Azimova Shaxlo Tairovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Inklyuziv turizm O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3942
Ilmiy rahbar: Golisheva Elena Vyacheslavovna, PhD, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Romanova Galina Maksimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Gulyamov Saydaxrar Saidaxmedovich, i.f.d.,akademik
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inklyuziv turizmning ijtimoiy yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, turizm xizmatlarining ommabopligini oshirish hamda ushbu aholi qatlamining iqtisodiy integratsiyalashuvini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekistonda inklyuziv turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, «inklyuziv turizm» tushunchasining iqtisodiy mazmunini jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning davlat, jamoat va xususiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ichki turizm, bandlik va ijtimoiy inklyuziyani rivojlantirishga ko‘maklashuvchi moliyaviy, infratuzilmaviy va tashkiliy mexanizmlar orqali turistik resurslardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy faoliyat turi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan;
O‘zbekistonda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy omillar ta’sirini hisobga oluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan xizmat ko‘rsatiladigan inklyuziv sayyohlar sonining prognoz ko‘rsatkichlaridan;
Inklyuziv turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini davlat organlari, biznes subektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va IT-tuzilmalarning tarmoqlararo hamkorligini ta’minlash, infratuzilmaviy qulaylik va raqamli monitoring vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arzon turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni moliyaviy-iqtisodiy rag‘batlantiruvchi yaxlit boshqaruv tizimi asosida takomillashtirish taklifidan;
Davlat organlari, sayyohlik korxonalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar toifasiga mansub sayyohlar o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatiga asoslangan, turistik mahsulot qiymatining muayyan qismini vaucher orqali kompensatsiya qilish va bozor ishtirokchilarini inklyuziv xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi inklyuziv turizm klasteri modelidan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, «inklyuziv turizm» tushunchasining iqtisodiy mazmunini jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning davlat, jamoat va xususiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ichki turizm, bandlik va ijtimoiy inklyuziyani rivojlantirishga ko‘maklashuvchi moliyaviy, infratuzilmaviy va tashkiliy mexanizmlar orqali turistik resurslardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy faoliyat turi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm i kul`turnoe nasledie” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 3-iyuldagi 265-son buyrug‘i asosidagi №265-63-raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurt talabalarida takomillashtirilgan “Inklyuziv turizm” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy omillar ta’sirini hisobga oluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan xizmat ko‘rsatiladigan inklyuziv sayyohlar sonining prognozi ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini yanada oshirish, turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonida belgilangan turizm oqimini oshirish, turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash vazifalariga mos keladi. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika turizm-mehmonxona sektorida band bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining uzoq muddatli ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish va sohani rivojlantirishning asosiy parametrlariga muvofiqligini ta’minlashga erishilgan;
Inklyuziv turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini davlat organlari, turizm biznesi subektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va IT-tuzilmalar o‘rtasidagi tarmoqlararo hamkorligini ta’minlash, infratuzilmaviy qulaylik va raqamli monitoring vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arzon turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni moliyaviy-iqtisodiy rag‘batlantiruvchi yaxlit boshqaruv tizimi asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turistik infratuzilmani takomillashtirish va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-son Farmonida belgilangan turistik infratuzilmani takomillashtirish va turizm oqimini oshirish vazifalariga mos keladi. Mazkur ilmiy ishlanmaning amaliyotga joriy etilishi natijasida inklyuziv turizmni boshqarishning institutsional va iqtisodiy asoslari mustahkamlangan hamda turistik xizmatlar zanjirida manfaatdor tomonlarni muvofiqlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Davlat organlari, sayyohlik korxonalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar toifasiga mansub sayyohlar o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatiga asoslangan, turistik mahsulot qiymatining muayyan qismini vaucher orqali kompensatsiya qilish va bozor ishtirokchilari asosida inklyuziv turizm klasteri modelini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmonida belgilangan ichki turizmni jadallashtirish va turistlar oqimini oshirish vazifalari hamda 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmonida nazarda tutilgan turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash choralari bilan uyg‘undir. Mazkur ilmiy ishlanmaning amaliyotga joriy etilishi natijasida bozor subektlarining muvofiqlashtirish mexanizmlari joriy etilgunga qadar va undan keyingi jami xarajatlarini taqqoslash orqali hisoblangan tranzaksion xarajatlar 1,5 barobarga kamaytirilgan.
Yuqoridagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv turizmni rivojlantirishga, turistik resurslar va infratuzilma obektlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, turizm xizmatlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga hamda turizm sohasida tenglik va inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.