Axmatova Zilola Egamkulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning tarbiyaviy-psixologik determinantlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/P1646.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), proffesor; Sharafiddinova Xadichaxon Gulyamutdinovna , psixologiya fanlari doktori (DSc), proffesor.
Yetakchi tashkilot: Mamun Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning tarbiyaviy-psixologik determinantlarini aniqlash va uni ilmiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda emotsional intellektning refleksiv asoslari “hissiy ong”ning “vaziyatli refleksiya” bilan, “hissiy boshqaruv”ning “perspektiv refleksiya” bilan, “empatiya”ning esa “vaziyatli refleksiya” va “retrospektiv refleksiya” bilan ijobiy korrelyasion bog‘langanligi asosida aniqlanib, ayni vaziyatdagi ichki kuzatuvchanlik, kelajakdagi hissiy holatlarni oldindan tahlil qilish va o‘tgan emotsional tajribani refleksiv qayta ishlash emotsional intellektni rivojlantirishning ustuvor tarbiyaviy-psixologik determinantlari ekanligi dalillangan;
emotsional intellekt komponentlarining o‘z-o‘ziga munosabat tizimi bilan differensial aloqadorligi “hissiy ong”ning “o‘z-o‘zini hurmat qilish”, “hissiy boshqaruv”ning “o‘z-o‘ziga munosabat” va “o‘z-o‘zini boshqarish”, “motivatsiya”ning “o‘ziga ishonch”, “empatiya”ning “avtosimpatiya” bilan ijobiy, “hissiy boshqaruv”ning “o‘zini ayblash” bilan salbiy bog‘lanishi asosida aniqlanib, ijobiy o‘z-o‘ziga munosabat, ichki nazorat, o‘z qadrini anglash, o‘ziga ishonch va o‘zini qabul qilishni kuchaytirish hamda destruktiv o‘zini ayblashni kamaytirish ustuvor determinantlar ekanligi isbotlangan;
o‘z-o‘zini anglash tizimining emotsional intellekt bilan integrativ bog‘liqligi “hissiy ong”ning “ichki qo‘llab-quvvatlash” va “sensorlik”, “hissiy boshqaruv”ning “vaqtga nisbatan orientatsiya”, “moslashuvchanlik” va “o‘zini hurmat qilish”, “motivatsiya”ning “qadriyatlarga nisbatan orientatsiya”, “o‘z-o‘zini qabul qilish”, “bilishga ehtiyoj” va “kreativlik”, “empatiya”ning esa “sensorlik”, “inson tabiatini qabul qilish” va “kontaktlilik” bilan ijobiy aloqalari asosida aniqlanib, ichki tayanch, o‘zini anglash, moslashuvchanlik, qadriy yo‘nalganlik, bilishga intilish, ijodiy faollik va shaxslararo ochiqlik yetakchi tarbiyaviy-psixologik determinantlar ekanligi asoslangan;
talabalarda emotsional intellektni rivojlantiruvchi integrativ psixologik model va psixotrening dasturining samaradorligi tajriba guruhida “hissiy ong”, “hissiy boshqaruv”, “motivatsiya” va “empatiya” ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi, shuningdek, o‘ziga ishonch va o‘z-o‘zini boshqarishdagi statistik ahamiyatli siljishlar asosida dalillanib, refleksiv o‘zini anglashni chuqurlashtirish, hissiy reaksiyalarni ongli boshqarish, ichki motivatsion resurslarni safarbar etish va empatik muloqot madaniyatini shakllantirishning rivojlantiruvchi mexanizmlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning tarbiyaviy-psixologik determinantlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda emotsional intellektning refleksiv asoslari “hissiy ong”ning “vaziyatli refleksiya” bilan, “hissiy boshqaruv”ning “perspektiv refleksiya” bilan, “empatiya”ning esa “vaziyatli refleksiya” va “retrospektiv refleksiya” bilan ijobiy korrelyasion bog‘langanligi asosida aniqlanib, ayni vaziyatdagi ichki kuzatuvchanlik, kelajakdagi hissiy holatlarni oldindan tahlil qilish va o‘tgan emotsional tajribani refleksiv qayta ishlash emotsional intellektni rivojlantirishning ustuvor tarbiyaviy-psixologik determinantlari ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 3-sentabrdagi 01/10-01-394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishda refleksiv jarayonlarni diagnostika qilish, baholash va rivojlantiruvchi psixologik mashg‘ulotlar mazmuniga integratsiya etish imkoniyati kengaytirilgan;
emotsional intellekt komponentlarining o‘z-o‘ziga munosabat tizimi bilan differensial aloqadorligi “hissiy ong”ning “o‘z-o‘zini hurmat qilish”, “hissiy boshqaruv”ning “o‘z-o‘ziga munosabat” va “o‘z-o‘zini boshqarish”, “motivatsiya”ning “o‘ziga ishonch”, “empatiya”ning “avtosimpatiya” bilan ijobiy, “hissiy boshqaruv”ning “o‘zini ayblash” bilan salbiy bog‘lanishi asosida aniqlanib, ijobiy o‘z-o‘ziga munosabat, ichki nazorat, o‘z qadrini anglash, o‘ziga ishonch va o‘zini qabul qilishni kuchaytirish hamda destruktiv o‘zini ayblashni kamaytirish ustuvor determinantlar ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 3-sentabrdagi 01/10-01-394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijobiy self-munosabat, o‘ziga ishonch va o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik yondashuvlarning mazmunini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
o‘z-o‘zini anglash tizimining emotsional intellekt bilan integrativ bog‘liqligi “hissiy ong”ning “ichki qo‘llab-quvvatlash” va “sensorlik”, “hissiy boshqaruv”ning “vaqtga nisbatan orientatsiya”, “moslashuvchanlik” va “o‘zini hurmat qilish”, “motivatsiya”ning “qadriyatlarga nisbatan orientatsiya”, “o‘z-o‘zini qabul qilish”, “bilishga ehtiyoj” va “kreativlik”, “empatiya”ning esa “sensorlik”, “inson tabiatini qabul qilish” va “kontaktlilik” bilan ijobiy aloqalari asosida aniqlanib, ichki tayanch, o‘zini anglash, moslashuvchanlik, qadriy yo‘nalganlik, bilishga intilish, ijodiy faollik va shaxslararo ochiqlik yetakchi tarbiyaviy-psixologik determinantlar ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 3-sentabrdagi 01/10-01-394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning emotsional intellektini rivojlantirishga ta’sir etuvchi shaxsiy va tarbiyaviy-psixologik determinantlarni kompleks diagnostika qilish hamda ular asosida differensial rivojlantiruvchi ishlarni belgilash imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarda emotsional intellektni rivojlantiruvchi integrativ psixologik model va psixotrening dasturining samaradorligi tajriba guruhida “hissiy ong”, “hissiy boshqaruv”, “motivatsiya” va “empatiya” ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi, shuningdek, o‘ziga ishonch va o‘z-o‘zini boshqarishdagi statistik ahamiyatli siljishlar asosida dalillanib, refleksiv o‘zini anglashni chuqurlashtirish, hissiy reaksiyalarni ongli boshqarish, ichki motivatsion resurslarni safarbar etish va empatik muloqot madaniyatini shakllantirishning rivojlantiruvchi mexanizmlari asoslanganligiga oid ilmiy O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 3-sentabrdagi 01/10-01-394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional intellektning asosiy komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan integrativ psixologik model va psixotrening mashg‘ulotlaridan amaliy faoliyatda foydalanish hamda rivojlantiruvchi ta’sir mexanizmlarining samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish