Astanov Axunjon Raubovich
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy madaniyatini yuksaltirish mexanizmlari (hokim yordamchilari misolida)”.
Ixtisoslik shifri: 23.00.03-Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ss467
Ilmiy rahbar: Bo‘taev Usmon Xayrullaevich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor;
Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
davlat fuqarolik xizmatida hokim yordamchisining siyosiy madaniyatini yuksaltiruvchi innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish orqali mavjud mexanizmlarni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahallalardagi hokim yordamchilarining funksional vazifalari professionalik va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusining meyoriy-huquqiy asoslanganligini inobatga olib, hokim yordamchisi lavozimini davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga yordamchi kadrlari lavozim toifasiga kiritish zarurati asoslantirilgan;
davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatida halol, adolatli, kamtar, xushmuomala, vazmin va samimiy bo‘lishi, shuningdek, aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqeyi va imkoniyatlaridan foydalanmasligi lozimligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda hokim yordamchilarini kelajak liderlari sifatida shakllantirish uchun ularda siyosiy madaniyatini rivojlantiruvchi “siyosiy e’tiqod, siyosiy immunitet va ciyosiy faollik” kabi omillar siyosiy madaniyatni oshirish mexanizmi barqaror taraqqiyot mezoni ekanligi asoslantirilgan.
hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va amaliy natijalaridan kelib chiqib ularni rag‘batlantirish yoki mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish hokim yordamchilarining siyosiy mas’uliyatni oshirishda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ularning axborotlarini eshitish va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashiga hisobot berib borish muhimligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
mahallalardagi hokim yordamchilarining funksional vazifalari xususiyatini inobatga olib, hokim yordamchisi lavozimini davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga yordamchi kadrlari lavozim toifasiga kiritish zarurati borasidagi amaliy taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–95-sonli Farmoni loyihasining 5-ilovasini “Respublika, hududiy va tuman, shahar darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi samaradorligi agentligining 2025-yil 03-noyabrdagi 01-1886-son dalolatnomasi). Natijada, hokim yordamchilari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri joriy qilingan;
davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatida halol, adolatli, kamtar, xushmuomala, vazmin va samimiy bo‘lishi, shuningdek, aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqeyi va imkoniyatlaridan foydalanmasligi lozimligi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil
11-apreldagi 29-son dalolatnomasi). Natijada, davlat fuqarolik xizmatchilarining doimiy ravishda yuksak kasbiy madaniyatini shakllantirishi, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga xizmat qiladi;
Yangi O‘zbekistonda hokim yordamchilarini kelajak liderlari sifatida shakllantirish uchun ularda siyosiy madaniyatini rivojlantiruvchi “siyosiy etiqod, siyosiy immunitet va siyosiy faollik” kabi omillar siyosiy madaniyatni oshirish mexanizmining tarkibiy qismiga aylanganligi borasidagi taklif va tavsiyalaridan Yoshlar muammolarini O‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan 2024-yilda O‘tkazilgan “Yoshlar siyosati sohasidagi loyihalar samaradorligi va ulardan yoshlarning qoniqish darajasini O‘rganish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot tahliliy ma’lumotlari va xulosalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini O‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2025-yil 08-noyabrdagi 01-02-06/162-son dalolatnomasi). Natijada, Yoshlar muammolarini O‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2025-yildagi chora-tadbirlar rejasiga Davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha manzilli O‘quv kurslari, trening va seminarlar yangi mavsumini tashkil etish bandlari kiritildi. Ushbu qo‘shimcha bandlar yosh xizmatchilarning siyosiy etiqod, siyosiy immunitet va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilishga xizmat qilgan.
hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va amaliy natijalaridan kelib chiqib ularni rag‘batlantirish yoki mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish hokim yordamchilarining siyosiy mas’uliyatni oshirishda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ularning axborotlarini eshitish va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashiga hisobot berib borish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman, shahar hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-sonli qarorining 4-bobidagi konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlarining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 29-son dalolatnomasi). Natijada, hokim yordamchilarining mas’uliyatning oshirish hamda ular faoliyatidagi xato va kamchiliklarni kamaytirib, ularning ishida ijtimoiy adolat va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi;