokatsiyalarning struktur-semantik tabiati kollokatsiya, frazeologizm, perifraza, idioma hamda erkin so‘z birikmalarining semantik yaxlitlik, turg‘unlik darajasi, komponentlar variativligi va kontekstual shartlanganlik kabi differensial belgilari asosida farqlanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkentdagi AQSh Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80021IN3103-raqamli loyiha doirasida tashkil etilgan «Amerika adabiyoti klubi»da o‘tkazilgan Jon Steynbek, Frensis Skott Fitsdjerald va Ernest Xeminguey kabi amerika yozuvchilarining adabiy mahorati tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-ijodiy tadbirlarda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025 yil 10 apreldagi №06-2250-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida yaratilgan badiiy adabiyot namunalarida faol tarzda yaratiladigan okkazional kollokatsiyalarning o‘ziga xos funksiyalari va hosil bo‘lish usullari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz badiiy diskursi kollokatsiyalarining o‘zbek tiliga tarjimasida funksional ekvivalentlikka erishish ekvivalent tanlash, modulyasiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, konkretizatsiya va tasviriy tarjima kabi transformatsion strategiyalarning kontekstual-pragmatik omillar bilan belgilanib, kogeziv resurslarning adekvat tarjimani ta’minlashdagi muhim vosita ekanligiga doir xulosalardan Oliy ta’limning 61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tilllar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Til aspektlari amaliyoti” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2025-yil 7-apreldagi 02/2187-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 60-6 raqamli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, grammatika va lug‘at bo‘yicha nazariy bilimlarini rivojlantirishga qaratilagan turli topshiriq va mashqlar, shuningdek, nutqning asosiy qismlarining har biri uchun mavzuga oid mashqlar, testlar va turli leksik matnlar kiritilgan va takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish