Rahimov Jasur To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish orqali investisiya faolligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4111
Ilmiy rahbar: Almardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xazratkulova Lola Normuminovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish orqali investisiya faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «qimmatli qog‘ozlar portfeli» tushunchasining iqtisodiy mazmuni bitta investor yoki investisiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar portfelini optimallashtirish, risklarni boshqarish, rentabellikni oshirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishni, qimmatli qog‘ozlar portfelini yaratish xatarlarni kamaytirish va moliyaviy maqsadlarga erishish uchun investisiyalarni diversifikatsiya qilish jarayoni jihatidan takomillashtirilgan;
xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent sifatida ishtirok etish orqali jalb etgan mablag‘laridan samarali foydalanishini rag‘batlantirishda maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob xizmati tariflarini tabaqalashtirilgan holda 20 foizga qadar pasaytirish, aylanma mablag‘lar uchun qisqa muddatli kredit liniyalarini imtiyozli shartlarda ajratish va bank kafolatlari berish tartibini joriy etish asoslangan;
tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga sotishda fond indekslari bilan bir qatorda emitentning moliyaviy barqarorligi, daromadlilik darajasi, likvidligi, dividend to‘lovlari barqarorligi va risk darajasini ifodalovchi qo‘shimcha moliyaviy-investision ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida investisiya faolligini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish orqali investisiya faolligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «qimmatli qog‘ozlar portfeli» tushunchasining iqtisodiy mazmuni bitta investor yoki investisiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar portfelini optimallashtirish, risklarni boshqarish, rentabellikni oshirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishni, qimmatli qog‘ozlar portfelini yaratish xatarlarni kamaytirish va moliyaviy maqsadlarga erishish uchun investisiyalarni diversifikatsiya qilish jarayoni jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Portfel menejment» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 - yil 29 - yanvardagi 21-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning innovatsion yangi tushuncha “qimmatli qog‘ozlar portfeli” borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent sifatida ishtirok etish orqali jalb etgan mablag‘laridan samarali foydalanishini rag‘batlantirishda maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob xizmati tariflarini tabaqalashtirilgan holda 20 foizga qadar pasaytirish, aylanma mablag‘lar uchun qisqa muddatli kredit liniyalarini imtiyozli shartlarda ajratish va bank kafolatlari berish tartibini joriy etish taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki faoliyatining “Hisob siyosati” va “Bank rivojlanish strategiya”larini ishlab chiqishda inobatga olingan. («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2024-yil 25-dekabrdagi 01-08/4316-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozoriga o‘z aksiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali mablag‘ jalb qilish imkoniyati ortishi sababli bankning korporativ mijozlari 25 foizga ko‘payishiga olib kelgan;
tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga sotishda fond indekslari bilan bir qatorda emitentning moliyaviy barqarorligi, daromadlilik darajasi, likvidligi, dividend to‘lovlari barqarorligi va risk darajasini ifodalovchi qo‘shimcha moliyaviy-investision ko‘rsatkichlardan foydalanish taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining “Investisiya siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining
2024-yil 25-dekabrdagi 01-08/4316-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya faolligini bank darajasida 25-27 foizgacha, bozor darajasida esa 22-24 foizgacha oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida investisiya faolligini oshirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki faoliyatiga joriy qilingan. («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining
2024-yil 25-dekabrdagi 01-08/4316-sonli ma’lumotnomasi). Ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan ssenariyli prognoz natijalari 2030-yilga borib O‘zbekiston fond bozori savdo hajmining sezilarli darajada oshishini ko‘rsatdi. Xususan, 2024-yildagi 19,563 trln. so‘mlik savdo hajmi 2030-yilga kelib inersion ssenariyda 67,03 trln. so‘mga, realistik ssenariyda
79,56 trln. so‘mga, optimistik ssenariyda esa 93,61 trln. so‘mga etishi prognoz qilindi.