Ibragimova Ozoda Abdulxakovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy fazoviy elektromagnit maydon boshqaruvi tizimining qurilmalari», 05.01.06 – hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: 2013 yil 20 dekabrdagi LA0001849-sonli guvohnoma, qayd raqami №1865.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T466
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti hamda Energetika va avtomatika instituti, 16.07.2013.T.02.01.
Ilmiy maslahatchi: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Tel`man Dadaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti qoshidagi maxsus konstruktorlik texnologik byurosi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Umumiy fazoviy elektromagnit maydon boshqaruvi tizimi yordamida oqova va ichimlik suvlarini tozalash, zararsizlantirish, tuzsizlantirish qurilmalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Suvni impul`sli elektromagnit maydon yordamida tozalash, zararsizlantirish va tuzsizlantirish uskunasi uchun tiristorli chastota o‘zgartirgich boshqaruv tizimining konstruktiv sxemalari va qurilmalari yaratilgan;
ilk bor suvni reagentsiz, umumiy fazoviy elektromagnit maydon yordamida tozalash, zararsizlantirish va tuzsizlantirish yumshatish uchun qurilmalar yaratilgan;
impul`sli bo‘ylama elektromagnit maydon, impul`sli elektr maydon, aylanuvchi elektromagnit va gravitatsiya maydonlari o‘zaro ta’sirlashuvchi umumiy fazoviy elektromagnit maydon hosil qilish mumkinligi nazariy asoslangan;
ilk bor suvni tozalash, zararsizlantirish va tuzsizlantirish uskunasi uchun bo‘ylama va ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amlariga ega bo‘lgan umumiy fazoviy elektromagnit maydon boshqaruvi tizimi qurilmalari ishlab chiqilgan;
suvni tozalash, zararsizlantirish va tuzsizlantirish uskunasi uchun impul`sli elektromagnit maydon uch fazali boshqaruv tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan umumiy fazoviy elektromagnit maydon boshqaruv tizimi qurilmasi temir yo‘l tizimi va boshqa korxonalarda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2015 yil 15 dekabrdagi NG/3893-15-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan umumiy fazoviy elektromagnit maydon boshqaruv tizimi qurilmasi qo‘llanilishi suvni tozalash, zararsizlantirish va tuzsizlantirish texnologiyasi ishonchliligi 1,4 barobarga, foydali ish koeffisienti 20 foizga va ishlash muddatining ikki barobarga oshirilishiga erishilib, yillik iqtisodiy samara 134 mln. so‘mni tashkil etgan.