Urazbaeva Umida Abdullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellekt namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1223.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellekt namoyon bo‘lishini psixologik tadqiq qilish va zaruriy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yosh davridagi pedagoglarda emotsional intellektning darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ularda o‘z emotsiyalarini tushunish va boshqarish, boshqa odamlarninng his-tuyg‘ularini tushunish hamda shaxslararo emotsional intellektning o‘zaro integrativ ta’siri tufayli “lingvistik”, “musiqiy”, “emotsional yoki shaxslararo” intellekt va “empatiya”ning yosh va jins xususiyatlarida differensial tafovutlanishi isbotlangan;
turli yosh davridagi pedagoglarda emotsional intellekt namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ular faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tizimi individual xususiyatining shaxs hissiy intellektiga ta’siri asosida, “o‘z his tuyg‘ularini tushunish” ko‘rsatkichining oliy ta’lim tizimi pedagoglari hissiy sohasida ustuvor xarakterda ekanligi dalillangan;
turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellektning psixologik xususiyatlari boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish “lingvistik”, “matematik-mantiqiy”, “vizual fazoviy”, “shaxslararo” va “o‘ziga ishonch” bilan ijobiy aloqadorlikda, intrapersonal emotsional intellekt esa “musiqiy”, “shaxs ichki olamiga yo‘nalganlik” bilan kontrast korrelyasion bog‘lanishga ega ekanligi dalillangan;
turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellekt ifodalanishiga ko‘ra, ularda maxsus tashkil qilingan psixologik dastur asosida, intrapsixik xususiyatli emotsional intellektni rivojlantirish orqali “boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini tushunish”, “shaxslararo emotsional intellekt”, “lingvistik, “emotsional yoki shaxslararo intellekt” kabi interpsixik hissiy baholash ko‘rsatkichlarining oshishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellekt namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Turli yosh davridagi pedagoglarda emotsional intellektning darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ularda o‘z emotsiyalarini tushunish va boshqarish, boshqa odamlarninng his-tuyg‘ularini tushunish hamda shaxslararo emotsional intellektning o‘zaro integrativ ta’siri tufayli “lingvistik”, “musiqiy”, “emotsional yoki shaxslararo" intellekt va "empatiya"ning yosh va jins xususiyatlarida differensial tafovutlanishi isbotlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining "ljtimoiy psixologiya" moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 12-martdagi PM-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarda emotsional intellektning yosh va jins xususiyatlaridagi farqlash imkoniyati yaratilgan.
Turli yosh davridagi pedagoglarda emotsional intellekt namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ular faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tizimi individual xususiyatining shaxs hissiy intellektiga ta’siri asosida, “o‘z his tuyg‘ularini tushunish” ko‘rsatkichining oliy ta’lim tizimi pedagoglari hissiy sohasida ustuvor xarakterda ekanligi dalillangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 12-martdagi PM-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimining individual xususiyati ta’sirida emotsional intellekt oliy ta’lim tizimi pedagoglarida ustuvor bo‘lishi ochib berilgan.
Turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellektning psixologik xususiyatlari boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish ”lingvistik", "matematik mantiqiy”, ”vizual fazoviy”, ”shaxslararo” va ”o‘ziga ishonch" bilan ijobiy aloqadorlikda, intrapersonal emotsional intellekt esa ”musiqiy", ”shaxs ichki olamiga yo‘nalganlik” bilan kontrast korrelyasion bog‘lanishga ega ekanligi dalillangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixodiaglostika” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 12-martdagi PM-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada emotsional intellekt tafakkur uslubiga aloqadorligi tajribalarda o‘rganilgan.
Turli yoshdagi pedagoglarda emotsional intellekt ifodalanishiga ko‘ra, ularda maxsus tashkil qilingan psixologik dastur asosida, intrapsixik xususiyatli emotsional intellektni rivojlantirish orqali ”boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini tushunish", ”shaxslararo emotsional intellekt”, "lingvistik, ”emotsional yoki shaxslararo intellekt" kabi interpsixik hissiy baholash ko‘rsatkichlarining oshishi tasdiqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 12-martdagi PM-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarda emotsional intellektni rivojlantirish, interpsixik hissiy baholashni barqarorlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish