Iminov To‘xtasin Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan erlarda irrigatsiya xizmatlari va meliorativ tadbirlarning samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.Ph.D/Iqt91.
Ilmiy rahbar: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Shoxo‘jaeva Zebo Safoevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarda irrigatsiya xizmatlari va meliorativ tadbirlar samaradorligini o‘zaro bog‘liqlikda oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv sarfiga sizot suvlari chuqurligi va uning sho‘rlanish darajasiga qarab taqsimlangan paxta-g‘alla ekin maydonlari hajmi o‘zgarishining ta’siri bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
paxta-g‘alla ekin maydonlari uchun suv iste’moli rejasini optimal egat uzunligi va chuqurligini nazarda tutgan holda tuzish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan;
SIUlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish hamda ular balansidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini fermer xo‘jaliklari balansiga o‘tkazilishi hisobidan zamonaviy meliorativ va mobil texnikalar bilan ta’minlash yuzasidan tavsiyalar asoslangan;
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan tuman SIUni tuzish asosida ular faoliyatini takomillashtirish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan erlarda irrigatsiya xizmatlari va meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan  taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
suv sarfi, sizot suvlarining joylashish chuqurligi va sho‘rlanish darajasi ma’lumotlariga tayanib, optimal sug‘orish texnikasi elementlarini tanlashning matematik modelini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 martdagi 03/16-90-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning tatbiq etilishi sho‘r yuvishga sarflanadigan suvlarni 15-20 foizga tejash hamda sug‘orish tarmog‘i oxirida joylashgan ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash imkonini bergan;
optimal sug‘orish texnikasi elementlari yordamida vegetatsiya davriga tuziladigan suv iste’moli rejasi va SIUlarning xarajatlar smetalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 martdagi 03/16-90-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar hisobiga suv iste’molini o‘rtacha 5-7 foizga kamayishiga, paxta hosildorligining o‘rtacha 7-9 foizga, g‘alla hosildorligining o‘rtacha 8-10 foizga ortishiga olib kelgan;.
irrigatsiya xizmatlari va meliorativ tadbirlarning moliyaviy manbalarini ko‘paytirish orqali SIUlarni zamonaviy meliorativ va mobil texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 martdagi 03/16-90-son ma’lumotnomasi). Bunda SIUlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kredit resurslari tarkibidagi SIU xizmati va boshqa xarajatlar tarkibidagi ichki xo‘jalik irrigatsiya hamda kollektor-zovur tarmoqlarini tozalash va saqlash xarajatlari uchun mablag‘lar, ularning kredit foiz stavkalari pasaytirilishi, SIUlar balansidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining fermer xo‘jaliklari balansiga o‘tkazilishi evaziga elektr energiyasi, saqlash, ta’mirlash va sotib olish xarajatlarining tejalishi hisobidan tuman SIUlarini zamonaviy meliorativ va mobil texnikalar bilan ta’minlash, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish imkoniyatlarining yaratilishiga xizmat qilgan;
ko‘rsatilayotgan irrigatsiya xizmatlari va meliorativ tadbirlarda qo‘llanilayotgan an’anaviy va resurstejamkor texnologiyalarning samaradorligini o‘zaro bog‘liqlikda oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklikka asoslangan tuman SIUni tuzish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 martdagi 03/16-90-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida 1 gektar kompleks maydonga sarflanadigan suv miqdorining 10-15 foizga tejalishi va 1 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirishdan o‘rtacha 738 ming so‘m qo‘shimcha daromad olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish